Muqaddima
NEFRON—BUYRAKLARNING FUNKSIONAL BIRLIGI
Download 4.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Normal Fiziologiya Qodirov
- Bu sahifa navigatsiya:
- SIYDIK HOSIL BO`LISHI
NEFRON—BUYRAKLARNING FUNKSIONAL BIRLIGI
Buyraklar parenximasi tashqi (po ‘ stloq) va ichki (mag‗iz) qismlarga bolinadi. Odamning vazni 150 g bo`lgan buyragida 1—1,2 mln funksional birlik—nefron bor. Nefron devori ikki qavat Shumlyanskiy-Boumen kapsulasidan boshlanadi (58-rasm). Kapsula ichida kapillyarlar koptokchasi joylashgan. Kapsulaning tashqi qavati burama, to ‘ gri qismlardan iborat nefronning proksimal segmmtiga o‘tadi. Nefronning bu segmentini ichidan qoplagan hujayralar yuzasida behisob mikrovorsinkalar bor. Proksimal segmentning davomi — Genie qovuzlog‘i ingichka pastga tushuvchi, yo ‘ g‘on ko‗tariluvchi bolimlardan iborat. Genie qovuzlog‘inmg davomi distal burama kanalcha boglovchi kanalchaga o ‘ tib, yig‘uvchi naychalarga itlanadi. Nefron qismlarming har bin o ‘ ziga xos ishni bajaradi Odam buyragida bir nechta xil nefronlar ajratiladi. Ularning ba‘zilari buyrakning po'stloq qismida joylashganidan intrakortikal nefronlar, boshqalarining koptokchalari po'stloq va maglz moddalarning chegarasida bolganidan yukstamedullyar nefronlar deyiladi. Nefronlar Genie qovuzloglniitg uzunligi va tuzilishi hamda siydikni quyultirish imkoniyatiga ko ‘ ra farqlanadi, SIYDIK HOSIL BO`LISHI Siydik hosil bo`lishida buvraklarning qon bilan ta‘minlanishi katta ahamiyatga ega. Buyrak arteriyalari aortaning qorin qismidan chiqib, u yerda qon bosimi yuqori bolishini ta‘minlaydi. Kalta buyrak arteriyalari bir necha marta bolinib, koptokclialarga qon olib keluvchi tomir (vas afferens) shaklida Idrib boradi Bu tomir 20—‘0 dona kapillyarga bolinib., Malpigi koptokchasini hosil qiladi. Kapillyarlar yig'indisi — vas efferens qonni koptokchadan olib ketadi. 232 Odamning ikkala buyragi arteriyasidan 1 daqiqada 1200 ml qon yoki organizmdagi hamma qonning 20—25% oqib o ‘ tadi. Buyraklar massasi tana massasining faqat 0,‘3% tashkil qilishini eslasak, qon bilan ta‘minlaraishnmg naqadar katta ekani yaqqol bilinadi. Buyraklarning qon bilan ta‘mmlanishidagi yana bir muhim xususiyati shundaki, a‘zo tomirlarining o‗z-o ‘ zini boshqarish qobiliyati juda mukammal: umumiy arterial qon bosimi 90—190 mm s. a da o'zgarishda ham buyrak arteriya laridan oqib o'tuvchi qon miqdori o ‘ zgarmaydi. Koptokchadan sal uzoqlashib, qonni olib ketuvchi tomir yana kapilyarlarga bo`linadi va proksimal hamda distal burama kanalchalar atrofida qalin kapillyarlar to ‘ rini hosil qiladi. Demak, buyraklarda qonning ko ‘ p qismi kapillyarlardan ikki marta, awal koptokchalarda, keyin kanalchalar atrofida o ‘ tadi Yukstamedullyar nefronlarning qonni olib ketuvchi tomiri kapillyarlarga bolinmaydi. bu tomir bevosita maglz moddaga o ‘ tadi Siydik hosil bolishida nefronning hamma qismi ishtirok etadi. Bu jarayon koptokchalarda filtrlanish yo`li bilan birlamchi siydikni hosil bolishidan boshlanadi. Buyrak kanalchalari va yig ‘ uvchi naylardan olayotganida siydik tarkibi o'zgaradi: suv va ba‘zi moddalar naylar devori orqali qonga qayta so'riladi, ba‘zi moddalar esa bu suyuqlikka ajratiladi. Bu jarayon kanalchalardagi reabsorbsiya va sekretsiva deb ataladi. Shunday qilib, tashqariga chiqariladigan oxirgi siydik tarkibini uch jarayon belgilaydi — koptokchalardagi filtrlanish, kanalchalardagi reabsorbsiya va kanalchalardagi sekretsiya. Download 4.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling