Muqaddima
-rasm. Tam sezish kurtakchasi tuzilishi
Download 4.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Normal Fiziologiya Qodirov
73-rasm. Tam sezish kurtakchasi tuzilishi.
Yakka ta‘m bilish retseptori odatda turli ta‘mga ega moddalarga javob beradi. Ammo, sho ‘ r, nordon, shirin va achchiq moddalar paydo qiladigan potensiallar bir-biridan farq qiladi. Tilni nervlaydigan bosh chanoq nervlar tolalarining asosiy ta‘mga ega moddalar ta‘sirida qo'zgalishi ham bir xil emas. Achchiq moddalar tilning ildiz qismini nervlaydigan til-halqum nervi tolalarida kuchli impulsatsiya paydo qilsa, sho‗r, shirin va nordon narsalar tilning oldingi 2/3 qismini nervlaydigan yuz nervi tolalarining kuchli qo ‘ zg ‘ alishiga olib keladi. Bu tolalarning ba‘zisi shakar ta‘sirida kuchli qo ‘ zg ‘ alsa, boshqalarini tuz kuchliroq qo ‘ zg ‘ atadi. Tolalarining biror ta‘mga ixtysoslashgan moddalarning ta‘m xususiyatlari to'g‘risidagi axborotni MNTga yetkazishda qulaylik tug‘diradi. Ularninging miqdori to ‘ g‘risidagi ma‘lumot afferent impulsatsiyaning umumiy kuchiga bog‘liq. Ta‘mli moddalarning sifati va miqdori to ‘ g ? risidagi axborot yuz va til-halqum nervlari orqali uzunchoq miyaga yetkaziladi. Bu sohadagi markazlar medial sirtmoq orqali talamusning ventromedial yadrolariga bog`langan. Talamus markazlaridan oxirgi neyron miya no ‘ stlog ‘ ining orqa markaziy pushtasiga yetib boradi. Shu yoi bo ‘ ylab impulslaming o ‘ tishi jarayonida ulami tahlil qiluvchi neyronlar soni tobora orta boradi. Po ‘ stloq markazidagi neyronlarning ba'zilari faqat bitta ta‘mga sezgir, boshqalari esa ayni vaqtda tilga mexanik va harorat ta‘sir qilganda ham qo‗zg ‘ aladi. Odam ‗ ta‘mni — shirin, nordon, achchiq va sho ‘ mi ajratadi. Tabiiy qandlar, masalan, saxaroza yoki glyukoza shirin ta‘mga ega. Osh tuzi sho ‘ r, boshqa tuzlar, masalan kaliy xlorid ham sho`r, ham achchiq ta‘m chiqaradi. Ko ‘ pgina tabiiy moddalar, oziq-ovqat mahsulotlari ham aralash ta‘mga ega. Masalan, apelsin shirin-nordon bo`lsa, ba‘zi pish- magan mevalar nordon-achchiq bo`ladi. Kislotalarning aksariyati nordon, tabiiy zaharlovchi moddalarning, masalan, alkaloidlarning ta‘mi achchiq. 276 Moddalarning kimyoviy tuzilishi va ularning ta‘mi o ‘ rtasida qonuniy bog ‘ lanish yo`q. Faqat qandlar emas, balki qurg‗oshin tuzlari ham shirin. Osh tuzi eritmada juda oz miqdorda bo`lsa ham, shirin ta‘m beradi. Til yuzasining ta‘m sezuvchanligi bir tekis emas. Asosi achchiq ta‘mga sezgirroq. Boshqa ta‘mlar tilning uchi va yon bag‘rida yaxshi seziladi. Ta‘m sezishni yuzaga chiqaradigan ta‘sirotlar ketma-ket qollanilganda ta‘m bilish kontrasti kuzatiiadi. Masalan, shirin uzumdan keyin nordon olcha yeyilsa, olcha nordonroq seziladi. Nordon olchadan keyin haligi uzum og‘izga solinsa, oldingidan ham shirin tuyuladi. Ikki, uch turli ta‘mga ega ta‘sirlovchilar ayni bir vaqtda qollanilsa, yangi ta‘m kelib chiqadi. Bu holat ta‘mlarning aralashib ketishi deyiladi. Achchiq ta‘mli narsalarga sezuvchanlik nisbatan yuqori. Bu ma‘lum darajada himoyaviy ahamiyatga ega — zaharli moddalar odatda achchiq bo'ladi. Odam qarishi bilan ta‘m sezishi kamaya boradi. Ba‘zi dorilar masalan, kofein va tamaki shu sezuvchanlikni: yana ham kamaytiradi. Download 4.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling