Muqaddima
Spiralli klassifikatorlar
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
5.3. Spiralli klassifikatorlar
Bu klassifikator qumni mexanik bo‘shatuvchi klassifikatorlar turiga kiradi. Ularda tashuvchi moslama bo‘lib korpus tubiga parallel joylashtirilgan, sekin aylanuvchi spiral (shpek) xizmat qiladi. 69 24-rasm. Спиралли классификаторлар 1 – uzatma, 2 – yarim tsilindrik tog’ora, 3 – spiral, 4 – ichi bo‘sh val, 5 – spiralni ko‘taruvchi mehanizm, 6 – quyulish ostonasi, 7 – tayanch ramasi, 8 – bo‘shatish tuynugi. Spiralli klassifikatorlar bir va ikki spiralli qilib tayyorlanadi. Ular gorizontga 12-18 0 burchak ostida o‘rnatiladi. Spirallar bir, ikki va uch zaxodli bo‘lib, uning qadami spiral dametrining 0,5 - 0,6 siga teng. Spiralli klassifikatorlar botgan spiralli va botmagan spiralli klassifikatorlarga bo‘linadi.Botmagan spiralli klassifikatorlarda qo‘zg’olish ostonasi valdan yuqorida, yuqori qismi esa butananing ustida joylashadi. Botgan spiralli klassifikatorlarda esa quyulish ostonasi butanaga to‘liq botgan bo‘ladi va bu bilan cho‘kishning katta zonasiga erishiladi va mahsulotning klasifikatsiyasi tinchroq muxitda o‘tadi. Shuning uchun botgan spiralli klasifikatorlar o‘lchami <0,15 mm dan kichik mayin, tuyulgan mahsulotni ajratish uchun qo‘laniladi. Bu klassifikatorlarning quyulma bo‘yicha i/ch unumdorligi botmagan spiralli klassifikatorlarga nisbatan 1,5 barobar katta.Spiralli klassifikatorlarning diametri 0,3-3 m gacha, uzunligi 2,9-15,1 m. Spiralli klassifikatorlar sodda tuzilishga egaligi, ishlashning qulayligi, yuqori ishlab chiqarish unumdorligiga egaligi bilan harakalanadi. 70 Spirallarning bir tekis va tinch aylanishi mahsulotni klassifikatsiyalash uchun yaxshi sharoit yaratadi va katta zichlikka ega toza mahsulot beradi. Spiralli klassifikatorlarda klassifikatsiyalashni quyidagi parametrlarni o‘zgartirib boshqarish mumkin: aylanish chastotasi, quyulish ostonasining balandligi, butananing zichligi.Mayin quyulma olish uchun spirallarning aylanish tezligini kamaytirish kerak va bunig aksincha dag’al qumlar olish uchun spiralning aylanish chastotasini oshirish kerak. Spirallarning aylanish tezligi 1-25 min -1 . Quyulish ostonasining balandligini o‘zgartirib, zarrachalarning cho‘kish zonasini oshirish mumkin, bu bilan klassifikatorlarni ishlab chiqarish unumdorligi ortadi. Butananing zichligi klassifikatorlarda zarrachalarni cho‘kish tezligiga ta’sir qiladi. Butananing zichligi ortishi bilan zarrachalarning cho‘kishi sekinlashadi va quyulmaga nisbatan yirikroq zarrachalar o‘tib ketadi. Spiralli klassifkatorlarning ishlab chiqarish unumdorligi ikkita maxsulot: quyulma va qum bo‘yicha aniqlanadi:- quyulma bo‘yicha ishlab chiqarish unumdorligi (T /sutka) quyidagi empirik formulalardan aniqlanishi mumkin: Botmagan spiralli klassifikatorlar uchun Q= m∙R 1 ∙R 2 , ∙ (94D 2 - 16D); (25) Botgan spiralli klassifikatorlar uchun: Q = m∙ R 1 ∙R 2 ∙ (75 2 - 10D); (25) bu yerda: m-klassifikator spirallari soni; R 1 - quyulmaning yirikligiga bog’liq koeffitsient (botmagan spiralli klassifikatorlarda R 1 =0,46 ch 1,95 botgan spiralli klassifikatorlarda R 1 = 0,36 ÷2,9) R 2 - quyulma zichligiga bog’liq koeffitsient (R 2 = 1,9 ÷1); D-spiralning diametri, m. Kum bo‘yicha ishlab chiqarish unumdorligi (T/sutka) quyidagi formuladan aniqlanadi. Q = 135 m∙R 2 ∙ D 3 ∙ n (27) bu erda: n-spiralning aylanish chastotasi, min. -1 . |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling