Murodulla mirzaev


Frigiya podshohligi davrida Kichik Osiyo


Download 1.97 Mb.
bet26/95
Sana05.01.2022
Hajmi1.97 Mb.
#220417
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   95
Bog'liq
O'quv qo'llanma-3

Frigiya podshohligi davrida Kichik Osiyo

Friglarning kelib chiqishi haqida aniq ma'lumot mavjud emas. Ehtimol ular Anado'luning shimoli-g'arbiy hududlariga, ya'ni hozirgi Turkiyaning Yevropa qismiga Bolqonlar (Makedoniya yoki Trakiya) dan kelib qolgan bo'lishi mumkin. Qadimgi afsonalarda friglar Troyaga yunonlar bilan urushda yordam berishganligi aytiladi. Tarixchi Gerodotning so'zlariga ko'ra, friglar Troya urushi davrida Makedoniyadan Kichik Osiyoga ko'chib kelgan. Ba'zi olimlar Frigiyani Xett manbalariga tayanib, Assuva konfederatsiyasi yoki Artsava qirolligining qismi sifatida talqin qiladi. Boshqalar milodiy asr boshida yashab ijod etgan yahudiy tarixchisi va harbiy qo'mondon Iosif Flaviy tomonidan ilohiylashtirilgan klassik an'anaga ishora qilib, Frigiyani Injildagi Fogarma sifatida qayd etadi. Bu, qadimgi Anadoluning Tegarama shahri nomi bilan o'xshashligiga ishora qilinadi.

Ko'proq tarqalgan ma'lumotlarga ko'ra, Frigiya qirolligi miloddan avvalgi II ming yillikda tashkil topgan. U Xett imperiyasining qulashida muhim rolь o'ynagan. Miloddan avvalgi 1200-yillarda “Dengiz xalqlari” bosqini tufayli friglar ham Kichik Osiyoga kelib qolgan bo'lishlari mumkin. Xett qirolligini tor-mor qilganlardan biri ham aynan ular ekanligi aytiladi. Biroq boshqa taxminlarga ko'ra, ko'plab olimlar ushbu ko'chishni Xett imperiyasi qulagandan ikki-uch asr o'tib ro'y berganligi ham aytiladi. Ba'zi tadqiqotlarda frigiyaliklar Ossuriya manbalariga tayanib “mushklar” nomi bilan tilga olingan joylari ham bor.

“Frigiya” atamasi miloddan avvalgi 1200-yil atrofida Bolqonning janubidan bu yerlarga ko'chib kelgan xalq - briglar yoki frigiyaliklar nomidan kelib chiqqan. Frigiyaning bir qismi Likaoniya va Galatiyaga qo'shilganidan beri, Buyuk Frigiya atalmish joylar Kariya, Lidiya, Miziya, Vifiniya, Galatiya, Likaoniya va Pisidiya bilan o'ralgan hududni anglatgan; Kichik yoki Gellespont yohud Yepiktet Frigiyasi deb Gellespont va Prepontida janubiga yaqin qirg'oq hududini aytishgan. Frigiyaning yana ikkita nomi bo'lgan: asosiy shaharlari Tiriye va Filomeliya bo'lgan - “Tog'li Frigiya” va Pisidiya Antioxiyasi shahri bilan - “Pisidiya Frigiyasi”. Vizantiya imperiyasida Frigiya I va Frigiya II nomlari ham bo'lgan. Frigiyaliklar qabilasi Kichik Osiyoning g'arbiy yarmini egallab olgach, maxsus davlat tuzadilar. Frigiya shohlari bo'lgan Midas va Gordia haqidagi ma'lumotlar bizning davrimizga qadar saqlanib qolgan.

Gerodotning so'ziga ko'ra, frigiyaliklar Yevropada yashagan paytlarida o'zlarini “briglar” deb atashgan. Osiyoga ko'chib kelganlaridan keyin esa o'z nomlarini frigiyaliklarga o'zgartirgan yoki mavjud vaziyatga ko'ra o'zgargan. Yozuv va ismlarga asoslangan holda aytish mumkinki, frigiyaliklar tili hind-evropa tillari turkumiga kirgan va yunon tili bilan bog'liq.

Xett davlati bilan bevosita aloqada bo'lgan aholi hamda yaqin frigiyaliklar tez orada Old Osiyoning qadimgi jamoalariga xos tamaddun darajasiga yetib olgan. Arxeologik manbalarga asoslangan holda aytish mumkinki, dehqonchilik Frigiya jamoasining iqtisodiy asosini tashkil etgan. Frigiyaning hududi bo'ylab ko'plab istehkomlar qurilgan.

Frigiyada qazishlar paytida topilgan sopol idishlar o'tgan davrdagi hunarmandchilik an'analarining taraqqiyot darajasini ko'rsatadi. Unda Xett davlati, Kichik Osiyo va hatto Kipr kulolchiligining namunalarini ko'rish mumkin.

Shoh va amaldorlar qo'rg'onlarda dafn qilinib, hunarmandchilik taraqqiy etishi tufayli tosh maqbaralar qurila boshlagan.

G'arbiy sohildagi yunon shahar-davlatlari bilan Frigiya savdo aloqalarini o'rnatgan bo'lib, bu jarayon yunon va frigiya jamiyatlari madaniyati yaqinlashuviga olib kelgan. Ossuriya va yunon manbalarida faqat ikki Frigiya podshosi – Gordiya va Midas ismi keltiriladi. Kadimgi Yunon afsonalarida Frigiya shohi Midasga katta o'rin berilgan. Ularga ko'ra shoh qo'li tekkan narsa oltinga aylangan.

Ayrim mutaxassislar bu ismlar emas, balki shohlik amallarining nomi deb xisoblaydi. Frigiyaliklar dehqonchilik, chorvachilik bilan, shuningdek, marmar qazib olish, oltin konlarini o'zlashtirish, junni qayta ishlash bilan shug'ullangan. Savdo-sotiq ishlari ko'proq yunonlar va rimliklar bilan olib borilgan. Frigiyaliklar asosan qishloq joylarda yashagan, lekin bir necha Gordion, Kelena, Kotiy kabi katta shaharlar ham bo'lgan.

Frigiya madaniyatining Egey dengizi atrofida yashagan xalqlar madaniyati va tamadduni bilan o'xshash tomonlarini ko'rish mumkin. Miloddan avvalgi YIII asrda paydo bo'lgan frigiya yozuvi alifboli bo'lib, yunon alifbosi bilan o'xshash joylari bor. Ayrim harflarning ma'nosi hali to'liq o'rganilmagan. Shuningdek, miloddan avvalgi YIII-YII asrlardagi qadimgi Frigiya yozuvi Tiana, Likaoniya va Kichik Osiyoning boshqa o'lkalaridan topilgan. Bu esa Frigiya kimmeriylar bosqiniga qadar egallagan hududni aniqlashga yordam beradi. Milodiy I asrlarga oid yangi Frigiya yozuvi asosan yunon harflaridan tarkib topgan.

Sakarya (Sangariy) daryosi vohasida topilgan qadimgi Frigiya yozuvlari, shuningdek, G'arbiy Kichik Osiyo va Kappadokiya shaharlaridan ham topilgan. Bularning barchasi Frigiya davlati gullagan davrida uning chegaralari G'arb va Sharqqa tomon keng hududlarni egallaganligini ko'rsatadi.



Yunon madaniyati Frigiyaga sermahsul Germa daryosi vohasi orqali kirib kelgan. Shu yo'l bilan Frigiya madaniyati o'z ta'sirini Kichik Osiyoning g'arbiy sohilidagi yunon aholisiga o'tkazgan. Frigiya musiqasi yunonlar tomonidan qabul qilinib, qadimgi yunon madaniyatining rivojlanishida katta ahamiyatga ega bo'lgan.

Frigiya adabiyoti mavjud bo'lganligini faqat antik mualliflarning qisqa ma'lumotlari orqali bilib olish mumkin. Yunon an'analari Gomer1gacha yashagan va frigiyalik yoki troyalik “Iliada” (“Iliada” - qadimgi grek adabiyotiga oid, qahramonlik timsolini aks ettirgan 15 700 she'rdan iborat epik poema) ni yozgan frigiyalik Dares, matalchi Ezop, faylasuf – ateist Diogen haqida ma'lumotlarni saqlab qolgan. Bir qator yunon rivoyatlari va afsonalarining qahramonlari (Tantal, Pelops, Niobse, Marsiy) frigiyalik bo'lgan. Shohlar Gordiya va Midas haqidagi afsonalar ham keng tarqalgan. Bularning barchasi frigiyaliklar bilan yunonlar madaniyati va ma'naviyati o'zaro yaqinligini ko'rsatadi.

Frigiya musiqasi va cholg'u asboblari Sharq va G'arbda ham mashhur bo'lib, yunon musiqa shakllarining paydo bo'lishi va rivojlanishida katta o'rin tutgan.

Uylar, maqbaralar, ibodatxonalarning qoyalarda qurilganligi Frigiya me'morchiligining o'ziga xos xususiyatini bildiradi. Bunga misol qilib, “Midas maqbarasi” ni (miloddan avvalgi YIII asr Yazil - qoya) keltirish mumkin. Frigiyaliklar inshootlarida yunon, xett me'morchiligi ta'sirini ko'rish mumkin.

Sangariy daryosining o'zani Frigiyada bo'lgan (Afyunqorahisor). Xelespont Frigiyasi toponimi mintaqaning shimoli-g'arbiy chegarasi Gellespont (Dardanell bo'g'ozi) bo'lganligini ko'rsatib turibdi. Bu, Frigiyaliklar Troya urushida1 qatnashganligi bilan tasdiqlanadi. Janubda Tavr tog'laridagi Pisidiya bilan chegaradosh (Pisidiya Antioxiyasi). Frigiyaning sharqiy chegarasi Galis daryosi edi. Ammo frigiyaliklar hokimiyati gullab-yashnagan paytda Ossuriyaga qadar borib yetgan. Egey dengizi qirg'oqlaridagi davlatlar (Lidiya, Ionia, Karia) janubi-g'arbida Frigiyani Germ daryosi ajratib turgan. Strabonning taxminicha, galatiyaliklar kelib joylashgan Frigiya yerlarida Galatiya2 tashkil topgan. Meander daryosining yuqori oqimi ham Frigiyaga tegishli bo'lgan. Mintaqaning o'rmonlar bilan qoplangani to'g'risida aniq ma'lumotlar yo'q. Lekin qadimgi davrlarda o'rmon maydonlari darajasini aniqlashga urinishlar bo'lgan. Hozircha o'rmonlar asosan tog'larda bo'lgan, deb taxmin qilish mumkin.

Miloddan avvalgi XII asr oxiridan Yevfratning yuqori o'lkalari tomon harakatini to'xtatgan Ossuriya “mushklar”ning asosiy raqibiga aylangan. Miloddan avvalgi YIII asr oxirida frigiyaliklar Yevropadan ko'chib kelgan vifinlar va misiyllar bilan to'qnashgan.


Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling