Murodulla mirzaev
Download 1.97 Mb.
|
O'quv qo'llanma-3
Iqtisodiyoti
O'tgan asrning 80-yillarida amalga oshirilgan erkinlashtirishdan so'ng jadal iqtisodiy o'sish kuzatilgan. Qishloq xo'jaligi mamlakatni oziq-ovqat bilan deyarli ta'minlamoqda. Raqobatbardosh to'qimachilik, qayta ishlash va qurilish sohalari rivojlangan. Turizm yuksalgan. Shiddat bilan rivojlanayotgan iqtisodiyotning xususiy sektori yuqori ko'rsatkichlarga ega. Ijtimoiy-iqtisodiy hayotning barcha sohalari malakali mutaxassislar bilan ta'minlangan. Doimiy yuqori inflyatsiya (2004 yilda 54,4%); davlatning ishonchsiz moliya sektori; davlat byurokratiyasi; noto'g'ri xususiylashtirish; bank sektorining sustligi; ta'sirli uyushgan jinoyatchilik; kurd ayirmachilariga qarshi olib borilayotgan harbiy amaliyotlarning ulkan sarflari va boshqalar Turkiyaning zaif tomonlaridir. XX asrning 80-yillarida Turkiya iqtisodiyoti xususiy sektor salmog'i va bozor munosabatlarining ustunligi bilan ajralib turadi. Rejep Tayyib Erdog'an hukumati iqtisodiyotni liberallashtirish siyosatini davom ettirmoqda, davlat tasarrufidagi kontsernlarni xususiylashtirish va ichki bozorga xorijiy sarmoyadorlarning kirish imkoniyatini yaratmoqda. Mamlakat iqtisodiyotida sanoatning ulushi qariyb 28 %, qishloq xo'jaligida – 15 %, qurilishda – 6 %, xizmatlarda – 51 % ni tashkil etadi. To'qimachilik, charm, oziq-ovqat, kimyo, farmatsevtika, energetika, metallurgiya, kemasozlik, avtomobilsozlik va elektr maishiy tovarlar ishlab chiqarish rivojlangan. Turizm ham jadal taraqqiy topayotgan sohadir. Hozirgi vaqtda Sharqiy Osiyo mamlakatlari bilan raqobat tufayli Turkiya to'qimachilik sanoati inqirozga yuz tutmoqda. Avtomobilsozlik va kimyo sanoati eng rivojlanuvchi sohalar hisoblanadi. Turkiyaning XXI asrga kelib rivojlanayotgan mamlakatlar qatoridan joy olishining asosiy sabablari quyidagilardir: - Turkiyaning qulay geografik mintaqada joylashganligi; - sanoat rivojlanishiga qaratilgan katta e'tibor; - qishloq xo'jaligining rivojlanishi; - Turkiyaning G'arbga yo'naltirilgan siyosati, ayniqsa, Germaniya bilan iqtisodiy hamkorlik; - II jahon urushidan keyin AQSh tomonidan berilgan iqtisodiy yordam, 1952-yilda Turkiyaning NATOga a'zo bo'lishi va iqtisodiy hamda harbiy imkoniyatlar; - eksport salohiyatining kuchayishi; - Turgut O'zal Prezidentligi davrida XX asr 80-yillarida Turkiya iqtisodiyotida amalga oshirilgan liberallashtirish siyosati, iqtisodiyotning bozor munosabatlari asosiga qo'yilishi; - turk millatiga xos ishbilarmonlik, mehnatsevarlik kabi xususiyatlarning davlat tomonidan qo'llab-quvvatlanishi; - xorijiy davlatlarda ishlayotgan turk va xorijlik investorlarning mamlakat iqtisodiyotiga katta miqdorda sarmoya kiritishi va buning davlat tomonidan rag'batlantirilishi; - mamlakatning qazilma resurslariga boyligi: dunyo surma zahirasining 25 %, dunyo simob zahirasining 25 %, dunyo xrom zahirasining 8 %, volьfram rudasi bo'yicha dunyo zahirasining 7 %, uran rudasi bo'yicha dunyo zahirasining 5,5 %, mis bo'yicha dunyo zahirasining 4,5 % Turkiyaga to'g'ri kelishi; toshko'mir, temir rudasi, gaz, neftь, oltin, qo'rg'oshin, rangli metallar va boshqa qazilma boyliklar qazib chiqarish bo'yicha dunyo mamlakatlari oldingi qatorlaridan joy olganligi; - mamlakat rahbariyati tomonidan tadbirkorlikning qo'llab-quvvatlanishi; - XX asr 90-yillaridan e'tiboran turizmning jadal rivojlanishi va boshqalar. 1980-yillar oxirlarida amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlar, ya'ni “turkiya modeli”, yoki boshqacha qilib aytganda “turkiya mo'jizasi” kabi iboralar jahon xo'jaligida vujudga keldi. Iqtisodiy islohotlar yaqin yillarda Turkiyaga “yangi industrial mamlakatlar” qatoriga qo'shilish imkonini berdi. Bu modelь jahonning ilg'or mamlakatlari erishgan yutuqlari asosida o'z millatining urf-odatlari, tabiiy, tarixiy va iqtisodiy xususiyatlarini to'liq hisobga olgan holda bozor iqtisodiyoti printsiplarini to'liq qo'llashdir. Turkiyaning rasmiy ma'lumotlariga qaraganda ular to'rtta ustuvor yo'nalishlar orqali belgilanadi: - moliyaviy resurslarni jamlash; - tabiiy resurslardan samarali foydalanish; - aholini yalpi ish bilan ta'minlash; - boshqaruv va tadbirkorlik tizimlarini rivojlantirish. Download 1.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling