Murodulla mirzaev


Yangi xettlar davrida iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlar


Download 1.97 Mb.
bet23/95
Sana05.01.2022
Hajmi1.97 Mb.
#220417
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   95
Bog'liq
O'quv qo'llanma-3

Yangi xettlar davrida iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlar

Yangi xettlar davrida iqtisodiy, xo'jalik va ijtimoiy munosabatlarni o'rganishdagi asosiy manba – o'sha davrda qabul qilingan qonunlar to'plamidir. Undan ma'lum bo'lishicha, xettlar iqtisodiyoti asosini chorvachilik tashkil etgan. Xo'jalik ishlarida ishchi qoramollar va yuk tashuvchi ho'kizlarning ahamiyati katta bo'lgan. Otlardan asosan, harbiy maqsadda foydalanilgan.

Xettlarda dehqonchilik ikkinchi o'rinda turar va u ob-havoga bog'liq edi. Sun'iy sug'orishdan deyarli foydalanilmagan. Xettlarda yirik sun'iy sug'orish inshootlari juda oz bo'lgan. Dehqonchilikda ko'pincha arpa yetishtirilgan bo'lib, ba'zan arpa qiymat me'yori vazifasini o'tagan. Arpadan tashqari bug'doy navlari yetishtirilgan. Shuningdek, bog'dorchilik, uzumchilik ham bir muncha rivoj topgan.

Kichik Osiyoda Shumer, Akkad va Misrdan farqli o'laroq, xurmo daraxtidan faqat manzarali o'simlik sifatida foydalanilgan. Chunki, tabiiy sharoitda uning mevasi pishib ulgurmagan.

Shoh mamlakatdagi barcha yerlarning egasi hisoblanib, ularning ma'lum qismi hukmdorning xususiy mulki bo'lgan. Bundan tashqari ibodatxonalar, jamoalarga tegishli hududlar ham bo'lgan. Jamoa yerlarining bir qismi amalda xususiy mulkka aylangan.

Hunarmandchilik ancha rivojlanib, qonunlar va boshqa hujjatlarning guvohlik berishicha, Xett davlatida temirchi, duradgor, konchi, kulol va tikuvchilar bo'lgan.

Qurol-aslaha yasashda, asosan misdan, keyinchalik, bronzadan foydalanilgan. Temir dastlab Kichik Osiyoda topilgan bo'lishiga qaramay, bu davrda xo'jalik ahamiyatiga ega bo'lmagan. Temirdan ko'pincha (xaykalcha) diniy urflar maqsadida foydalanilgan hamda harbiy qurollar tayyorlangan.

Hunarmandlar ichida ozod ishchilardan tashqari qullar ham anchagina bo'lgan. Ko'p hunarmandlar shaxsiy ehtiyojlarini qondirish maqsadida yoki davlat xizmati uchun xo'jalik ishlari bilan ham shug'ullanganlar.

Yangi Xett davlatida tashqi savdo rivoj topgan. Uning ustidan davlat nazorati o'rnatilgan. Oliy hokimiyat keng miqiyosda iqtisodiyotga aralashgan. Bu yerda diniy-xo'jalik mahkamalari katta rolь o'ynagan. Ular odatda “tosh uylar” deb atalib, ular vafot etgan shohlar tomonidan tashkil qilingan. Mahalliy “tosh uylar” markaziy “tosh uylar”ga bo'ysungan. Ularning ixtiyorida ibodatxona xazinalari, oldi-sotdi bilan shug'ullanuvchi tashkilotlar, mirshablar bo'lgan. Rasman bu “tosh uylar” biron-bir ibodatxonaga tegishli bo'lsa-da, amalda podsho yoki uning rafiqasi qaramog'ida bo'lgan.

“Tosh uy” nafaqat, ma'muriy-moliya ishlari, balki, qisman, harbiy ishlar bilan ham shug'ullangan. Katta-kichik yer egalariga tegishli yerlar ayrim hollarda sotib olingan va sotilgan. Egasi jinoiy ish qilgan yerlar shoh foydasiga musodara qilingan.

Muqaddas shaharlarning boshida shoh yoki malika turar, bu shaharlar yerlari podsho mulki hisoblangan. Yangi Xett davlatida hukmdorlarni ilohiylashtirish kuchaygan. Hukmdor mulkiga qasd qilgan odam qattiq jazo olar, “tosh uy”ni buzgan kishi esa, o'limga hukm qilinib, mol-mulki musodara qilingan.

Yangi Xett podsholigi davrida jamiyatning tabaqalashuv jarayoni kuchaygan. Qullar asosan, harbiy asirlar hisobiga ko'paya boshlagan. Shu bilan birga, asirga tushganlarning ma'lum qismi Xett qo'shinlariga qo'shilgan va ularga yer berilgan. Bosib olingan yerlarning aholisi tom ma'noda qulga aylantirilgan. Qullarning ma'lum qismini qarzdorlar tashkil etgan. Ya'ni ocharchilik yillarida “otasi o'g'lini kumushga sotgan” qullar ham bo'lgan. Qullarning ahvoli nihoyatda og'ir bo'lib, o'g'rilik qilgan qulning burni yoki qo'li kesilgan. Erkin odamlar kamdan-kam o'limga hukm qilingan.

Oila munosabatlarida patriarxal tamoyillar hukmron bo'lgan. Ayolni urish, jarohat yetkazish yoki garovga berish ma'n etilgan. Onasini xafa qilgan o'g'il uydan haydab yuborilgan. Ota onaga nisbatan ko'proq huquqqga ega bo'lgan. Qul bilan ozod kishi o'zaro turmush qurishiga ruxsat etilgan. Qulga turmushga chiqqan ozod ayol to'rt yildan so'ng qulga aylanib, undan tug'ilgan farzand ham qul hisoblangan.


Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling