Muqaddima
TERM0RETSEPTORLAR ADAPTATSIYASI, ISSIQ VA
Download 4.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Normal Fiziologiya Qodirov
- Bu sahifa navigatsiya:
- OG’RIQNI SEZISH
TERM0RETSEPTORLAR ADAPTATSIYASI, ISSIQ VA
SOVUQNI SEZISH BO‘SAG‘ASI Issiq suvli vannaga tushgan odam oldin yaqqol issiq sezadi, ammo bu sezgi tez so'nadi. Vannadan birpas ehiqib, yana o ‘ sha suvga tushilsa, yana suv issiq seziladi. Issiq kunda sovuq suvga tushilsa oldin sovuq seziladi, bir oz vaqt o'tgach, suvning sovuqligi sezilmay qoladi, Demak, haroratni se- zishda ham toiiq moslashish ro ‘ y beradi. Ammo, teri harorati 36 °S dan yuqori bo`lsa, uzoq vaqtgacha issiqni sezib turish mumkin Teri harorati ‗3—‘‘° S ga ko ‘ tarilganda og‘riq paydo bo`ladi. 271 Teri 30 °S sovutilsa, davomli sovuq sezgisi paydo bo`ladi, harorat qancha pasaysa, sovuqni sezish shuncha ko‘payadi. Teri harorati 17°S va undan past bo`lsa og ‘ riq seziladi. Haroratdagi farqni sezish terining boshlang‘ich haroratiga bog‘liq. Harorati past (28°S) teri sovuqni yaxshi farqlaydi, issiqni farqlash bo'sag‘asi ancha yuqori bo`ladi. Shu haroratdagi terini 0,2° S sovutilsa, «sovuqroq» bo`lganim odam biladi, ammo issiqroq bo`lganini sezish uchun terini 1° S isitish kerak. Shuningdek 38°S haroratdagi terini 0,2°S isitsak, issiqroq bo`lgani seziladi. Sovuqroq bo`lganini sezish uchun terisi-0,8°S sovutish kerak. Teri haroratining o'zgarishi masalan. sovish tezligi juda kichik bo`lsa (0,‘ °S /min) retseptorlar sezgirligi kamayib ketadi. Boshlang‘ich 33,5 °S terini 0,‘°S/min tezlikda sovutilsa odam teri harorati‘°S ga (11 minut oiganidan keyin) pasaygandagina, sovuqni seza boshlaydi. Demak, sovuq juda sekin ro ‘ y bersa, odam terisining ko ‘ p sohalari sovib ketganini sezmay qoladi. Bu shamollashga sabab bo`lishi mumkin. OG’RIQNI SEZISH Og ‘ riq retseptorlari. Og ‘ riq retseptorlarining boshqa retseptorlardan farqi shundaki, ularni adekvat ta‘sirlovchisi yo ‘ q. Og ‘ riq yoki notsiotseptiv sezgini oia kuchli ta‘sirotlarning hammasi paydo qilishi mumkin. Haddan tashqari kuchli ta‘sirotlar to ‘ qimalarni shikastlaydi, ular paydo qilgan og‘riq xavf-xatardan darak berib, himoya reflekslarini vujudga keltiradi, organizmni shikastlovchi ta‘sirotdan saqlaydi. Og ‘ riq ko ‘ pgina kasalliklarning dastlabki belgisi bo`lib, kasallikni aniqlashda va davolashda shifokorga katta yordam beradi. Ammo, og‘riqning kuchi va xastalikning og‘irlik darajasi o ‘ rtasida doim uyg ‘ unlik bo'lmaydi. Ba‘zan ichki a‘zolar qattiq jarohatiansa ham og ‘ riq uncha kuchli bo`lmaydi. Boshqa bir kasal qattiq og‘riq sezadi, biroq a‘zolarining shikastlanishi arzimagan bo`ladi. Shu vaqtgacha og ‘ riqning aniq ta‘rifi yo ‘ q. Birov uni lazzatlanishga qarama-qarshi tuyg ‘ u desa, boshqalar paypaslashga o‘xshagan sezgi deydilar. Og‘riq qanday bo`lishidan qatiy nazar, odamga xavfdan darak beradi. Og ‘ riqni sezgan odam oh uradi, xavfhi baholab, jonini avaylash chorasini qidiradi. Og ‘ riq lo ‘ qillagan, lovullagan, teshib yuboruvchi, sanchib to ‘ ruvchi, zirqiragan bo`lishi mumkin va hokazo. Og ‘ riqlarning asosiylari somatik va visseral og ‘ riqlardir. Terida paydo bo`lgan somatik og ‘ riq yuza og ‘ riq deyiladi. Muskul, suyak, bo ‘ gin va biriktiruvchi to ‘ qimalarning og ‘ rishi chuqur somatik og‘riq hisoblanadi. Agar teriga igna sanchib, yuza og‘riq paydo qilinsa, odam qayerining og'riyotganmi aniq biladi. Bu og‘riq tez yo ‘ qoladi. Bu erta og‘riqdan so ‘ ng ko ‘ pincha kechikkan zirqiroq og ‘ riq seziladi. Uni qayerda ekanini aniqlash qiyin bo`ladi. Bosh ogrig ‘ i chuqur og‘riqning eng ko‗p tarqalgan turidir. Visseral yoki ichki og ‘ riq ko ‘ pincha zirqiragan bo`lib, kovak a‘zolar qattiq cho'zilganda, qon tomirlaridan qon oqishi juda kamayib ketganda, plevra, qorin parda, ichaktutqich ta‘sirlanganda, silliq muskullar kuchli qisqarganda seziladi. Somatik va visseral og ‘ riqlar kuchli bolganda vegctativ reaksiyalar ham paydo bo`lishi mumkin. Bu ko ‘ ngil aynishi, terlash, arterial qon bosimining pasayib ketishidan iborat bo`ladi. Erta somatik og‘riq himoya reflekslarni, masalan nayzadan qolni tortib olishni yuzaga chiqaradi. O‘griqning maxsus turlari ham bor. Bularga proeksiyalangan og c riq, nevralgiya, kauzalgiya, qaytarilgan, fantom og ‘ riqlar kiradi. 272 Og ‘ riqni sezuvchi retseptorlar to‗g ‘ risida hozirgacha yagona fikr yo‗q. Teri va boshqa to'qimalarda nervlarning ingichka erkin oxirlari bor. Ta‘sirot kuchli (masalan, bosim ‗ atm. dan yuqori, harorat ‗0—‘5 dan baland) bolsa, bu tdalar qoizg`alib, markazga impulslar yuboradi, ular og‘liqni vujudga keltiradi. Murakkab og'riq retseptorlari ham bor. Ichki a‘zolardagi retseptorlar algetik moddalarga sezgir. Bu og‘riqni paydo qiladigan moddalarga bradikinin, prostaglandin Ye vitamin va boshqalar kiradi. MNT ga ingichka mielinsiz tolalar orqali 0,6—2 m/s tezlikda o‘tadigan impulslar lovullagan og ‘ riqni hosil qilsa, mielinli tolalar bo ‘ ylab 15—25 m/s tezlikda o ‘ tuvchi impulslar sanchiqli og‘riqni paydo qiladi. Og ‘ riq paydo bo`lishi uchun katta guruxdagi retseptorlar qo ‘ zg ‘ alib, MNT ga ayni bir vaqtda anchagina afferent tolalardan sinxron impulslar o ‘ tishi shart, degan fikr bor. Organizmda og'riqqa qarshi tizim ham bor. Bu uning o ‘ zida ishiab chiqariladigan ichki analgetiklar — endorfinlar va enkefalinlar. Og ‘ riqqa qarshi tizimni dorilar yordamida kuchaytirib, odamnnng ruhiga ta‘sir qilish yo‘li bilan bemorga yordam berish mumkin. Rahmdillik va hamdardlik og ‘ riq sezib, azob chekayotgan bemorga juda katta dalda bo`ladi, xastalikni yengishga yordam beradi. Download 4.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling