Murodulla mirzaev


Fanning maqsad va vazifalari


Download 1.97 Mb.
bet4/95
Sana05.01.2022
Hajmi1.97 Mb.
#220417
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   95
Bog'liq
O'quv qo'llanma-3

Fanning maqsad va vazifalari

“Mamlakatshunoslik” fanini o'rganish quyidagi maqsadlarni ko'zlaydi:

- Turkiyaning geografik joylashuvi, uning qulay va noqulay taraflari, tabiiy va iqtisodiy geografiyasi, relьefi, iqlimi, yer usti va yer osti boyliklari, tabiiy manbalari hamda imkoniyatlarini o'rganish;

- aholi tarkibi, etnik jarayon, milliy va konfessional munosabatlar, migratsiya jarayonining tarixi va buguni, milliy va diniy asosga ega bo'lgan ichki etnik ziddiyatlar, urbanizatsiya jarayonlarini tahlil qilish;

- turklar tarixining boshlang'ich nuqtasini aniqlash va turk etnosining paydo bo'lish bosqichlarini (miloddan avvalgi I ming yillik - milodning X asri) kuzatish;

- mamlakat tarixining Saljuqiylar (XI -XIII asrlar) va Usmoniylar (XIY-XX asrlar) davridagi iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy jarayonlari, turk jamiyatining rivojlanish xususiyatlarini ochib berish;

- Usmoniylar davlatining G'arbiy, Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlari bilan munosabatlarini ko'rib chiqish;

- talabalarning Turkiyaning o'rta asrlar tarixiga yagona jarayon, shaxs, jamiyat, madaniyatning o'zaro ta'sir maydoni sifatidagi qarashlarini shakllantirish va turk davlati rivojlanishidagi umumiy va o'ziga xoslikni aniqlash;

- etno-konfessional institutlar, shuningdek, xorijiy osiyolik, xususan, turk diasporalarining tarixiy rivojlanishi va zamonaviy ta'sirini tahlil qilish ko'nikmalarini rivojlantirish, ularning etno-madaniy xususiyatlarini chuqur bilish asosida rivojlantirish;

- Usmoniylar imperiyasi va Turkiya Respublikasining tarixiy hamda bugungi Yevropa va Osiyodagi o'rni haqida zamonaviy bilimga ega bo'lish.

Ushbu fan doirasida muayyan tarixiy shaxslarga, ularning o'ziga xos tarixiy faoliyatlariga alohida ahamiyat berilgan. Shuningdek, ko'rib chiqilayotgan davrning tarixiy xususiyatlarini ochib berishga doir ma'lum miqdorda atamalar va tushunchalar kiritilgan. “Mamlakatshunoslik” (Turkiya geografiyasi, tarixi, madaniyati va davlat tuzumi) fanini o'zlashtirish uchun talabalar boshqa tarixiy fanlarini o'rganish jarayonida shakllangan bilim, ko'nikma va malakalaridan foydalanadilar. Ushbu fanni o'rganish - keyingi tarixiy fanlarni o'rganish uchun zarur asos bo'lib xizmat qiladi.


Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling