Muqaddima
Download 4.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Normal Fiziologiya Qodirov
- Bu sahifa navigatsiya:
- BUYRAKLAR FAOLIYATI
AJRATUV FIZIOLOGIYASI
Ichki muhit barqarorligini saqlash uchun organizm ba‘zi moddalarni chiqarib turishi kerak. Bu moddalarning ko ‘ p qismidan organizm foydalanmaydi, ular moddalar almashinuvining qoldiq maxsulotlari hisoblanadi. Chunonchi, siy- dikchil, siydik kislota, kreatinin va shunga o'xshash moddalar miqdori qonda ortib ketsa, organizm zaharlanadi. Organizmga dori sifatida yoki boshqa vaziyatda kiritilgan yot moddalardan tashqari, organizm gomeostazni saqlash uchun kerakli moddalarni ham chiqarishi shart. Buyraklar odamning asosiy chiqaruv a‘zosi hisoblanadi. Chiqaruv jarayonida у ana o'pka, hazm tizimi, ter bezlari ham ishtirok etadi. Bu a‘zolar qo‗shimeha chiqaruv 231 a‘zolari deyilsada, har qaysisining chiqaruv jarayonida jiddiy o‘nii bor. Masalan, o'pkanmg karbonat angidrid, efir, xloroform va yengil uchuvchan moddalarni chiqarishdagi o‗mini hech qaysi a‘zo bosa olmaydi. Hazm bezlari oglr metallar tuzlarini, ba‘zi dorilarni, organik bo'yoqlarni chiqarishda muhim ahamiyatga ega. Tashqi havo harorati issiq bolganida ter bezlari orqali suv ajratish tana harorati barqarorligini saqlashning yagona yo‘li bo lib qoladi. BUYRAKLAR FAOLIYATI Buyraklar faoliyati faqat qoldiq moddalarni chiqarib tashlashdan iborat emas. Btmdan tashqari, ular quyidagi muhim vazifalarni bajarishda ishtirok etadi: 1 )qon va boshqa ichki muhit suyuqliklarmmg hajm barqarorligini saqlashda; 2)bu suyuqliklarning osmotik bosimi barqarorligini saqlashda; 3) bu suyuqliklarning ionlar barqarorligini ta‘minlashda; 4) kislota-asos muvozanatini saqlashda; 5)qonda miqdori ortib ketgan organik moddalarning oriqchasinii chiqarib tashlashda; 6. oqsil, yog ‘ va uglevodlar ahnashinuvida; 7. qon bosimi, eritrotsitlarning hosil bo`lishi, qonning ivishini boshqarishda. Bulardan tashqari, buyraklar ferment va boshqa fiziologik faol moddalarni sintezlab, qonga ajratadi. Bu xildagi turli faoliyatlar buyraklar parenximasidagi filtrlanish, reabsorbsiya (qayta so‗rffish), sekretsiya, moddalarni sintezlash jarayonlari asosida amalga oshadi. Download 4.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling