Murodulla mirzaev


Aholi ro'yxatga olingan sana


Download 1.97 Mb.
bet19/95
Sana05.01.2022
Hajmi1.97 Mb.
#220417
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   95
Bog'liq
O'quv qo'llanma-3

Aholi ro'yxatga olingan sana

Shahar aholisi

Qishloq aholisi

1

1975

41,8

58,2

2

1980

43,9

56,1

3

1986

53,0

47,0

4

1990

59,0

41,0

5

2000

64,9

35,1

Turkiya aholisining o'rtacha yoshi bo'yicha Yevropada eng yosh davlatlardan biri bo'lib, ayollarda - 28, erkaklarda - 29 yoshni tashkil etadi.



Turkiya shaharlarida urbanizatsiya darajasi

Shaharlarning o'sishi, shahar turmush tarzining yoyilishi mamlakatda ro'y berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlarning eng muhim belgisidir. Urbanizatsiya – xo'jalikning noqishloq xo'jalik tarmoqlari rivojlanishi natijasidir.

2002-yil holatiga mamlakat aholisining 65 % dan ko'prog'i shaharlarda yashagan (1927-yilda 20 % dan kam). Turkiyada urbanizatsiya garchi qishloq aholisining shaharlarga ko'chib o'tish “cho'qqisi” allaqachon o'tgan bo'lsa-da, hali yakunlanish jarayonidan uzoqda. 1984-yilda shahar va qishloq aholisi tenglashgan va mamlakat rivojlanishining haqiqiy shahar bosqichi boshlangan. 1980-yilda qishloq aholisi soni eng yuqori ko'rsatkichga chiqqan va shundan boshlab qishloq joylarining qisqarish jarayoni kuzatilgan.

Mamlakatda katta-kichik shaharlarning umumiy soni 640 dan oshadi. Shaharni rasman belgilovchi mezon - uning ma'muriy funktsiyasi hisoblanadi. Shuning uchun shahar va shaharcha (il va ilche) lar markazlari aholisining soni va iqtisodiy vazifalaridan qat'i nazar, shahar hisoblanadi. Ammo ular orasida juda kichik (aslida katta qishloq) lari ham bor. Aholi 50 ming kishidan ortiq bo'lgan 80 ga yaqin aholi yashash joylari Turkiyaning haqiqiy shaharlari sifatida tan olinishi mumkin.

Aholisi 100 ming kishidan ortiq bo'lgan shaharlar Turkiyada 30 atrofida: Anqara, Istanbul, Izmir, Bursa, Adapazari, Denizli, Balikesir, Izmit, Bayrampasha, Adana, Gaziantep, Diyarbakir, Antaliya, Mersin, Urfa, Eskishehir, Konya, Kayseri, Elazig, Samsun, Trabzon, Zonguldak va boshqalar.

Statistik manbalardagi shaharlar aholisi to'g'risidagi ma'lumotlar sezilarli darajada farq qilishi mumkin. Chunki, ko'pincha shahar atrofi va, hatto, butun shahar boshqaradigan aholi hisobga olinadi.

Barcha rivojlangan mamlakatlarda bo'lgani kabi, soxta urbanizatsiya Turkiyada ham mavjud. Yirik shaharlarda hatto, o'ta xarob kvartallarni uchratish mumkin (gejekondu – “tunda qurilgan”).

Agar aholi yashash joyida 2 mingdan kam odam istiqomat qilsa, u qishloq “muxtorlik” deb tasniflanadi. Turkiyadagi qishloq aholi yashash joylari soni taxminan 75 ming bo'lib, ular 36 ming muxtorlik tomonidan ma'muriy boshqariladi. O'rta kattalikdagi aholi yashash joylari (500-1000 kishi) eng keng tarqalgan bo'lib, ularda barcha qishloq aholisining 1/3 qismi istiqomat qiladi. 1983-yilgi nashrga ko'ra, qishloq uylarining atigi 15 foizi elektr energiyasi bilan ta'minlangan bo'lgan.




Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling