Muqaddima
INSON OLIY NERV FAOLIYATINING XUSUSIYATLARI
Download 4.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Normal Fiziologiya Qodirov
INSON OLIY NERV FAOLIYATINING XUSUSIYATLARI Yuqorida aytib o'tilgan shartli reflektor faoliyat qonuniyatlari Hayvonlarga ham, odamga ham xosdir.Odamda tashqi va ichki muhitning turli signallariga shartli refleks hosil qilish mumkin, odamda ham tegishli sharoitda shartli reflekslar sharth va shartsiz tormozlanishga uchraydi va hokazo. Odam ham hayvonlar kabi narsalar va muhit hodisalari to'g‘risdagi signallarni, sezgi a‘zolari yordamida bevosita qabul qilish qobiliyatiga ega. Analizatordar orqali bevosita qabul qilingan ahborotlarni tahlil va sintez qilish, tashqi va ichki muhitni bevosita tasavvur qilish odam hamda hayvon uchun yakka bo`lgan birinchi signal tizimini tashkil qiladi. Shu bilan bir qatorda insonda mehnat faoliyati va ijtimoiy rivojlanish tufayli ikkinchi signal tizimi — so ‘ z bilan bog‘liq, bo`lgan tizim rivojlanadi va takomillashadi. Bu tizim yozma va og‗zaki so'zni anglash va gapirish hamda yozishdan iborat. 287 So ‘ zni tushunish, so ‘ ng gapirish bolada sekin-asta malum tovushlarni (so ‘ zlarni) tashqi ob‘ektdan olingan ko ‘ ruv, taktil va boshqa ta‘sirotlar bilan boglanishi natijasida rivojlanadi. Ikkinchi signal, tizimi rivojlanishiningdastlabki belgilari bola 6 oydan oshgandan keyin kuzatiladi. Ikkinchi signal tizimining shakllanishi uchun narsalar, hodisalar, odamlarning aniq siymosini ularning nomi bilan boglash kerak. Agar biror odamni voki narsani bolaga ko ‘ rsatib, uning nomi ko ‘ p martalab aytilsa, bolada ana shu so ‘ zga reaksiya paydo bo`ladi. Keyin bola narsalarning nomini aytishga o ‘ rganadi, o ‘ zi bilib olgan so'zlardan foydalana boshlaydi. Nutqning rivojlanishi — murakkab jargon. Gapirish uchun nafas muskullari, xiqildoq muskullari, til-xalqum va lablar uyg‘un holda harakat qilishi zarur. Bu muskul a‘zolarning ishi yuqori darajada bir-biriga moslashmaguneha, bola so'zlarni noto ‘ g ‘ ri gapiradi. Bolani juda yoshligidan to ‘ g ‘ ri gapirishga o ‘ rgatish kerak. Download 4.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling