Muqaddima
Download 4.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Normal Fiziologiya Qodirov
DINAMIK STEREOTIP
Miya po ‘ stlog ‘ ining sintetik faoliyatini stereotip shaklida vujudga keladigan sharth reaksiyalar misolida ham ko ‘ rish mumkin. Bu usulda sharth refleks hosil qilish bir nechta tarkibiy qismdan iborat bo`lgan shartli signalni o ‘ zgarmas (ularning kuchi, tartibi va oraliqlaridagi vaqt davomiyligi bir xil bo`lgan) holda qo`llashdan iborat. Ammo, bir nechta shartU signallarni birlashtirib, ulardan stereotip signal hosil qilishdan awal, bularning har qaysisiga, masalan yorug‘lik, metronom — 120 (tebranish chas- totasi 120/ssk), qo ‘ ng‘iroq, mstronom — 60, hushtakka so`lak ajralish shartli refleksi vujudga keltiriladi. Qiyoslash (differensirovka chaqirish) uchun qo ‘ Uangan metronom—60dan tashqari, hamma signallar ijobiy ta‘sir ko'rsatib, so`lak ajralishiga olib keladi. Ammo, har qaysi shartli signalga uning o'ziga xos miqdorda so`lak ajraladi. Endi bu signallar ma‘lum tartibda, biri ikkinchisidan 5 daqiqa kechiktirilib qo`llaniladi. Musbat natija beradigan signallar o‗zi uchun xos bo`lgan miqdorda so`lak ajratadi, metronom — 60 esa so`lak ajralishiga olib kelmaydi. Tajriba shu tartibda bir necha kun takrorlanib turilsa, miya po'stlogi faoliyatida sterotipiklik paydo bo`ladi :yuqoridagi signallarning faqat bittasi, masalan, qo'ngiroq, har 5 daqiqada qo`llanilsa, u qolgan hamma signallarning o ‘ mini bosadi. Eng ko ‘ p so`lak ajratgan metronom — 120 o'miga tushsa, ko ‘ p miqdorda so`lak ajraladi, so`lak ajralishini paydo qilmaydigan , metronom 60 o‗mida qo`llanilganda, arzimas natija beradi. Demak, miya po ‘ stlog‘i signalga vujudga kelgan dinamik stereotip bo ‘ yicha javob beradi. Endi qo ‘ ng‘iroq yakka signal tariqasida emas, balki signallar tizimining elementi sifatida qabul qilinadi. Tabiiy sharoitda odatlanishlar, o ‘ z-o‘zidan bajariladigan xatti-har akatJ aming shakllanishi dinamik stereotiplarga bog‘liq. / |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling