Oltiburchaklardan iborat fraktallarni qurish algoritmlari
a) 1-qadam: avvalo oltiburchak chizilsin, uning markazi aniqlab olinsin. Bu nuqtaning koordinatasi aniqlansin. Bu tipdagi fraktallari qurishda uning diagonallaridan keng foydalaniladi. Keyin diagonol yarmi hisoblansin. 2-qadam: shu diagonaldan foydalanib oltiburchaklar chizilsin. Bu oltiburchaklar markazlari topilib, bu oltiburchaklarning markazlari oldingi qadamdagi oltiburchakning uchlarida bo‘lsin. (4.8-rasm).
4.8-rasm. Oltiburchakli fraktallar, 1-qadam va 2-qadamda
b) 1-qadam: avvalo oltiburchak chizilsin, uning markazi aniqlab olinsin. Bu nuqtaning koordinatasi aniqlansin. Bu tipdagi fraktallar qurishda ham uning diagonal (L)laridan foydalaniladi. Keyin diagonal yarmi hisoblansin. 2-qadam: shu diagonaldan foydalanib oltiburchaklar chizilsin. Bu oltiburchaklar uchlarining koordinatalari topilib, bu oltiburchaklar oldingi qadamdagi oltiburchakning uchlarida joylashtirilsin.
4.9-rasm. Oltiburchakli fraktallar, 1-qadam va 2-qadamda
Bu tipdagi fraktallarning geometrik modelini ishlab chiqishda geometrik shakl muntazam oltiburchak va uning tegishli tushunchalaridan keng foydalaniladi. 1-qadam: avvalo tomoni “a”ga teng muntazam oltiburchak chizib olinsin. 2-qadam: uning markazi joylashgan nuqta hamda uning koordinatalari O(x,y) aniqlansin. 4.10-rasmdan muntazam oltiburchakning uchlari joylashgan nuqtalar (A,B,C,D,E,F) ning koordinatalari aniqlansin, va kichik oltiburchaklarning markazlari ushbu nuqtalarda yotsin:
3-qadamda ushbu nuqtalardan tomonlari “a/2” ga teng bo‘lgan muntazam oltiburchaklar chizilsin.
Agar asosiy oltiburchakka tashqi chizilgan aylani radiusi “h” ga teng bo‘lsa, uning uchlaridan chizilgan muntazam oltiburchaklarga tashqi chizilgan aylananing radiuslari mos ravishda “h/2” ga teng bo‘ladi.
Chizilgan har bir funksiyadan rekursiv funksiya hosil qilib bu jarayonni cheksiz davom ettirilsin.
4.10-rasm
Do'stlaringiz bilan baham: |