Murakkab tuzilishli ob’ektlarni fraktal – raqamli loyihalash Aylanalardan iborat fraktalni qurish algoritmi


Romblardan iborat fraktalni qurish


Download 302.42 Kb.
bet3/6
Sana23.04.2023
Hajmi302.42 Kb.
#1386271
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
13.Murakkab tuzilishli ob’ektlarni fraktal – raqamli loyihalash

Romblardan iborat fraktalni qurish
Birinchi qadam: Romblardan iborat fraktalni qurish uchun avvalo bosh rombning yuqori uchidagi nuqta koordinatasi A(x1,y1) va pastki uchidagi nuqta koordinatasi V(x2,y2) belgilab olinsin. Romb tomonlarining uzunliklari l va t deb olinsin.
Ikkinchi qadam: tomoni birinchi rombnikidan ikki marta kichik bo‘lgan l/2 va t/2 tomonlar tashkil etilsin, hosil qilinishi kerak romblarni diagonallari kesishgan nuqtalari birinchi rombning uchlarida yotadigan romblar chizilsin. Bunda hosil qilingan rombning uchlaridagi nuqtalarning koordinatalari aniqlab olinsin, ya’ni


A1(x, y - l, l / 2, t / 2); V1(x, y + l, l / 2, t / 2),
S1(x - t, y, l / 2, t / 2); D1(x + t, y, l / 2, t / 2).


Uchinchi qadam: tomonlari ikkinchi qadamda chizilgan romblarnikidan ikki marta kichik bo‘lgan, markazlari ikkinchi qadamda hosil qilingan romblarning uchlaridan o‘tadigan romblarni chizilsin va h.k. davom ettirilsin. Natijada romblardan iborat bo‘lgan fraktallar hosil bo‘ladi.
Beshburchaklardan iborat fraktallarni qurish algoritmlari
a) Bu tipdagi fraktallari qurishda ham xuddi yuqoridagi algoritmlardagi kabi ish olib boriladi. Avvalo tomoni «a»ga teng bo‘lgan beshburchak chizilsin, uning markazi aniqlab olinsin (uning markazi uchlaridan o‘tkazilgan balandliklar kesishgan nuqtadir). Bu nuqtaning koordinatasi aniqlansin. Keyingi qadamda hosil bo‘lgan beshburchaklar qirralari ikki marta kichik qilib olinsin va u birinchi beshburchakning uchlarida joylashtirilsin (4.6-rasm).









4.6-rasm. Beshburchakli fraktallar, 1-qadam va 2-qadamda

b) Bu tipdagi beshburchaklarni qurish uchun a) dagi kabi birinchi qadamda tomoni «a»ga beshburchak chizib olinsin. Ikkinchi qadamda beshburchakning qirralarining o‘rtalari topilsin va oldingi qadamdagi o‘lchamdan ikki barobar kichik o‘lchamda beshburchaklar joylashtirilsin (3.7-rasm).













4.7-rasm. Beshburchakli fraktallar, 1-qadam va 2-qadamda



Download 302.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling