Murodulla mirzaev


O'simlik va hayvonot dunyosi


Download 1.97 Mb.
bet7/95
Sana05.01.2022
Hajmi1.97 Mb.
#220417
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   95
Bog'liq
O'quv qo'llanma-3

O'simlik va hayvonot dunyosi

Turkiyaning o'simlik qoplami juda xilma-xil. Turkiya florasi 6 700 ga yaqin o'simlik turlarini o'z ichiga oladi, ularning aksariyati murakkab rangli va krestrangli oilalar vakillaridir. O'simlik turlarining uchdan bir qismidan ko'prog'i Turkiyaga xos.

Turkiya hududi bir vaqtning o'zida bir nechta tabiiy va iqlim zonalarida joylashganligi sabab, turli xil o'simlik va hayvonlar turlari yuzaga kelgan. Mamlakat hududida bargli o'rmonlar, ignabargli daraxtlar, choy plantatsiyalari, mevali daraxtlar, pista, uzum va mevali daraxtlarni topish mumkin.

Ayiq, yovvoyi echki, yovvoyi to'ng'iz, bo'ri, tulki, bo'rsiq va qizil kiyik kabi hayvon turlari ham uchraydi. Uzoq vaqt davomida nazoratsiz qoldirish, ruxsatsiz ov qilish hayvonlar sonini sezilarli darajada kamaytirgan va faunaning ba'zi vakillari to'liq yo'q bo'lib ketish xavfi ostida qolgan. Mamlakat hududida himoya chorasi sifatida milliy bog'lar va yovvoyi tabiat qo'riqxonalarini barpo etish tadbirlari ko'rilgan.

Turkiyada fauna juda boy: tog'larda ayiqlar va yovvoyi hayvonlar, sharqida tuyalar yashaydi, echki va qo'ylar ko'p. Mamlakat janubida dengiz toshbaqalari har yili tuxum qo'yadi, sohil suvlari ham baliqlarga boy.

Hozirgi kunda Turkiya tabiat o'simliklari va hayvonot dunyosining noyob qo'riqxonalariga ega bo'lib, keyingi yillarda 20 ta qo'riqxona va milliy bog'lar ochilgan. Bu kabi davlat miqyosidagi tadbirlardan ko'zlangan maqsad – noyob tabiatni saqlab qolish.




Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling