Muqaddima
Download 4.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Normal Fiziologiya Qodirov
UYQU,TUSHKO’RISH,GIPNOZ Odam umrining deyarli uchday bir qismi uyquda oladi. Uyqu yuqori hayvonlar uchun juda zarur holat. It ovqatsiz ancha uzoq yashashi mumkin, ammo uyqudan maxrum qilinganida tez halok bo`ladi. Uyqu vaqtida odam hushini yo ‘ qotadi, MNT ning, xususan miya po‘stlog‘inmg faolligi pasayadi, muskullar tonusi va sezgirlik susayadi. Shartsiz reflskslar kuchsizlanadi, shartlilari esa tormozlanadi. Ichki a‘zolar faoliyati ham sustlashadi. Uyquning bir necha turi bor: 1) kecha-kunduagi davriy uyqu; 2) faslga bog‘liq davriy uyqu; 3) narkotik uyqu; ‗) gipnotik uyqu; 5) patologik uyqu. Davriy uyqular — oddiy sharoitdagi fiziologik holatdir. Narkotik, gipnotik va patologik uyqular maxsus nofiziologik ta‘sirotlar natijasida rivojlanadi. Gipnotik uyqu — ko ‘ pchilikda qiziqish uyg‘otadi. Bu uyqu maxsus sharoitda gipnozchi tomonidan ishontirish yo‘li bilan paydo qilinadi. Gipnoz vaqtida miya po%tlogl faoliyati tormozlansada, tashqi muhit bilan aloqa qisman saqlanib qoladi, gipnozlangan shaxs gipnozchi ko'rsatmalarini bajaradi. Yashash sharoiti ogir bo`lgan hududlarda uchraydigan hayvonlarga faslga bog‘liq u yqu xos. Masalan, O s rta Osiyo sahrolarida yashovchi qo'shqyoq (tushkanchik) bahor va yoz boshlarida juda faol bo lib, ko‗p ovqat yeydi, semiradi. Kun haddan tashqari isib, 299 o‗simliklar qurib qolganda, fasliy uyquga ketadi. Fasliy uyqu boshqa sharoitda yashovchi hayvonlarga ham xos (ayiq). Narkotik uyquni maxsus narkotik moddalar paydo qiladi, Har kungi davriy uyqu katta yoshli odamlarda bir bosqichli bo`ladi — tunda bir marta yotib, uxlab turiladi. Bolalarda bu uyqu ko‗p bosqichli. Endi tugllpam chahaloq bir kecha-kunduzda 21 soat, 6 oydan 12 oyhk bo`lgan bola 1‘ soat, ‗ yoshda tte 12 soat, 10 yoshda 10 soat uxlaydi. Kattalarning tungi uyqusi 7-8 soat davom etadi. falogrammasida chastotasi 13 Gs dan yuqori bo`lgan kichik amplitudali to`lqinlar qayd qilinadi (beta-ritm). Osoyishta, ko‗zini yumib, o ‘ tirgan odamning EEGsi alfa-ritm qiyofasiga kiradi (8— 12 Gs li, kichik amplitudali to`lqinlar (1- bosqich). Odam uxlashi bilan teta-ritm paydo bo`ladi, to`lqinlar- chastogasi 3—7Gs dan oshmaydi (2- bosqich). Uyqu chuqurlashganda, teta-ritmga 12—15 Gs li, davomi 1 sek bo`lgan «uyqu duklari» qo'shiladi (3 - bosqich). Uyquning chuqurlashuvi yanada davom etadi, endi yuqori amplitudali, 0,5-2 Gs chastotaga ega bo'lgan to'lqinlar — delta- ritm qayd qilinadi (‗- bosqich). Uyquning 5- bos‘qichiga ko ‘ z sohhalarining tez haraxatlanishi xos. Shuning uchun uni uyquning tez davri deb atashgan. EEG da yuqori chastotali, kichik amplitudali to`lqinlar paydo bo`ladi, miya po'stloglning elektr faolliagi desinxronizatsiyaga uchraydi. Shu vaqtda uxlab yotgan odam uyg‘otilsa u tush ko‘rayotganini aytadi. Shuning uchun bu 5- bosqichni uyquning tush ko'rish davri ham deyishadi Undan oldingi bosqichlar sekin 75- rasm. Odam elektroensofalogrammasining bedorlikdagi va uyquning turli bosqichlaridagi shakli. KTH bosqich- ko‗zning tez harakatlanish bosqichi. Pastda: uyqu chuqurhgining tun davomida bosqichlarga bog‘liq holida o ‘ zgarishi. uyqu bosqichlaridir. Sekin va tez uyqular davriy bo`lib, har bir yarim soatda takrorldnadi. 7,5 soat uxlagan katta yoshli odam 1,5—2 soatni tez uyquda o ‘ tkazadi. 300 Sekin uyqu vaqtida vegetativ faoliyatlar susayadi — qorachiqlar torayadi, tomirlar kengayadi, ter ajralishi ko'pavib, ko‗z yoshi va solak ajralishi kamayadi, yurak-tomir, nafas, hazm, ajratuv tizimlari faoliyati sustlashadi. Tez uyqu davrida, aksincha, «vegetativ to ‘ zon» kuzatiiadi. Skelet muskullari tinch va tonusi pasaygan holatda bolsada, bu davrda odam ko ‘ rayotgan tushida «ishtirok» etadi, ichki a‘zolari tushdagi harakatlar va hissiyotlarni ta‘minlash uchun zarur bo`lgan darajada o ‘ z faoliyatini tezlashtiradi. Chuqur sekin uyqu faqat odamga xos. Uni odamzod uy-joy ko ‘ rib, o ‘ zini tunda turli xavflardan saqlash imkoniyatiga ega bolganidan keyin orttirgan. Sekin uyqu davrida ba‘zi odamlar uyqusirab yurishadi, bu — somnambulizmdir. 0 ‘ z vaqtida uyqu rivojlanishni tushuntirish uchun qon aylanishi, gistologik, kimoviy nazariyalar taklif qilingan edi. Hozirgi kunda bedorlikdan uyqu holatiga o'tishni uyg'onishini miya po‗stlog*i va po ‘ stdoq osti tuzilmalari, xususan to ‘ rsimon formatsiya o`rfasidagi o ‘ zaro munosabatlar o'zgarishga boglashadi. Miya stvolida, asosan uzunchoq miya va Varoliy ko ‘ prigida joylashgan to'rsimon fomatsiyani ko ‘ tariluvchi yollar talamus yadrolari ular orqali katta yarimsharlar po'stlog'i bilan aloqador qiladi, Pastga tushuvchi yo`llar, o ‘ z navbatida, to ‘ r simon formatsiyani orqa miya segmentlari bilan boglaydi. Po ‘ stloq-to‗rsimon formatsiya, to'rsimon formatsiya — orqa miya munosabatlari yuqorida ko‗rilgan edilar. Oxirgi o ‘ n yillarda to ‘ rsimon formatsiyaning S ko'prik qismidagi ma lum, .neyronlarning elektir faolligi uyqu davrlari almashinuvida awal qommiy ravishda o'zgaiishi aniqlangan. Masalan, uyquning tez davri boshlanishidan awal bu reyronlar impulslari chastotasi bedorlik holatidagina nisbatan 50—100 marta oshadi. Bu o'zgarish EEG da tez uyquning dastlabki belgilari paydo bolishidan sal oldin qayd qilinishi uning uyqou davrlari, almashinuviga dahldorligini ko‘rsatadi. Valoriy ko ‘ pitgidagi boshqa ikki guruh neyroylar faolligi uyquning sekin davri tez davrga olishi oldindan susayadi Bu neyronalarning bir gurahi Vamiiy ko'prigining havorang dog‘ yadrosida joylashgan bolib, noradrenalinga boy. Ikkinchi guruhneyronlar serotoninga ega, ular ko'prikning chok yadrolarida bo`ladi. Bu guruhlardagi yakka neyronlar faolligini qayd qilish ularning implus chastotasi bedorlikda juda yuqori bo`lishini, sekin uqhu davrida esa asta-sekin kamayishini, uyquning tez davrida umuman impulslar yuzaga chiqmasligini ko'rsatadi Tez uyqu boshlanishi oldidan faollashadigan neyronlar ham ko ‘ prikdagi havorang dog ‘ va chok yadrolaridagi neyronlar ham yoyiluvchi (divergent) yo`llar orqali po ‘ stloqning ko ‘ pgina sohalariga boglanganlar. Ulardan po'stloqqa yetib kelgan impulslar keng doiradagi neyronlarni faollashi yoki tormozlashishi mumkin. Ko ‘ prikning uyquga dahldor neyronlari serotonin va noadrenalin ko‘pligini aniqlash uyquning kimyoviy nazariyasiga yana qiziqish uyg‘otdi. Ko‘tariluvchi po'stloqni faollashtiradigan tizimning adrenergikligi uyquni qochiruvchi moddalarning ko‘pi katexilarninlarga o‘xshashi katexolarninlar bedorlik holatini saqlash uchun zarurligidan darak beradi.Miyada serotonin miqdorining ortishi tez uyqu davrini uza>tiradi,ammo uyquni sekin davr hisobiga qisqartiradi. Boshqa fiziologik faol moddalar ham uyquga ta‘sir qilish! mumkin.Masalan oxirgi yillarda epifizdan ajratib olingan peptidning faqat 600 molekulasi mushukni uxlatib qo‘yish qobiliyatiga ega. Download 4.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling