Murodulla mirzaev
Turkiya g'arbidagi Frigiya qirolligi
Download 1.97 Mb.
|
O'quv qo'llanma-3
Turkiya g'arbidagi Frigiya qirolligi
Frigiya hudud nuqtai nazaridan miloddan avvalgi YIII asrda kengaya boshlagan, frig tilida birinchi yozuvlar paydo bo'lgan. Friglarning o'z yurtlaridan chiqib, bosqinchilik yurishlarini boshlaganliklari haqidagi ma'lumotlar Galis daryosi bo'yining janubiy qismida o'zini “Sharq va G'arb shohi” deb atagan Gordia I ning luviya tilida yozilgan iyeroglif yozuvlaridan ma'lum. Frigiya chegaralari janubi-sharqda Ossuriya va shimoli-sharqda Urartu davlatlari bilan tutash bo'lgan. Frigiya poytaxti Gordionning Sangariya daryosi (Sakarya) vodiysida qazib olingan binolari va qabrlar ana shu davrga to'g'ri keladi. Qadimgi afsonalarga ko'ra, qirollik hukmdorsiz qolganida, frigiyaliklar kimni podshoh sifatida tanlash haqidagi maslahat bilan “orakul” (bashoratchilar guruhi) ga murojaat qilgan. “Orakul” ilohiy bashorat bilan Zevs ma'budasi tomon yo'lda kimda-kim arava ustida birinchi bo'lib o'tsa, o'shani podsho sifatida tanlash kerak, degan. Bu odam - Gordiy ismli oddiy dehqon bo'lib chiqqan. U Frigiya qiroliga aylanib, o'zi asos solgan poytaxt qal'asida uni taxtga olib kelgan arava timsolini o'rnatgan. Aravani o'ta murakkab zanjirli tugun bilan bog'lab qo'ygan. Afsonalarga ko'ra, “Gordian tuguni” deb atalgan ushbu jumboqni yechgagan odam butun Osiyo hukmdoriga aylanadi, deb ishongan. Miloddan avvalgi 334-yilda Gordionga tashrif buyurgan Aleksandr Makedonskiy bu tugunni shunchaki parchalab tashlagan. Gordiydan tashqari, Frigiya podshohlarining umumiy nomi yunon manbalarida aytilganidek, Midas edi. Qadimgi mifologik an'anaga ko'ra Midas Gordiusning o'g'li va Kibel ma'budasi hisoblangan. U har qanday narsaga tegishi bilan oltinga aylantira olgan. Miloddan avvalgi 718-717 yillarda Midas Frigiya qo'shinlarini O'rta yer dengiziga yuboradi, biroq ular ossuriyaliklardan mag'lubiyatga uchraydi. Bundan tashqari, Frigiyaning yangi dushman - Yevroosiyo cho'llaridan kelgan kimmeriyaliklar paydo bo'ldi.
Download 1.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling