Muqaddima


Download 4.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet228/264
Sana03.11.2023
Hajmi4.57 Mb.
#1743031
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   264
Bog'liq
Normal Fiziologiya Qodirov

VESTIBULYAR ANALIZATOR 
Odam tanasining holatini sezishida vestibulyar analizatoring ahamiyati katta. Bu Sensor 
tizim tana harakati tezlashishi va sekinlashishi hamda boshning fazodagi holati o

zgarishi 
to

g

risidagi axborotlar asosida skelet muskullari tonusining qayta taqsimlanishmi 
ta‘minlab, muvozanat saqlash imkoniyatini beradi. 
Vestibulyar sensor tizimning chet tuzilmalari chakka suyak piramidasidagi labirintda 
joylashgan. Labirint suyakdan iborat bo`lib, uchta yarim doira kanallardan, utrikulyus, 
sakkulyus va chig‘anoqdan tashkil topgan. (69-rasm). Suyak labirinti ichida uning 


264 
shaklini takrorlaydigan parda labirint joylashgan. Suyak va parda labirintlar oralig'idagi 
bo

shliq perilimfaga, parda labirint bo

shligi endolimfaga toigan. 
Рисунок 1 
69-rasm. Labirintning tuzilish sxemasi. 
Yarim doira kanallarning har biri utrikulyusdan boshlangan, doiraning 2/3 qismini 
hosil qilib, utrikulyusda tugagan. Kanalning utrikulyusga qo‗shiladigan qismi kengayib 
ampula hosil qilgan. Ampula ichida qirra — ampula kristasi joylashgan. Kristani ikki 
turdagi tukli retseptor hujayralar va tayanch hujayralar qoplagan. Tukli hujayralar 
ikkilarnchi retseptorlardir. Ular afferent tola bilan sinaps orqali bog‘langan. 
Birinchi turdagi tukli hujayralar asosini yakka afferent tolaning oxiri qadoq shaklida 
qamrab olgan va sinaps hosil qilgan. Bu turdagi retseptorni nervlagan efferent tola 
hujayraning o‗zi bilan bevosita bogianmagan. U retseptor asosini qamrab olgan afferent 
tola oxirida sinaps hosil qilgan. 
Ikkinchi turdagi tukli hujayralar ham afferent, ham efferent tolalar bilan sinapslar 
orqali bevosita bog‘langan. Ikkala turdagi retseptor hujayralarning uchi tuklarga 
(kiprikchalarga) ega. Elektron mikroskop yordamida har qaysi hujayraning 60—80 
stereotsiliyasi va bir dona kinosiliyasi borligini ko'rish mumkin. 
Retseptor 
va 
tayanch 
hujayralardan 
tashkil 
topgan 
epitelial 
qavatni 
mukopolisaxaridlardan iborat shilimshiq massa — kapula qoplab turadi. Kapula 
ampulani toidirgan. Tezlashish tufayli yuzaga chiqqan endolimfa harakati bu massaning 
siljishiga, unga botgan tuklarning egilishiga olib keladi. Tuklar egilib, retseptor 
hujayralarni qo'zgatadi yoki tormozlaydi. Sakkulyus va utrikulyusning dog‘larda 
(makulalarida) ham ikki turdagi tukli retseptor hujayralar bo`ladi. Bu retseptorlarni 
kalsiy tuzlaridan hosil bo`lgan kristallarni — otolitlarni — o‗z ichiga qamrab olgan 
jelatinasimon otolit membrana bosib turadi, Yerning Gravitatsiya maydonida tana 
holatining o'zgarishi otolit membrananing siljishiga, retseptor hujayralar tuk larining 


265 
egilishiga va ulardan markazga intiluvchi impulslar soni ortishiga yoki kamayishiga olib 
keladi. 
Demak, utrikulyus malekulasi gravitatsiya maydoniga nisbatan tana holati 
o

zgarishlarini sezadi Sakkulyus makulasi utrikulyusga bu ishda yordam beradi, bundan 
tashqari, tebranishlarni (vibratsiyani) sezadi. O‘zaro peфendikulyar tekislikdagi uchta 
yarim, doira kanallar ampulalaridagi retseptorlar burchak tezlanishlar ta‘siriga javob 
beradi. 
Tukli hujayralarning adekvat ta‘sirotlarga javobi qanday bo`lishi tuklarning egilish 
tomoniga bog‘liq.Agar tuklarning egilishi kinotsilva tomoniga qaratilgan bo‗lsa, 
retseptor hujayralarning impuls faolligi ortadi. 
Tuklar tutami, aksincha, stereotsiliyalar tomoniga egilsa, retseptoming impulslar hosil 
qilishdagi faolligi susayadi. 

Otolit apparatdagi retseptorlarning fazoni egallagan holatida farq bor. Ba‘zi tukli 
hujayralarning kinosiliyasi stereotsiliyalardan chapda bo`lsa, ba‘zilarida o

ngda bo`ladi. 
Shuning uchun ham otolit membrananing siljishi bir retseptorlarni qo

zg

atsa, 
boshqalarini ayni vaqtda tormozlaydi. 
Otolit apparat retseptorlari 2—20 sm/s ga teng tezla- nishni sezishga imkon beradi. 
Ampula kristasidagi retseptorlar esa boshning chap va o

ng tomonlarga 1° 
engashtirilganini, orqa va oldinga 1,5—2,0° engashtirilganini sezishni ta‘minlaydi. Tukli 
hujayralardan impulslarni MNT ga o‗tkazuvchi aksonlar vestabulyar nervni (bosh 
chanoq VIII —juft nervning qismi) hosil qiladi. Bu nerv uzunchoq miyadagi vestibulyar 
yadrolarda tugaydi, Uzunchoq miyaning chap va o

ng yarmida yuqori, medial, lateral va 
pastki yadrolar tafovut qilinadi. Bu yadrolardan chiqqan nerv tolalari ularni markaziy 
nerv tizimining boshqa qismlari bilan bogiaydi. Vestibulospinal yol tolalari asosan yozuv 
muskullarining gamma-motoneyronlarda, qisman alfa-moto neyronlarda tugaydi. Bu 
yolning bo

yin muskullari faoliyatini boshqaruvchi motoneyronlarga ta‘siri statik va 
stato-kinetik reflekslarni yuzaga chiqishida muhim ahamiyatga ega. 
Vestibulyar yadrolar ko
`
zni harakatlantiruvchi nerv yadrosi miyacha, to

rsimon 
formatsiya, gipotalamus, talamus orqali miya po'stlog‘i bilan ham bog`langan. 
Vestibulyar tizimning shikastlanishini harakatlar boshqaruvming buzilishi va bir qator 
vegetativ o

zgarishlarga (bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi, terlash va h. k.) sabab bo`ladi. 

Download 4.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling