Muqaddima
Download 4.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Normal Fiziologiya Qodirov
TO‘R PARDA
Ko ‘ zning ichki pardasi — to‘r parda murakkab tuzilgan. (66- rasm).Tashqi qavati pigment hujayralardan iborat. Bu hujayralardagi fustsin pigmenti qora rangli bo`lganidan ko ‘ z ichiga tushgan nurlarni qaytarmaydi, ko ‘ rish ravshan bo`lishini ta‘minlaydi. Pigment hujayralarning o ‘ siqlari keyingi qavatdagi kolbachalar va tayoqchalarning nurga sezgir bo ‘ g ‘ imchalarini qamrab olgan. Balki pigment hujayralar fo- toretseptorlarning modda almashinuviga aralashar va ko'ruv pigmentlari sintezida qatnashar. To ‘ r pardaning ikkinchi qavatida fotoretseptor hujayralar — kolbachalar va tayoqchalar joylashgan. Bu hujayralar ikki qismdan tuzilgan. Tashqi qism nurga sezgir bo‗gimchalardan va yadro, mitoxondriya hamda boshqa tuzilmalarga ega bo`lgan va retseptor hujayraning energetik jarayonlarini ta‘minlovchi ichki segmentdan iborat. Ikki turdagi fotoretseptorlarning nurga sezgir boVimchalari tuzilishida o‗xshashlik bor. Tayoqchalarning nurga sezgir qismi ustma-ust taxlangan disklardan iborat. Ularning diametri 6mk chamasida; soni ‗00 -800 ga yetadi. Disklar hujayralar membranasidek ikki monomolekular lipid qavatlardan va ularni ikki tarafdan qoplagan oqsil qavatlardan Fotoretseptor xujayralarning ichki va tashqi segmentlarini membrana ajratib turadi. Bu membranani teshib, ichki segmentdan tashqi segmentga 10—18 ta ingichka fibrillalardan iborat tutam oigan. Ichki segment qo'zgahshni bipolyar hujayralarga o'tkazuvchi o‗siq bilan tugaydi. ( Odamning ko'zida 125 mln tayoqcha va 6—7 mln kolbachalar bor. Fotoretseptorlar to‗r pardada bir tekis taqsimlanmagan. Markaziy chuqurchada faqat kolbachalar uchraydi. To‗r pardaning chetlarida esa faqat tayoqchalar joylashgan. Oqsil qavat bilan ko‗ruv pigmenti rodopsin tarkibiga kiradigan retinollar bog`langan. Kolbachalarning tashqi segmentida membrana disklar emas, burmalar hosil qilgan. 256 66-rasm. To‗r parda tuzilishi. Tayoqchalar g'ira-shira (nomozshomda) _ nurlarni qabul qilishga moslashgan retseptorlardir. Ularning faoliyati shikastlansa, odam g‘ira-shirada mutlaq ko ‘ rmaydi, kunduzi ko'rish qobiliyati esa toia saqlanadi. Bu shabko ‘ rlik vitamin A yetishmov- chiligida rivojlanadi. Kolbachalar yuqori yoruglikda faollik ko‗rsatib, rang ko‗rishni ta‘minlaydi. Tayoqchalar va kolbachalarning turli vazifalarni bajarishini isbotlovchi dalillar ko ‘ p. Masalan, tunda faol hayot kechiradigan hayvonlarning (boyqushning) to ‘ r pardasida deyarli yolglz tayoqchalar uchrasa, kunduzi faol hayvonlarda (tovuq, kaltakesak, toshbaqa) Faqat kolbachalar mavjud Kolbachalarning sezgirligi tayoqchalarnikiga nisbatan bir necha marta past. Shuning uchun g‘ira-shirada asosan tayoqchalar faollik ko ‘ rsatadi. Ular ranglarni qabul qilishga moslashmaganligi tufayli, odam g‘ira-shirada ranglarni ko'rmaydi. Fotoretseptorlardan ichkariroqda bipolyar neyronlar qavati joylashgan. Ular keyingi qavatdagi ganglioz nerv hujayralar bilan boglangan. Ganglioz hujayralarning o ‘ siqlari ko ‘ ruv nervini tashkil qiladi. Nur ta‘sirida fo~ toretseptorlarda vujudga kelgan qo ‘ zg ‘ alish bipolyar va ganglioz nerv hujayralar orqali ko ‘ ruv nervi tolalariga o ‘ tadi. Bu hujayralarning ulangan joylarida asetilxolin ishtirokida faollik ko ‘ rsatadigan sinapslar bor. Fotoretseptorlarning umumiy soni 130 mln chamasida bo`lsa, ko ‘ ruv nervi 1 mln 250 ming toladan iborat. Demak, bir ganglioz hujayra juda ko ‘ p retseptor hujayralar bilan boglangan. Agar to ‘ r pardada gorizontal (yulduzsimon) va amakrin hujayralar borligini hisobga olsak (bu hujayralar gorizontal tekislikda ganglioz va bipolyar hujayralarni bir- 257 biri bilan boglab turadi), bir ganglioz hujayra bir necha o ‘ n ming fotoretseptorlar bilan aloqador deyish mumkin. Download 4.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling