Davlat tili
Turklar - turk tilida gaplashadigan aholi bo'lib, Oltoy tillari oilasining turkiy qismiga mansub xalqdir. Turli manbalarga ko'ra ularning umumiy soni 80 mln atrofida. Turk tili 1924-yil 20-aprelda qabul qilingan Konstitutsiyaga ko'ra davlat tili maqomiga ega. Unga qadar turklar – “usmonlilar”, turk tili – “usmon tili” sifatida mavjud bo'lgan.
Hokimiyat tepasiga kelgan Mustafo Kamol Ota turk (1923-yil) turk tilini arab va fors tillari ta'siridan tozalash uchun kurash olib bordi. Alifboni isloh qilish masalasini o'rganish uchun Turkiya Vazirlar Kengashi 1928-yil 15-yanvarda Ta'lim vazirligi qoshida “Til Kengashi”ni tuzgan, ammo tez orada tarqatib yuborilgan. Buning o'rniga oradan bir yil o'tib, 28-iyunda yangi tashkilot - “Alifbo bo'yicha komissiya” tashkil etilgan. U 1929-yil 8- va 12-iyulь kunlari bo'lib o'tgan yig'ilishlarda Lotin grafikasi asosidagi alifbo loyihasini qabul qilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |