Murodulla mirzaev


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar


Download 1.97 Mb.
bet9/95
Sana05.01.2022
Hajmi1.97 Mb.
#220417
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   95
Bog'liq
O'quv qo'llanma-3

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar

1. Turkiya geografiyasining qulay tomonlari nimalardan iborat?

2. Turkiya geografiyasining noqulay tomonlari nimalardan iborat?

3. Nima uchun davlatlar Dardanell va Bosfor bo'g'ozlari uchun urushgan?

4. Kichik Osiyoning qaysi jihatlari turklar e'tiborini tortgan va nima sababdan bu mintaqa yirik davlatlar to'qnashuviga sabab bo'lmoqda?

III Mavzu. TURKIYA ETNOGRAFIYASI

Turkiya aholisi va aholishunosligi

Turkiya – yuksak koloritli va ko'p millatli, ayni paytda, aholining 95 foizi Islom diniga e'tiqod qiladigan davlat. Shu tufayli xalqning madaniy an'ana va urf-odatlarini asrash, rivojlantirish imkoniyati saqlangan. Turkiyaning noyob tabiiy resurslari savdo va turizm kabi ulkan daromadli sohalarni rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratadi.

Turkiya statistika instituti ma'lumotlariga ko'ra, 2019-yilda mamlakat aholisi 83,2 mln. kishini tashkil etadi. Ularning aksariyat katta qismini turklar (75-80 %) va kurdlar (11 %) tashkil etadi. Boshqa xalqlar (8 %), jumladan: albanlar (1-1,5 mln.), boshnoqlar (1 mln.), ozarbayjonlar (0,8 mln.), arablar (0,8 mln.) va boshqalar Turkiya aholisining tarkibiy qismidir.

Ta'kidlash joizki, 1923-yilda Turkiyaning jumhuriyat deb e'lon qilinishidan oldin turklar “usmoniylar” deb atalgan. Mustafo Kamol Otaturk xalqqa “usmonlilar” o'rniga “turklar” nomini olishni taklif qilgan. Chunki, Usmonli imperiyasi shakllanishidan oldin millat turklar deb nomlangan. Shunday qilib, usmonlilar - turklar, Usmonli imperiyasi - Turkiya Respublikasi, deb o'zgartirilgan. Shu tariqa turklarni millat sifatida qayta tiklash yo'li olingan. Mamlakatning barcha fuqarolari turklar deb e'lon qilingan va maktablarda faqat turk tilini ona tili sifatida o'qitishga ruxsat berilgan.

1844-yilda o'tkazilgan aholini ro'yxatga olish natijalariga ko'ra mamlakatda 10 mln. aholi yashagan. Ularning 5 mln. - xristian, 5 mln. - musulmon bo'lgan. Jumladan, 2,4 mln. - arman, 2 mln. - yunon, 600 ming suriyalik va boshqa nasroniylar yashagan.

Turkiya Konstitutsiyasining 66-moddasiga ko'ra mamlakatning barcha fuqarolari turklar deb ataladi. Turk tili - yagona rasmiy til.

O'rtacha umrning uzunligi - 71 yosh. Erkaklar o'rtacha umrining uzunligi - 70,6 yosh, ayollarniki - 74,5 yoshni tashkil etadi.

Katta yoshdagi erkaklarning savodxonlik darajasi - 98,4 %, voyaga etgan ayollarning savodxonlik darajasi 91,9 %. Yoshlar savodxonligi darajasi erkaklar va ayollar uchun mos ravishda 99,7 % va 98,8 % ni tashkil qiladi. 15 dan 24 yoshgacha bo'lgan yoshlarning umumiy savodxonlik darajasi 99,3 %.




Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling