Muqaddima
MUSKUL DUKLARIDA VA GOLJITANACHALARIDA
Download 4.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Normal Fiziologiya Qodirov
MUSKUL DUKLARIDA VA GOLJITANACHALARIDA
QO‘ZG ’ ALISHNINGHOSIL BO‘LISHI Muskul duklari va Golji tanachalari cho ‘ zilishni sezuvchi retseptorlardir. Bu retseptorlarning muskul tolalari orasida joylashishida farq bor. Muskul duklari ekstrafuzal tolalar bilan yonma-yon (parallel) joylashgan bo`lsa, Golji tanachalari esa muskul tolalariga ketma-ket ulangan.) Shu sababdan muskul qisqargan, bu retseptorlarning qo ‘ zg ‘ alishida farq bo`ladi, Muskul cho‗zilganda muskul duklarining yadro kapsulasi ham cho ‘ ziladi, yadrodagi birlamchi sezgir nerv ohirlari qo ‘ zg ‘ aladi va 268 MNT ga afferent impulslar yo`llaydi. bu impulslar muskulni qo ‘ zgatuvchi markaz tonusini oshiradi, antagonist muskul markazini tormozlaydi. 71-rasm. Terining tukh (A) va tuksiz (B) sohalaridagi mexanoretseptorlarning tuzilishi. Muskul qisqarganda esa Golji tanachalari cho'zilib, qo‗zg‘aladi. Ulardan markazga intilgan impulslar qisqargan muskul markazini tormozlab, antagonist muskul markazini qo‗zg‗atadi. Bo'g‘in retseptorlari holatni va harakatni sezishda muhim rol o ‘ ynaydi. Kuchni baholashda esa birinchi galda muskul duklarining ahamiyati katta. Proprioretseptorlar, teri retseptorlari, vestibulyar retseptorlardan kelgan axborotlarni markaziy nerv tizimi birlashtirib, fazoda tanani his qilishni shakllaydi. Bu hissiyot shunchalik mustahkamki, ba‘zi kasallar kesib tashlangan qoi-oyoqlarini operatsiyadan keyin yillar mobaynida bordek sezadilar. Yo ‘ q oyoqda somatosensor hissiyotlar masalan, og ‘ riq sezilishi mumkin. Bundan fantom og‘riq ba‘zida juda kuchli bo`ladi, unga dorilar ta‘sir qilmaydi. Fazodagi holatni sezish va fazoda moijal bosh miya po'stlogining o ‘ ng yarim sharidagi tepa va chakka sohalariga bog‘liq. Bu sohalarni va ularga aloqador talarnik sohalarning shikastlanishi fazoda yoi topishning buzilishiga olib keladi. Ba‘zan bemorlar tanalarining chap yarmi borligini inkor qiladilar, soqolni betning faqat o‗ng tomonida oladilar. Tegish va bosimni sezish (taktil retsepsiya). Tegish va bosimni sezuvchi yoki taktil retseptorlar terida hamda shilliq pardalarning maium qismlarida og‘iz va burun bo'shliqlarini qoplagan epitelial hujayralar orasida joylashgan. Teri va qon tomirlar devoridagi Meysner tanachalari va barmoqlar uchida, shuningdek lablarda juda ko ‘ p uchraydigan Merkel disklari tegishni sezuvchi retseptorlar hisoblanadi (71- rasm). 269 Teridagi tuklar va sochlar, to ‘ g ‘ rirog‘i ular asosida joylashgan nerv chigallari ham tegishga juda sezgir. Tuk va sochlarga sal tegilganda, bu chigillar qo ‘ zg‘aladi va odam narsa tekkanini sezadi. Terming chuqur qatlarnida, pay, boylamlar, qorinparda va ichaktutqichda ko ‘ p uchraydigan Pachini tanachalari bosimni sezadi. Bosim ta‘sirida Pachini tanachasi cho ‘ ziladi, ichidagi nerv oxirlarida nerv impulsiga aylanib ketadigan retseptor potensial hosil bo`ladi. Bu retseptorlar tebranishga ham sezgir. Sekundiga ‗0—1000 martalik mexanik tebranishlarning har biriga harakat potensiali bilan javob beradi. Pachini tanachalarining sezgirligi sekundiga 300 martali tebranishlarga eng yuqori. Taktil retseptorlarda vujudga kelgan impulslar mielinli yug ‘ on tolalar orqali MNTga o ‘ tadi. Tashqi olarnning ko ‘ p xossalarini odam taktil sezgi ishtirokida, ba‘zan faqat taktil sezgi orqali his qiladi. Jismlarni silab, paypaslaganimizda axborot soni va sifati ortadi. Jism yuzasiga qoi qo ‘ yilganda, shakli va boshqa xususiyatlarini aniqlash qiyin bo`ladi. Jismni paypaslasak, uning shakli, tekis-notekisligi, yumshoq yoki qattiqligini osongina aniqlaymiz. Paypaslaganda taktil sez- girlikning oshishi terida qo ‘ zg ‘ alayotgan retseptorlar sonining ko ‘ payishi va adaptatsiyaga uchramasligaga bog‘liq. Taktil retseptorlarning adaptatsiyasi. Taktil retseptorlar adaptatsiyaga tez uchraydi. Shuning uchun bosimning o ‘ zi emas, balki o ‘ zgarishi seziladi. Kiyim og ‘ irligi (bosimi) faqat uni kiyilganda seziladi. Keyin retseptorlar adaptasiyalanishi natijasida egnimizda og‘ir palto borligini «unutamiz». Faqat kiyim teriga tegib surkalganda borligi seziladi. Sochlar asosida joylashgan retseptorlar va Pachini tanachalari adaptatsiyaga juda tez uchraydi. Elektrofiziologik usullar bilan tekshirilganda adaptatsiya retseptorlardan boshlangan afferent tolalardan impulslar chastotasi keskin kamayib ketishida o ‘ z ifodasini topadi. Taktil sezgirlikning masofa bo ‘ sag ‘ asi. Bir-biriga yaqin ikki nuqtaga bir vaqtda tegilsa, ba‘zan bitta narsa tegayotgandek tuyuladi. Demak, bu nuqtalar orasidagi masofa shu sohaning taktil sezgirligi uchun bo ‘ sag‗a masofasidan kam. Agar ta‘sirlanuvchi nuqtalar oralig ‘ ini oz-ozdan oshirsak, qaysi bir masofada ikkita nuqtaga narsa tegayotgani seziladi. Teri ta‘sirlanganda, ikkita narsa tegayotgandek sezilayotgan ikki nuqta o ‘ rtasidagi eng kichik oraliq masofa bo ‘ sag ‘ asi, deb ataladi. Bu masofa Veber sirkuli bilan oichanadi. Tananing turli sohalarida masofa bo ‘ sag ‘ asi har xil. Til uchida va lablarda bu masofa 1—2,5 mm bo`lsa, son, yelka, orqada 60 mm dan ко ‘ p. Download 4.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling