Mundarija kirish
Download 1.38 Mb.
|
document- pdf.io - 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- L ARI
13-o’quvchi: O’zbek shoiri Durbek, Gadoiy, Atoiylar ijodini o’rganish ham juda ahamiyatli, deb o’ylaymiz. Temur va temuriylar davrining iste’dodli shoiri, asli Balxlik Durbekning ”Yusuf va Zulayho”dostoni juda shuhrat qozongan. Gadoiyning yagona devonining asl nusxasi hozirda Parij milliy kutubxonasida saqlanmoqda. Atoiy – lirik shoir bo’lib,uning g’azallari sodda va ravon tilda yozilgan. Shu jihatdan u xalqqa juda yaqin. Devonini o’qiganmiz. 1-boshlovchi: Juda uzoq yillar davomida sohibqiron Amir Temur nomi tilga olinmadi, tarix darsliklari, adabiy asarlardan chiqarib tashlandi. Sobiq SSSRda Temur shaxsi va temuriylar davri haqida gapilganda, tirnoq ostidan kir qidirildi, uning faqat salbiy tomonlariga urg’u berildi. Akademik Ibrohim Mo’minov ”Amir Temurning O’rta Osiyo tarixida tutgan o’rni” risolasi uchun badnom qilindi ... Amir Temurning va boshqa temuriylarning go’rlari kovlanib, suyaklari ag’dar-75 to’ndar qilindi. Bu o’zbek millati sha’niga va tarixiga adolatsiz yondashuvning zamirida avlodlarni ajdodlardan ayirish, millat o’z tomirlarini bilmasligi uchun qilingan harakatlar edi. 2-boshlovchi: Mustaqillik sharofati bilan, shaxsan yurtboshimiz boshchiligida bu noodilona munosabatga chek qo’yildi, yoshlarimiz tarixni ishonchli manbalardan o’qib o’rganishlari imkoniyati tug’ildi. Amir Temurning bunyodkorlik ishlari, ilm-fan va madaniyat ishlariga qilgan homiyliklari, shaxsiy hayotini misol qilib to’la ishonch bilan ayta olamizki, Amir Temur bizning milliy iftixorimiz, uning hayoti va faoliyati bilan faxrlanamiz, unga munosib vorislar bo’lib, millatimizning kelajagi yo’lida o’qiymiz, ishlaymiz va hayot kechiramiz. 76
O’RGANISHGA DOIR PEDAGOGIK EKSPEREMENT NATIJALARI TAHLILI 3.1. TAJRIBA BOSHIDA O’QUVCHILARNING MAVZIGA DOIR BILIMLARI TAHLILI 1-son Samarqand pedagogika kollejida «Pedagogika» faniga 78 soat ajratilgan, shundan 56 soat ma’ruza, 22 soat amaliy mashg’ulot. Bu fanning asosiy vazifalari kollej talabalarida pedagoglik kasbining vujudga kelishi, mazkur kasbning jamiyat taraqqiyotida o’rni, buyuk mutafakkirlarning pedagoglik kasbiy to’g’risidagi fikrlari, pedagogning kasbiy, hissiy-irodaviy va axloqiy sifatlari, ta’lim tizimi, barkamol shaxsni shakllantirish muammolari, ta’lim va tarbiya nazariyalari hamda ta’lim-tarbiya metodlari to’g’risida bilimlarni berish, shuningdek ularni umumpedagogik madaniyati va ma’naviy sifatlarini rivojlantirish, pedagogik faoliyatga psixologik va amaliy tayyorgarligini shakllantirishdan iboratdir. Millatimizning buyuk mutafakkirlarining ta’lim-tarbiyaga oid qarashlari va ma’naviy merosi asosida yuksak fazilatlarga ega bo’lgan insonni shakllantirish hozirgi kunning asosiy vazifalaridan bo’lib, ma’naviy xislatlarga ega bo’lish muhim ijtimoiy ehtiyoj ekanligi, uni har bir insonda tarbiyalash birinchi darajali ahamiyat kasb etmoqda. Yuksak ma’naviyat uchun kurash murakkab jarayon. Zero, jamiyatning ma’naviy asoslarini mustahkamlamasdan, uning har bir a’zosida yuksak ma’naviy sifatlarni rivojlantirmasdan turib farovon va madaniy hayotni qurish mumkin emas. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov mustaqil O’zbekistonning ma’naviy-axloqiy negizlarini mustahkamlashni davlatimizning yangilanishi va taraqqiyotining asosiy tamoyillaridan biri sifatida ta’kidlagan [2,29]. Xalqimizning ildizlari qadim tarixga borib taqaladigan ma’naviy qadriyatlari azaldan umuminsoniy yuksak fikr va g’oyalar bilan yo’g’rilgan. Barkamol shaxs tarbiyasi muammolari bilan shug’ullanadiganlarning bugungi vazifasi -ajdodlarimiz tomonidan asrlar osha to’plangan ma’naviy boyliklarni yosh 77
Pedagogika fanini o’qitish ta’lim muassasalarining ma’lum didaktik tamoyillari: ilmiylik, tarixiy ma’lumotlarni hayot bilan bog’lash, izchillik va tizimlilik, ko’rgazmalilik, kasbiy yo’nalganlik, individual xususiyatlarni hisobga olish asosida quriladi. O’qitishni tashkil etishga asosiy talablarni ifoda etgan tamoyillar soni doimo bir xil bo’lib qolavermaydi. Hayotning o’zi pedagogik ta’limga jamiyatning ijtimoiy buyurtmasi-ta’lim jarayonini tashkil etishning yangi tamoyillarini ilgari surdi. Bizning nuqtai nazarimizda, ularning orasida eng ahamiyatlisi: – o’quv ishlarida talabalarning ijodiy faolligi, ongliligi, mustaqilligi; – o’quv jarayonida o’qituvchi va talabalarning birligi va ijodiy hamkorligi, o’qituvchilarning boshqaruvchilik, yo’naltiruvchilik roli va hokazolar. Tarixiylik tamoyili, masalan, o’qitishning talabalarni nafaqat o’quv fani, ularning mohiyati, xususiyatlari, keyingi rivojlanish istiqbollari bilan tanishtirish, balki qachon, qaysi sabablar bilan yuzaga kelgani, ildizlari haqida bilim berishni ham nazarda tutadi. Shu munosabat bilan tadqiqot ishimizda pedagogika fanini o’qitishda kolleji talabalarida mutafakkirlarimizning ulkan ma’naviy merosi va pedagogik qarashlarini shakllantirishga asosiy e’tibor qaratildi. Tajriba-sinov ishlari o’tkazishda quyidagi metodlardan foydalanildi: 1.Tajriba-sinov ishlarining maqsadi, vazifalari pedagogik fanini o’qitishda talabalar ongiga IX-XV asrlardagi ijtimoiy pedagogik g’oyalarni singdirish bo’yicha «Pedagogika» fani materiallari misolida fanning predmeti, dastur, o’qitish texnologiyasi uchun tuzildi. 2. Sosiologik uslublari (anketa so’rovi, suhbat, intervyu). Tajriba va nazorat guruhlarining talabalar soni, pedagogika fanida talabalarning mavzuga oid bilim darajalari bir xil bo’lishi ta’minlanadi. Tajriba guruhda ham nazorat guruhda ham yangi ta’lim mazmuni noan’anaviy usullar bilan o’tildi. 3. Tajriba va nazorat guruhlariga bir xil savollar tayyorlash. 78 4. Tajriba-sinov ishlarining asosiy negizi tajriba va nazorat guruhi talablari asosida talabalarning ma’naviy sifatlarini tarbiyalanganlik darajalari taqqoslandi. Download 1.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling