Murodulla mirzaev


Turkiya xalqi etnogenezi, mayda etnik guruhlar


Download 1.97 Mb.
bet10/95
Sana05.01.2022
Hajmi1.97 Mb.
#220417
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   95
Bog'liq
O'quv qo'llanma-3

Turkiya xalqi etnogenezi, mayda etnik guruhlar

Etnogenez – grekchadan olingan bo'lib, “qabila, xalq” ma'nosidagi tushuncha. Etnogenez nazariyalari etnik tarixning dastlabki bosqichi sifatida turli etnik tarkibiy qismlar asosida etnik birlashma yoki etnosning shakllanish jarayonini tavsiflaydi. Ushbu kontseptsiyaga ko'ra, etnosning shakllanish jarayoni tugaganidan so'ng, boshqa etnik guruhlar shu shakllangan etnoslarga qo'shilishi yoki bu etnos o'z navbatida yangi etnik guruhlarga bo'linishi mumkin.

Oltoy tog'lari turklarning tarixiy vatani hisoblanadi. Mo'g'ullar turkiy aholi istiqomat qilgan joyning sharqida yashagan. G'arb tomondagi qo'shnilar ugro-finlar, ya'ni, hozirgi finlar, vengerlar, estonlarning o'tmishdoshlari bo'lgan. Vaqt o'tishi bilan turklar O'rta Osiyoga joylashgan. Pirovardda, IX asrda ular yaratgan imperiya qit'aning ulkan hududlarini o'z ichiga oldi. Markaziy Osiyoning g'arbiy mintaqalarida yashagan o'g'uz turklari islomni qabul qilgan. Keyinchalik ularni turkmanlar va saljuqiylar deb atagan. Mesopotamiyaga ko'chib o'tganidan keyin turklar Yaqin Sharq va butun musulmon dunyosida asosiy kuchga aylangan.

Miloddan avvalgi I ming yillikda G'arbiy Anatoliya aholisi ushbu mintaqani IX asrda mustamlaka qilgan aborigen va yunonlardan iborat bo'lgan. Miloddan avvalgi ellin davri, ya'ni O'rta yer dengizi mintaqasi tarixidagi Aleksandr Makedonskiy vafotidan keyin Rim hukmronligining o'rnatilishini o'z ichiga olgan davrga kelib, Anadolining deyarli barcha aholisi (sharqiy va ba'zi markaziy mintaqalar bundan mustasno) tili va madaniyatiga ko'ra grek va armanlarning qarindoshlari bo'lmish assimilyatsiyalashgan ko'chmanchi-yunonlar va ellinlashgan-armanlardan tashkil topgan aborigenlardan iborat bo'lgan. Rim imperiyasi davrida ham shunday bo'lgan.

X asrga kelib, etnik yunonlar hozirgi Turkiya hududining yarmini egallagan edi. Bu joylar - Egey dengizi sohillari (Smirna - hozirgi Izmir), Bosfor bo'g'ozi (Konstantinopolь - hozirgi Istanbul), Qora dengiz va O'rta yer dengizi sohillaridan Arman Kilikiyasi (XI-XIY asrlardagi arman feodal knyazligi)ga qadar bo'lgan yerlar edi. Yunonlar Kichik Osiyoning markaziy viloyatlari bo'lgan Ikoniya (Konya) va Angorada (Anqara) ham ustunlik qilgan.

Hozirgi Turkiyaning sharqi va janubi - aholisi asosan etnik armanlardan tashkil topgan G'arbiy Armaniston, Kichik Armaniston va Arman Kilikiyasi yerlari bo'lgan. X asrga kelib, armanlar hozirgi Turkiyaning deyarli yarmida istiqomat qilgan. Etnik armanlar chegarasi O'rta yer dengizi (Mersin) qirg'oqlaridan janubi-g'arbiy Kavkazgacha, Kappadokiyadan Eron chegaralariga va Qora dengizdan Tigr va Yevfrat daryolari vodiysi bo'ylab joylashgan Mesopotamiya atalmish qadimiy yerlarga qadar bo'lgan hududda joylashgan edi.

Saljuqiylar istilosi bilan bir vaqtda turklar shimoli-g'arbdan Kichik Osiyoga kirib kelgan.

Turkiy qabilalarning Kichik Osiyoga ommaviy kirib borishi o'g'iz va turkmanlarning Saljuqiylar nomi bilan bostirib kirgan XI asrdan boshlangan. 1071-yilda Saljuqiylar sultoni Alp-Arslan Vizantiya imperatori Rim IY Diogenni qattiq mag'lubiyatga uchratadi. Bu g'alaba bilan bog'liq turkiy qabilalarning buyuk ko'chishlari sodir bo'lgan (XI asr oxiri). Shunday qilib, XII asr oxirida Eronda saljuqiylar sultonligining Xorazmshoh Tekesh tomonidan tor-mor qilinganidan so'ng, saljuqiy qabilalarning bir qismi Kichik Osiyoga ko'chib o'tgan. XIII asrda Movoraunnahrda ro'y bergan mo'g'ul istilosi natijasida bu yerga turklar qochib kelib o'rnashgan. Bu jarayon Jaloliddin Manguberdi davrida ham sodir bo'lgan.

Jaloliddinning vafotidan keyin (1231 y) u bilan Xorazmdan kelgan lashkarlar qo'shni mamlakatlarga tarqalib ketgan. Taniqli amirlaridan biri bo'lgan Sarixon Ko'nya sultoni Alouddin Kayqubod xizmatiga kirgan. Unga Manisa viloyatini boshqarish topshirilgan. Sarixon avlodlari 1412-yilgacha bu viloyatni boshqarib kelgan.

Xorazmliklar Anatoliyaning janubi-g'arbida muqim o'rnashadi. Hozirgi paytda Turkiyaning Manisa viloyatida Xurzum deb nomlangan 8 ta qishloq bor. Kyutahya, Alashehir va Urfa atroflarida ham Horzum nomli qishloqlar mavjud.

Zamonaviy turklar ikki asosiy tarkibiy qismdan tashkil topgan: XI-XIII asrlarda O'rta Osiyo va Erondan ko'chib kelgan turkiy ko'chmanchi chorvador qabilalar va mahalliy Kichik Osiyo aholisi. Aslida Usmonlilar Ural-Oltoy qabilasiga oid xalq bo'lgan. Biroq boshqa qabilalar bilan uzluksiz qo'shilish tufayli ularning etnik xususiyatlari o'zgargan.

1964-yilda Moskvada bo'lib o'tgan YII Xalqaro antropologik va etnografik fanlar kongressida prof. L.N.Gumilyov turklar etnogenezini “dunyo tarixining fenomeni, frantsuz va italiyaliklar bosqiniga qarshi aks sado, yunonlar mustamlaka qulligidan qutulish uchun yo'l”, deb ta'rif bergan.

Turkiya Respublikasining paydo bo'lishi bilan “turklar” etnonimi qonun darajasida aks ettirilgan. 1924-yil aprelda qabul qilingan Turkiya Konstitutsiyasining 88-moddasiga ko'ra “Turkiyaning barcha fuqarolari, diniy va milliy mansubligidan qat'i nazar, turklar deb ataladi”, deyilgan.

Turkiya asrlar davomida bir-birini yetaklab kelayotgan savdo, tijorat va geologik tadqiqotlar chorrahasidagi Islom, arab dunyosi va Yevropa, G'arb dunyosi o'rtasida joylashgan madaniyatlar va xalqlarning o'ziga yarasha “qaynagan qozonidir”. Asrlar davomida turli xalqlar va insonlar Turkiyaga ko'chib kelgan bo'lsa-da, bugun demografik jihatdan etnik turklar hukmronlik mavqeiga ega. Turkiya aholisining 99,8 % musulmon bo'lib, bu uni dunyodagi eng musulmonlashgan davlatlardan biriga aylantirgan.

Usmonli imperiyasi olti yuz yildan ortiq davr davomida hukm surgan va davlat asosan Turkiyada shakllangan edi. Turli sabablar tufayli imperiya parchalanib ketganidan so'ng, turk xalqining asl qiyofasi yo'qolish xavfi ostida qolgan. Mustafo Kamol Otaturk Turkiya turkiylarni birlashtirdi va Birinchi Jahon urushidan keyin Turkiyani zaiflashtirgan holatlarga barham berdi. Bu birlashish va uning asosida shakllangan yangi turk millatchiligi - hozirgi Turkiyaning paydo bo'lishiga olib keldi. Otaturk etnik ozchilik uchun teng siyosiy huquqlar bergan zamonaviy dunyoviy davlat qurdi.


Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling