Murodulla mirzaev


Download 1.97 Mb.
bet12/95
Sana05.01.2022
Hajmi1.97 Mb.
#220417
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   95
Bog'liq
O'quv qo'llanma-3

Kurd-zazalari. Mamlakat umumiy aholisining 4 % ni tashkil etadigan kurd-zazalari turklar va etnik kurdlardan farq qilib, o'zlarining “zazaki” deb atalgan alohida tilida gaplashadi. Bu til fors va kurd tillari bilan bog'liq. Kurd-zazalarining kamligi, ularning turk madaniyati va jamiyatiga madaniy birlashishi tufayli bu til yo'q bo'lib ketish xavfi ostida qolgan til hisoblanadi. Shunga qaramay, ba'zi zazalar o'zlarini etnik kurdlar yoki turklar deb atamasliklarini, zaza deb atashlarini talab qilishadi. Bu odamlar Eronda o'z tarixiy ildizlarga ega. Buni isbotlash qiyin. Chunki, ularning tarixi og'zaki an'analarga tayanadi. Ammo kurdlar bilan madaniy va etnik jihatdan bog'liq. Turkiyada hozir 3 mln. atrofida kurd-zazalari borligiga qaramay, ular doimiy ravishda o'z madaniyati va tilini saqlab qolish uchun kurashda.

Cherkeslar (3,3 %) - kavkazlik immigrantlar guruhi bo'lib, asli Rossiya va Gruziya yaqinidagi Kavkaz tog'laridan kelgan. Ko'plab cherkeslar o'zlarining ona tillaridan turk tili foydasiga voz kechgan. Bu, shubhasiz, Turkiyada cherkes madaniyatiga ta'sir ko'rsatgan. So'nggi hisob-kitoblarga ko'ra, 2 mln. ga yaqin aholini tashkil etgan cherkeslar Turkiyadagi eng katta etnik ozchilik guruhlaridan va sunniylik mazhabidagi musulmonlardan hisoblanadi.

Bosniyaliklar (2,6 %) - Bosniya, shuningdek, Gertsegovina va sobiq Yugoslaviya respublikalarida yuzaga kelgan odamlar sifatida ta'riflash mumkin. Bosniyaliklar asosan sunniy mazhabdagi musulmonlar bo'lib, Yevropada o'z dinlari tahdidi ostida qolgan payda Turkiyaga ko'chib kelgan. Garchi ularning soni cheklanganligi sabab, aksariyati hayot kechirish uchun turk tilida so'zlashayotgan bo'lsa-da, o'zaro bosniya tilida gaplashadi.


Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling