Muqaddima


KOPTOKCHALARDAGI FILTRLANISH


Download 4.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet203/264
Sana03.11.2023
Hajmi4.57 Mb.
#1743031
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   264
Bog'liq
Normal Fiziologiya Qodirov

KOPTOKCHALARDAGI FILTRLANISH 
Filtrlashni amalga oshishi uchun filtr, filtrlatmvchi suyuqlik va filtrlovchi bosim 
bo`lishi shart. Filtrlanuvchi suyuqlik — bu qon plazmasidir. Buyraklardagi koptokcha 
membranasi filtr vazifasini bajaradi. U uch qavat tuzilgan: kapillyarlarning endotelial 
hujayralar qavatidan, asosiy membranadan va Bowmen kapsulasining ichki varaqasidan. 
Koptokcha kapillyarlari devori fenestrli (darchali) bo`lganidan suyuqlik va unda erigan 
moddalar harakatiga to'sqmlik qilmaydi. Boumen kapsulasining ichki qavati 
podotsitlardan iborat. Suyuqlik va mayda molekulalar bu hujayralarning ko

p sonli 
o'siqlari orasidan bemalol oladi. Ammo, endotelial hujayralar va podotsitlar oraligldagi 
juda zich joylashgan ingichka tolalar to'ri — asosiy membrana modda molekulalari 
o

tishini katta-kichikligiga qarab chegaralab turadi. Bazal membranadan molekulasi 
3,‘nm dan katta moddalar o

tishi qiyin bo`ladi. Bu membranadagi g‘ovaklar devori 
manfiy zaiyadga ega bolganidan manfiy zaryadli ionlarning o‗tishi qiyinroq. 
Demak, moddalarning filtrlanishini asosiy membrana chegaralaydi. Koptokchalarda 
molekulyar massasi 5500 dan ko

p bolmagan moddalarning filtrlanishi chegaralanmagan. 
Moddalarning molekular massasi orta borgani sari filtrdan olishga tobora 
qiyinlashaveradi va 80000 ga yetganda butunlay to'xtaydi. 
Filtrdan nima o‗tishi uning hususiyatiga, asosan g

ovaklarining kattaligiga bog

liq 
bo`lsa, filtrlanish tezligini esa samarali filtratsion bosim belgilaydi (SFB). Bu bosimni 
aniqlash uchun koptokcha kapillyarlaridagi qonning gidrostatik bosimidan (Rgq) 
Boumen kapsulasi bo`shlig

idagi suyuqlikning gidrostatkk: bosimini (Rgs) va qon 
oqsillarilshng onkotak bosimini (Roq) ayirish kerak; 
SFB=Rgq—(Rgs+Roq) 
Odamning buyraklaridagi koptokcha kapillyarlarida qon bosimi 65 mm s. u. ga teng 
qon oqsillarining o‗rtacha onkotik bosimi va Boumen kapsulasidan suyuqlikning 
gidrostatik bosimi 25 mm va 15 mm. Demak, o

rtacha SFB=65 mm-(25 mm+15 mm) -25 


233 
nun s. u. ga teng. Koptokchalarda filtrlanish tezligi asosan SFB ga bog‘liq. Bu tezlik 
buyraklarda vaqt birligida hosil bo‗lgan filtrat hajmi bilan belgilanadi. Erkaldarda 
koptokchalarda filtrlanishining tezligi 125 ml/min, ayollarda — 110 ml/min. Demak, bir 
kechayu kunduzda 1801 ga yaqin filtrat (birlamchi siydik) hosil bo`ladi. 
Filtrlaning tezligi kam o‗zgaradi. Tunda butezlik kundagidan 25% kamayadi. 
Koptokcha membranasining moddalarni olkazishida farq bolganidan filtratga qon 
plazmasidagi moddalarning hammasi bir xil olmaydi. Kichik molekulali moddalarning 
plazmadagi va filtratdagi miqdori deyarli teng. Demak, bu moldalar toliq filtrlanadi. 
Toliq filtrlanadigan ionlarga Na+, K+, Cl", НСОЗ" kiradi. Siydflcchil, glyukoza
aminokislotalar glomerulyar filtrdan toliq o

tadi. Oqsillar, lipidlar, oqsillar bilan birikkan 
moddalar deyarli o‗tmaydi. Faqat eng kichik molekulali qon oqsili — albumin juda oz 
miqdorda filtrlanishi mumkin. 

Download 4.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling