Murodulla mirzaev
Kurdlar va ular bilan bog'liq muammolar
Download 1.97 Mb.
|
O'quv qo'llanma-3
Kurdlar va ular bilan bog'liq muammolar
Kurdlar Usmonlilar davrida turklashtirishdan saqlanib qolgan ikki millatning hamda hozirgi kunda Turkiyada yashayotgan armanlar bilan birga ikki yirik milliy diasporadan biri sanaladi. Kurdlar til va etnik jihatdan forslarga o'xshash bo'lib, Sharqiy Anatoliyaning tog'li hududlarida yashaydi. Ular o'zlarining urf-odati, tili va milliy o'ziga xosligini saqlab qolgan. Uzoq yillar davomida ular yashaydigan hududda favqulodda holat e'lon qilinganidan so'ng, kurdlarning turklashuvi boshlangan va faqat 1946-yilda kurdlar yashaydigan mintaqa qolgan mintaqalar bilan bir xil maqomga ega bo'lgan. Iroq va Erondagi kuchli kurd ozchiliklari bilan yaqinlik bugungi kunda kurdlarning birlashish muammosini keltirib chiqarmoqda va bu Turkiya uchun o'ta keskin muammolarni yuzaga keltirmoqda. 2019-yil ma'lumotlarga ko'ra Turkiyada 11 mln. atrofida kurdlar yashaydi. Bu ko'rsatkich Turkiya umumiy aholisining 12 % ni tashkil etadi. Turkiyada salkam bir asrdan buyon o'z mustaqilligi uchun kurash olib borayotgan etnik toifa – kurdlar muammosi eng dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Turkiya hukumati va Kurdiston Ishchi partiyasi o'rtasidagi kurash 1984-yildan beri tinmaydi. Kurdlar ko'p sonli xalq bo'lsa-da, o'z davlatiga ega emas. 1920-yil Sevr shartnomasiga ko'ra Turkiya Antanta bilan mustaqil Kurdiston davlatini tuzishi kerak edi. Lekin bu reja 1923-yilda imzolangan Lozanna shartnomasi tufayli bekor bo'lgan. 1920-30 - yillarda kurdlar bir necha bora isyon ko'targan, ammo qo'zg'olon bostirilgan. Kurdlar asosan Turkiyaning janubi-sharqiy hududlarida 230 ming km² maydonni egallagan mintaqada yashaydi. Kurdlar Ag'ri, Bitlis, Van, G'oziantep, Diyorbaqir, Kars, Qahramanmarash, Malatьya, Mardin, Mush, Siirt, Urfa, Xakkari, Elyazik, Erzinjon va Erzurum viloyatlarida, Istambul va Anqara shaharlarida istiqomat qiladi. Kurd millatchiligining kuchayishi 1978-yilda Kurdiston Ishchi partiyasi (PKK) ning paydo bo'lishiga olib kelgan. PKK kurashining birinchi bosqichida (1984-1993 yy) Turkiya hududida mustaqil Kurdistonni barpo etish rejasi bo'lgan. Keyinchalik bu reja Turkiya hududida kurd muxtoriyatini tashkil etish bilan o'zgartirilgan. Bu davrda kurdlar millat sifatida tan olinmagan (turk hukumati kurdlarni “tog'lik turklar” deb atagan) va kurd tilidan foydalanish ta'qiqlangan edi. 1984-yil 15-avgustdan boshlab kurdlar Turkiyaning janubi-sharqiy viloyatlarida partizanlik harakatlarini boshlab yuborgan. 1987-yilda turklarning muntazam armiyasi kurashga kirgan. Kurdlar asosan Shimoliy Iroq hududlaridagi lagerlardan Turkiya hududiga kirib kelgan. Kurd partizanlariga qarshi kurash maqsadida turk armiyasi 1995-1997 - yillarda Iroq hududida yirik harbiy operatsiyalarni uyushtirgan. Kurdlarga qarshi olib borilgan kurashda Turkiyaning erishgan katta yutuqlaridan biri - 1999-yil 15-fevralda PKK yetakchisi Abdullah Ojalanning AQSh va Isroil maxsus xizmati tomonidan Keniyada qo'lga olinishi bo'lgan. Ojalan qo'lga tushishidan oldin PKK ni tinchlik kelishuviga chaqirgan. Qo'lga olingach, kurd qurolli kuchlarini shimoliy Iroq hududiga olib ketishni buyurgan. Shundan boshlab kurdlarning partizanlik harakatlarida susayish yuz bergan. 2000-yilga kelib barcha harbiy harakatlar deyarli to'xtagan. Download 1.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling