Muqaddima
TASHQI VA ICHKI MUHIT OMILLARINING OLIY
Download 4.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Normal Fiziologiya Qodirov
TASHQI VA ICHKI MUHIT OMILLARINING OLIY
NERV FAOLIYATIGA TA’SIRI Oliy nerv faoliyati, birinchi galda, markaziy nerv tizimining holatiga bog ‘ liq. Bu holatga nerv tizimining oziq moddalar va kislorod bilan ta‘minlanishi kuchli ta‘sir ko ‘ rsatadi. Bundan tashqari, bosh miyaga keluvchi qon tarkibidagi o ‘ zgarishlar, undagi fiziologik faol moddalar miqdori miya holati uchun befarq bolmaydi. Tashqi muhit omillarining nerv tizimi holatiga ta‘siri juda kuchli. Odamlarda bu holatlarga ijtimoiy muhit omillari, yashash va mehnat qilish sharoitlarming ta‘siri ham bor. Nerv tizimining holati, u orqali oliy nerv faoliyati ovqat keragidan kam yoki ko'p iste‘mol qilinganida o'zgaradi. Qisqa vaqt och qolish (ovqatlanishni bir necha soatga kechiktirish) solak ajralish shartli refleksini kuchaytiradi. Bu ovqatlanish markazining dominant holatda bolishiga bog ‘ liq. Hayvon uzoq vaqt och qolsa, shartli reflekslar susaya boradi, farqlash shartli reflekslari buziladi, yangi farqlashlarni esa hosil qilib bolmaydi. Och qolish natijasida hayvonning vazni ikki baravar kamayganda, awal sun‘iy, keyin tabiiy shartli reflekslar yo ‘ qoladi. Ovqatning asosiy tarkibiy qismlari — oqsillar, yoglar, uglevodlar, vitaminlar yetishmovchiligi va ularning ortiqcha bo`lishi ham oliy nerv faoliyatiga ta‘sir qilishi mumkin. Oqsil yetishmovchiligi sekin-asta farqlashlarning yo‗qolishiga olib keladi, ammo musbat shartli reflekslar uzoq vaqt saqlanib qoladi. Oqsilni keragidan ortiq iste‘mol qilish farqlanishlarni aniqroq, musbat shartli reflekslarni mustahkamroq bo`lishini ta‘minlaydi. Uzoq vaqt (oylab) 304 oqsilga boy ovqat yeyilsa, farqlanishlar o ‘ zgarmaydiyu s biroq shartli reflekslar kuchi susaya boshlaydi Ovqatda uglevodlar miqdorining ozligi po ‘ stloq hujayralarining ish qobiliyatini susaytiradi, ammo ularning qo ‘ zg s aluvchanligi ortadi. Uglevodlarni ko ‘ p iste‘mol qilish po ‘ stloq qo ‘ zg ‘ aluvchanligini susaytiradi. Uzoq vaqt davomida juda yog'siz ovqat iste‘mol qilish oliy nerv faoliyatiga sezilarli ta‘sir ko'rsatmaydi, yog'li ovqat esa po'stloq jarayonlarini kuchaytiradi. Ba‘zi vitaminlar yetishmovchiligi oliy nerv faoliyatiga kuchli ta‘sir ko'rsatadi. Masalan, Bi gipovitaminozi po'stloq hujayralarini nimjonlashtiradi, qo ‘ zg ‘ alish va tormozlanish jarayonlari kuchsizlanadi, ular o ‘ rtasidagi muvozanat yo ‘ qoladi. Bu tanqislik davom etaversa, yangi shartli reflekslar hosil qilib bo`lmaydi, borlari esa asta- sekin yo'qolib ketadi. Vitamin Bi yetishmovchiligi yuzaga chiqargan o'zgarishlar yetarli miqdorda vitamin berila boshlagandan keyin ham uzoq vaqt saqlanib turadi. Vitamin S yetishmovchiligi ham shunga o‗xshagan o ‘ zgarishlarni paydo qiladi, ammo yetarli miqdorda vitaminga ega bo`lgan ovqatga olish faoliyatlarning tez tiklanishiga olib keladi. Boshqa vitaminlar ham mo ‘ tadil nerv faoliyati uchun muhim Download 4.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling