Murodulla mirzaev
Kichik Osiyo Vizantiya imperiyasi davrida
Download 1.97 Mb.
|
O'quv qo'llanma-3
Kichik Osiyo Vizantiya imperiyasi davrida
Vizantiya yoki Sharqiy Rim imperiyasi - Romalar hokimiyati, ba'zan Roma imperiyasi ham deb ataladi. Imperator Feodosiy I vafotidan so'ng, milodiy 395-yilda Rim imperiyasi G'arbiy va Sharqiy Rim sifatida ikkiga bo'linib ketgan. Sharqiy Rim – Vizantiya deb ataladi va u 1453-yilgacha hukm surgan. Taxminan sakson yil o'tib G'arbiy Rim imperiyasi davlat sifatida barham topadi va shu davrdan boshlab, Sharqiy Rim – Vizantiya Rim o'rnida yagona davlat sifatida yana ming yil davomida yashaydi. Vizantiya imperiyasining tamaddun markazi va poytaxti Konstantinopolь V-XII asrlarda o'rta asrning yirik shaharlaridan biri sifatida dunyoga tanilgan. Imperiya imperator Yustinian I (527-565 yy) davrida sobiq G'arbiy Rim imperiyasiga tegishli sohil bo'yi yerlarini yanada kengaytirish hisobiga O'rta yer dengizi atrofidagi qudratli davlat darajasiga yetgan. Biroq tashqi dushmanlarning tinimsiz xurujlari natijasida o'z yerlarini yo'qotib borgan. Slavyanlar, bulg'orlar, langobardlar, vestgotlar va arablar bosqini tufayli Vizantiya imperiyasi Gretsiya va Kichik Osiyo hududlariga egalik qilgan, xolos. IX-XI asrlarda biroz kuchaygan bo'lishiga qaramay, XI asr oxiriga kelib saljuqiylarning Mantsikertdagi Vizantiya ustidan qozongan g'alabasi tufayli imperiya ahvoli yanada og'irlashgan. Undan keyin salibchilar1 tomonidan 1204-yilda Konstantinopolning qo'lga kiritilishi ularning parchalanishiga olib kelgan. Ma'lum muddat o'tgach, Nikey2 imperatori Ioann Vatats (1222-1261 yy) davrida davlat yana bir muddat o'ziga kelgan, imperator Mixail VIII Paleolog davrida (1261-1282 yy) imperiya tiklangan, Konstantinopol qaytarib olingan. Biroq XV asr o'rtalariga kelib, Usmoniylar tomonidan berilgan zarba natijasida imperiya batamom yo'q bo'lib ketgan. Vizantiyaliklar o'zlarini rimliklar deb atagan. Bu, grek tilida “romeyaliklar”, davlatini esa “Romaniya” deyiladi. Vizantiya imperiyasining rasmiy nomi “Rim imperiyasi” yoki “Rimliklar imperiyasi” bo'lgan. G'arb manbalarida mazkur mamlakat uzoq tarixiy muddat “greklar imperiyasi” nomi bilan tilga olingan. Chunki, Vizantiyada avval faqat pravoslav, ellinlashgan aholi1 va madaniyat tili bo'lgan grek tili VII asr oxirlaridan boshlab rasmiy til hisoblangan. Ana shu xulosalardan kelib chiqib, Vizantiyani rimliklar yoki greklar vatani sifatida azaliy bahs bo'lgan deyish mumkin va hamon shundayligicha qolmoqda. Qadimgi Rusda Vizantiyani odatda “Gretsiya podsholigi”, poytaxtini - Sarьgrad deb ham atalgan. Vizantiya - Konstantinopolning eski nomi. 330-yilda Rim imperatori Konstantin I tomonidan Rim imperiyasining poytaxti deb Konstantinopol belgilangan. Biroq u ham rasman “Yangi Rim” deyilgan. Rim tarixchilari manbalarida Sharqiy Rim imperiyasi “Vizantiya” sifatida imperiya ikkiga bo'lingandan keyinoq atala boshlagan. Ayni paytda, uni Sharqiy Rimga qarshi ishlata boshlagan. 476-yilda G'arbiy Rim Sharqiy Rim bilan qo'shilib ketishi oqibatida Rim imperiyasi qulagan, o'rnida ulkan Vizantiya imperiyasi qaror topgan. 1557-yilda nemis tarixchisi Ieronim Volьf bu masalaga oid o'z tadqiqotini «Corpus Historiæ Byzantinæ» deb atagan. Bu kitob shu paytga qadar Vizantiyaning Rim imperiyasi ekanligiga doir amal qilgan qarashlarga qarshi o'laroq, Rim imperiyasi hech qanday Vizantiya emas. Rim imperiyasi– german millatining Sezar va Avgust davrlaridagi Muqaddas Rimning yagona vorisi, degan yolg'on qarashni ataylab rasmiy muomalaga kiritgan. 1648- va 1711-yillar oralig'ida Parijda nashr etilgan Vizantiya tarixiga oid 24 jildlik tarixiy asarlarda ham bu masala atrofida tortishuvli qarashlar taqdim etilgan. Sharl Dyukanjning 1680-yilda chop etilgan “Vizantiya tarixi” kitobida ham bu masala ko'tarilgan. Nima bo'lishidan qat'i nazar, XIX asr o'rtalariga qadar G'arb jamiyatida mazkur masala keng tarqamagan. Inglizzabon tarixnavisligida ilk bor 1857-yilda Jordj Finley tomonidan “Vizantiya imperiyasi” atamasi tilga olinganini kuzatish mumkin. Demak, Vizantiya imperiyasiga doir qarashlar ikki xil bo'lib, birinchisi – Rim imperiyasi, ikkinchisi – greklar imperiyasi shaklida ekan. Download 1.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling