Muqaddima


INTEGRATIV FAOLIYATLAR OLIY NERV FAOLIYATI SHARTSIZ


Download 4.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet239/264
Sana03.11.2023
Hajmi4.57 Mb.
#1743031
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   264
Bog'liq
Normal Fiziologiya Qodirov

INTEGRATIV FAOLIYATLAR OLIY NERV FAOLIYATI SHARTSIZ 
REFLEKS VA INSTINKTLAR 
Organizmni o

zi yashashga moslashgan tashqi muhitdan ajratib bo`lmaydi. Bir butun 
bo'lgan organizmning tashqi muhit bilan aloqadorligi xilma-xil bolib, turli funksional 
tizimlar (ovqatlanish, nafas, ajratish) orqali amalga oshiriladi, Bu tizimlar ichida eng 
muhimi nerv tizimidir. Oliy nerv faoliyati deb, nerv tizimining organizmning tashqi 
muhit bilan o'zaro munosabatlarini yuzaga chiharishiga qaratilgan faoliyati ataladi. Oliy 
nerv faoliyati reflektor faoliyatdir. Bu faoliyat organizmning tashqi muhit 
o

zgarishLariga moslashishni ta‘minlaydi. Bunga, eng awalo, nasldan-naslga oladigan 
shakldagi reaksiyalar yordamida erishiladi. Avlodlar tajribasi asosida filogenezda hosil 
bo`lgan moslashish reaksiyalariga sodda shartsiz reflekslar va instinktlar, ya‘ni nurakkab 
shartsiz reflekslar kiradi. 
Shartsiz refleks tug'ma bolib, retseptor sohasi adekvat ta‘sirlaganda qonvmiy ravishda 
ma‘lum reflektor yoy bo‗ylab rivojlanadigan reaksiya hisoblanadi. Bu reflekslar turli 
galdagi somatik, visseral va vegetativ jarayonlarni birlashtirib, organizm ichki 
muhitining doimiyligi saqlani- shini va uning tashqi muhit bilan o'zaro bog‘lanishlarini 
ta‘minlaydi. 
Shartsiz reflekslar juda xilma-xil, ularning turlari va tasnifi to

g

risida yuqorida aytib 
o'tilgan edi. 
Organizmning hayotida, uning muhit o'zgarishlariga moslashishida sodda shartsiz 
reflekslar bilan bir qatorda instinktlarning ham ahamiyati katta. I. P. Pavlov bularni 
murakkab shartsiz reflekslar, deb ifodalagan. Instinktlar maqsadga erishishga qaratilgan 
xatti-harakatlarning tug

ma turi bolib, ular ontogenetik rivojlanish jarayonida ro'yobga 
chiqadi va turning har bir namoyondasida tegishli rag

bat yoki sharoit yuzaga kelganda, 
o

zgarmas holda kuzatiladi. Ovqatlanish, taqlid qilish, ko

payish va boshqa instinktlar 
individual hayotda va tumi saqlanishida muhim rol o

ynaydi. 
Instinktlarning oddiy shartsiz reflekslardan farqi shundaki, ular bir nechta reflektor 
hakrakatlardan iborat bo`ladi. Instinktning asosini va uning birinehi bosqichini 
organizmning ichki biologik ehtiyoji tashkil qiladi. Bu ehtiyoj (ochlik, jinsiy qo

zg

alish, 
qo

rqish) ma‘lum intilishni (motivatsiyani) shakllaydi va unga erishish uchun organizm 
bir qator stereotip (doim bir xil bo`lgan) xatti- harakatlarni bajaradi. 
Instinktli faoliyatning yuzaga chiqishida limbik tizim va ichki sekretsiya bezlari katta 
ahamiyatga ega. Shuningdek, bu faoliyat tashqi muhit o

zgarishlariga ham bog

liq. 
Masalan, qushlarda in qurish, bola ochish instinkti paydo bolishi uchun kunlar uzayib
havo isishi kerak. 
Odamning odob-axloqi ko

p jihatdan jamiyatnnng ijtimoiy qonunlariga bog‘liq 
bo`ladi. Shu tufayli, odamning instinktlari o

zgargan va ong nazoratiga bo

ysunadi. 


278 
Shartsiz reflekslar va instinktlar qanchalik muhim bo`lmasin, ularning moslashish 
uchun ahamiyatini mubolag

a qilmaslik kerak. Gap shundaki, bu faoliatlar bir 
organizmning deyarli o

zgarmaydigan sharoitlarda moslashishini ta‘min- laydi. 0

zlari 
ham o'zgarmaydi. Organizmning uzluksiz o

zgaruvchan sharoitlarga moslashishi uchun 
faqat shartsiz reflekslarning va instinktlarning o

zi kifoya qilmaydi. 

Download 4.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling