Murodulla mirzaev
Download 1.97 Mb.
|
O'quv qo'llanma-3
Turk hoqonligi
VI-VII asrlarda Osiyoda turklarning qudratli davlati - Turk hoqonligi tashkil topgan. Bu davlat Xaunxedan Kaspiygacha, Tibetdan Ural atrofigacha bo'lgan makonda shimoli-sharqiy Xitoy (Manchjuriya), Mo'g'uliston, Oltoy, Sharqiy Turkiston, G'arbiy Turkiston (O'rta Osiyo), Qozog'iston, Qrim va Shimoliy Kavkaz hududlarini nazorat qilgan. Turk xoqonligi 568-569 - yillarda o'sha davrning qudratli davlati - Vizantiya bilan iqtisodiy va savdo-sotiq aloqalarini o'rnatishga intilib, so'g'd savdogari Maniax boshchiligidagi elchilarni u yerga yuborgan. Elchilar imperator Yustinian II qabulida bo'lgan. Keyin Vizantiyannig Zemarx boshliq elchilari xoqonlik davlatiga kelgan. Bu esa ikki davlat o'rtasida o'zaro ishonch va savdo-tijorat munosabatlarini o'rnatishda muhim ahamiyat kasb etgan. Turk hoqonligida oliy hukmdor hoqon yoki xon deb atalgan. Turklar otda yurishning mukammal texnikasini yaratgan. Egar-jabduq va uzangi turklar tomonidan kashf etilgan. Bu o'sha davr nuqtai nazaridan transport va harbiy ishning yangi bosqichi bo'lgan. Shu bilan birga, qurol-yarog' ham takomillashtirilgan. Turklar xunnlar davrida yaratilgan kamonning bir necha yuz metrga ota oladigan mukammal turini qo'llagan, egri oddiy qilich og'ir qilich bilan almashtirilgan va hokazo. Qadimgi turklarning yana bir yutug'ini qayd etib o'tish o'rinli. I ming yillik o'rtalarida ular tomonidan yig'iladigan yurtalarning yaratilishi nomadlarning tezkor harakat qilishlari uchun qulay imkoniyat yaratgan. Turk qabilalarining Xitoy bilan keng miqyosli savdo ayirboshlash aloqalarini olib borganligi Xitoy yilnomalarida qayd etilgan. Qadimgi turklarda mavjud kuchli mulkiy va ijtimoiy farqliliklariga qaramay, jamiyat nomadlarga xos bo'lgan urug'chilik tuzilmalaridan xalos bo'lmagan edi. Oilalar – urug' va qabilaga, ular o'z navbatida - ittifoqqa (el) birlashgan. El boshida xon (hoqon) turgan. Turk hoqonligi taqdiri xunnlar taqdiriga o'xshash. VII asr boshida, aniqrog'i 603-yilda ichki ixtiloflar natijasida mazkur davlat G'arbiy (O'rta Osiyo) va Sharqiy (Markaziy Osiyo) qismlarga bo'linib ketgan. Birinchisi – 740, ikkinchisi – 745 yil hukm surgan. 744-yilga kelib Sharqiy turk hoqonligi uyg'urlar zarbasi ta'sirida barham topgan, uning o'rnida Uyg'ur hoqonligi tashkil topgan. Umuman, ilk o'rta asrlarda xalqlarning Buyuk ko'chishi ro'y bergach, avvalgi etnik birliklar parchalanib, ularning o'rnida yangidan shakllanadigan elatlarning kurtaklari hosil bo'lgan. Bu davrda nafaqat, yirik etnik o'zgarishlar sodir bo'lgan, balki inqilobiy ahamiyatga ega ijtimoiy siljishlar ham ro'y bergan. Feodalizm yangi ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya sifatida avvalgi urug'chilik munosabatlarini siqib chiqargan, qadimgi tamaddun davlatlarida hukm surgan quldorlik jamiyatiga qaqshatqich zarba bergan. VII asrda Osiyo turklarining asosiy makoni O'rta Osiyoning Turkiston deb atalgan viloyati bo'lgan. Biroq VIII asrda Turkistonning katta qismini o'rta asrlarda ulkan Arab xalifaligini barpo etgan arablar bosib oladi. O'rta Osiyo turklari Arab xalifaligini e'tirof etib, arablar bilan ittifoqqa kirgan va Islom dinini qabul qilgan. Download 1.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling