Muqaddima
Download 4.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Normal Fiziologiya Qodirov
- Bu sahifa navigatsiya:
- TERMORETSEPTORLAR
HARORATNI SEZISH
Yer atmosferasi ko ‘ rsatkichlari orasida eng o ‘ zgaruvchani havo harorati hisoblanadi. Markaziy Osiyoning o ‘ ta kontinental iqlimida bu ko'rsatkich bir kechayu: kunduzda 15—20 daraja, fasllar orasida 60—65 daraja atrofida o'zgarishi mumkin. Organizm bu o'zgarishlarga doimo moslashishi shart. Harorat o'zgarishlariga moslashishda haroratni sezuvchi retseptorlarning (termoretseptorlarning) ahamiyati juda katta. Bu retseptorlar terida, ko`z soqqasining shox pardasida, shilliq pardalarda va markaziy nerv tizimida orqa miya va gipotalamusda joylashgan. TERMORETSEPTORLAR 270 Termoretseptorlar ikki guruhga bolinadi: sovuqni sezuvchi va issiqni sezuvchi retseptorlarga. Terning sovuqqa yoki issiqqa juda sezgir qismlarini gistologik tekshirishlar natijasida Ruffini tanachalari issiqni, Krauze kolbachalari sovuqni sezuvchi retseptorlar bolsa kerak, degan xulosaga kelindi. Ammo, terming ba‘zi qismlarida bu retseptorlar bo`lmasa ham haroratni sezish qobiliyati bor. Maxsus termoretseptorlardan tashqari, haroratni sezishda afferent nerv tolalarining pardasiz ochiq oxirlari ham ishtirok etsa kerak Termoretseptorlar quyidagi xossalarga ega: 1. Teri haroratining barqaror bolib turishida bu retseptorlarning qo'zg‘alish chastotasi teri haroratiga proporsional bo`ladi. 2. Teri harorati ko ‘ tarilsa yoki pasaysa bu impulslar chastotasi ham ko ‘ payadi yoki pasayadi. Harorat o'zgarishidan boshqa narsalarga sezgir emas, Retseptorlar sezgirligi teridagi harorat o ‘ zgarishining sezish bo ‘ sag ‘ asiga yaqin. Termoretsepsiyani ta‘minlovchi afferent tolalar yakka yoki juda kichik guruhdagi retseptorlarga bog‘liq, Impulslarnmg bu tolalardan olish tezligi 20 m/s dan kam. Sovuqni sezuvchi retseptorlar soni issiqni sezuvchi retseptorlar sonidan ancha ko ‘ p. Qol kaftining 1 sm da 1—5 ta sovuq nuqta bo`lsa, issiq nuqtalar soni 0,‘. Odam terisidagi sovuqni sezuvchi retseptorlarning umumiy soni 250000, issiqni sezuvchi retseptorlar soni 30000. Odam terisiga issiq jism tegizilsa, u awal bir zum sovuqni, keyin esa issiqni sezadi. Bu hodisa sovuqni va issiqni sezuvchi retseptorlarning terida turli chuqurlikda joylashganiga bog‘liq. Sovuqni sezuvchi retseptorlar teri yuzasidan 0,17 mm, issiqni sezuvchi retseptorlar esa 0,3 mm chuqurlikda joylashgan shu sababdan, issiq ham, sovuq ham awal sovuqni sezuvchi retseptorlarni qo ‘ zg ‘ atadi. Termoretseptorlar terming malum nuqtalarida joylashgan. Bu nuqtalarni teriga isitilgan yoki sovutilgan kichik nayza tegizib aniqlash mumkin. Termoretseptorlardan boshlanadigan ingichka mielinli afferent tolada doimiy impuls faollikni qayd ilishq mumkin. Masalan, tildagi sovuqni sezuvchi retseptor harorat 38°S bo`lganda sekundiga 5 ta impulsni vujudga keltiradi va afferent tola orqali markazga o'tkazadi: Til 30° S gacha sovutilsa, impulslar soni 10—12 tagacha oshadi, 10° S da esa qo ‘ zg'alish umuman yo ‘ qoladi. Issiqni sezuvchi retseptorlar hosil qiladigan impulslar soni ham harorat o ‘ zgarishiga bog‘liq. Harorat o ‘ zgarishini sezish darajasi turli sharoitlarda o ‘ zgaradi. Masalan, qoiimizni harorati 2‘—25° S darajadagi suvdan olib, 27—28 darajadagi suvga botirsak, issiqni sezamiz. Qol 32°S haroratli suvda bo`lsa, 27°S darajadagi suv sovuq tuyuladi. Haroratni sezish terining ta‘sirlanuvchi satliining katta-kichikligiga, ta‘sirlanuvchi sohaga, tashqi haroratga, markaziy nerv tizimining funksional holatiga bog‘liq va hokazo. Download 4.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling