Muqaddima
SHARTLI REFLEKSLAR TASNIFI
Download 4.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Normal Fiziologiya Qodirov
SHARTLI REFLEKSLAR TASNIFI
Shartli reflekslarni tasnif qilishning bir nechta tamoyili bor. Shartsiz ta‘sirotning biologik ahamiyati jihatidan hayotiy (ovqatlanish himoya va boshq.), zooijtimoiy (jinsiy, otalik, o ‘ z hududini himoya qilish) va o ‘ z o ‘ zini rivojlantirish (tadqiqot, taqhd qilish, o ‘ yinlar o ‘ ynash) shartli reflekslar ajratishadi. 279 Shartli rsflekslarni organizmning har bir faoliyatiga bog ‘ lash mumkin. Faoliyatlarga ko ‘ ra„ ikkita katta guruh — harakat va vegetativ sharth reflekslar tafovut qilinadi. Harakat reaksiyalari asosida juda ko ‘ p asboblarni ishlatishni talab qiladigan (instrumental) shartli reflekslar hosil qilish mumkin. Ba‘zan bunday reflekslar shartsiz refleksning nusxasiga, ba‘zan xohish bilan bajariladigan xatti-harakatlarga o ‘ xshab ketadi. So`lak ajralishi shartli refleksi mumtoz vegetativ shartli refleks hisoblanadi. Barcha ichki a‘zolarning faoliyatini sharth reflektor nazoratga olish mumkin. Shartli refleksni hosil qilish jarayonida shartli signalni qabul qiluvchi retseptorga qarab, eksteroretseptiv, interoretseptiv va proprioretseptiv shartli reflekslar ajratiladi. Ko ‘ z, quloq, oglz va burun bo ‘ shlig‘idagi, teridagi retseptorlar yoki tashqi retseptorlarning shartU signalni qabul qilishi asosida hosil bo`lgan shartli reflekslar eksteroreseptiv shartli reflekslar deyiladi. Ichki a‘zolar, qon tomirlar retseptorlari qo ‘ zg ‘ alishi bilan bog‘liq bo`lgan shartli reflekslarni interoretseptiv shartli reflekslar deydilar. Muskul, pay va bo ‘ g ‘ in xaltachalaridagi retseptorlarni qo ‘ zg ‘ atish yo`li bilan hosil qilinadigan shartli reflekslar proprioretseptiv shartli reflekslar deb ataladi. Shartli signallarning tabiatiga bog‘liq holda tabiiy va sun‘iy shartli reflekslarni tafovut qilish mumkin. Tabiiy shartli reflekslar shartsiz ta‘sirlovchining tabiiy xususiyatlariga (masalan, ovqatning hidi va tashqi ko‗rinishiga) hosil bo`ladi. Ovqtning o ‘ ziga aloqador bo`lmagan, ammo ovqat bilan birga takrorlanadigan boshqa signallarning hammasi qongiroq, yorug‘lik va boshqalar) sun‘iy shartli reflekslarni vujudga keltirishi mumkin, Shartli signalning tuzilishiga kola, sodda ta‘sirlovchiga (tovush yoki yorug‘lik), bir nechta tarkibiy qismdan iborat bo`lgan ta‘sirlovchilarga (masalan, ayni bir vaqtda tovush, yOrug‘lik va teriga mexanik ta‘sirot), birin-ketin beriluvchi (oldin tovush, keyin yorug‘lik, undan keyin terini ta‘sirlash) ta‘sirlovchilarga shartli reflekslar hosil qilish mumkin. Shartli reflekslarni tasnif etishda etiborga molik muhim xususiyatlardan biri shartli va shartsiz tasirlovchilar o'rtasidagi vaqt nisbatidir, shunga qarab ? shartli signal shartsiz ta‘sirot bilan deyarli bir vaqtda berilganida rivojlanadigan shartli reflekslar va kechiktirilgan shartli reflekslar ajratiladi. Agar sodda shartsiz refleks shartli refleksga asos qilib olinadagan bo`lsa, birinehi tartibdagi shartli refleks vujudga keladi. Ammo, shartli refleksni ilgari hosil qilingan shartli refleks negizida ham vujudga keltirish mumkin.Masalan,itda qo ‘ ng‘iroq chalinishiga ovqatlanish shartli refleksi mavjud. Bu birinehi tartibdagi shartli refleks, hisoblanadi. Endi bu refleksning shartli signaliga. ya‘ni qo ‘ ng‘iroq tovushiga — terisini qashish kabi yangi befarq sig- nal qo'shiladi. Tajriba bir necha marta takrorlanadi: awal teri bir necha laxza qashib turiladi, so ‘ ngra qoligiroq chalinadi. Ilgari teri qashilganda hech ovqat berilmagan bolsada, ana shunday takrorlanishlardan keyin faqat terini qashishning o ‘ zi shartli refleksni vujudga keltira boslilaydi. Demak, ikkinchi tartibdagi shartli refleks hosil boldi. Ana shunday yol bilan uchinchi va yuqori tartibdagi shartli rsfiekslarni hosil qilish mumkin. Yuqori tartibdagi reflekslar odamda osonlik bilan hosil bo`ladi va fikr yuritishning asosi bo`lib xizmat qiladi. Download 4.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling