Murodulla mirzaev


Download 1.97 Mb.
bet13/95
Sana05.01.2022
Hajmi1.97 Mb.
#220417
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   95
Bog'liq
O'quv qo'llanma-3

Gruziya turklari (1,3 %) dastlab Sharqiy Yevropaga Gruziyadan kelgan. Gruzin turklarini odatda Qora dengiz sohilida yoki Turkiyaning shimoli-g'arbiy qismida topish mumkin. Ularning tili – gruzin tili bo'lib, Turkiyada yo'qolish xavf ostida. Turkiyadagi gruzin madaniyati etnik gruzinlar uchun maxsus nashr qilingan “Cveneburi ” jurnali orqali saqlanmoqda (aslida jurnal turk tilida bosiladi). Turkiyada 1 mln. ga yaqin gruzinlar yashaydi.

Turkiyadagi albanlar (1,2 %) asosan Kosovo va Makedoniyadan kelgan. Turkiyada alban tili maktablari ochilgan va alban musulmonlari keng islom jamiyatida muhim o'rinlarni egallab kelmoqda. Bu odamlar alban va turk tillarida gaplashadi. Alban tili ham Turkiyada yo'q bo'lish xavfi ostiga tushgan til hisoblanadi. Ko'plab albanlar 1950-1970 - yillarda islom dini va musulmonlar Yugoslaviyada qatag'onga uchragach, Turkiyaga ko'chib kelgan.

Arablar (1,1 %) mintaqada uzoq tarixiy ildizga ega bo'lib, XI asr boshlarida turk qabilalari bilan bir vaqtda kelgan. Turk arablari asosan sunniylik mazhabidagi musulmonlar. Ular Turkiyaning janubi-sharqida, Suriya va Iroq chegaralariga yaqin joylashgan. Istanbulda arab davlatlaridan kelgan zamonaviy arab muhojirlarining katta guruhi yashaydi. Turkiya arablari Saudiya Arabistoni, Iroq va Suriya davlatlaridan madaniy yoki ijtimoiy yordam olmaydi. Shuning uchun bu holat ularning o'ziga xosligini yo'qotish muammosiga olib kelishi mumkin.


Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling