Murodulla mirzaev
Vizantiya imperiyasining Kichik Osiyo uchun kurashi
Download 1.97 Mb.
|
O'quv qo'llanma-3
Vizantiya imperiyasining Kichik Osiyo uchun kurashi
330-518 - yillarda Dunay va Reyn daryolari chegaralari orqali G'arbiy Rim imperiyasiga aksariyatini german qabilalari tashkil etgan ko'p sonli varvarlar1 bostirib kirgan. Sharqda ham bundan kam bo'lmagan tashqi tajovuzlar bo'lib turgan. 378-yildagi Adrianopolь jangida vestgotlar2 g'alabaga erishgan, Rim imperatori Valent II o'ldirilgan, qirol Alarix I3 butun Gretsiyani talon-taroj qilgan. Keyinchalik Alarix I Italiya, Ispaniya va Galliyaga qarab yurib, o'zining qirolligini tashkil etgan. Shu tariqa Vizantiya ularning xavfidan xalos bo'lgan. 441-yilda ularning o'rniga xunnlar keladi. Ularning dohiysi Attila4 bir necha bor urush qilgan. Biroq bosib olingan xalqlar o'lpon to'lash hisobiga qutulib ketgan. Vizantiyaga qarshi bosqinchilik urushlari davom etgan. Langobardlar5 Alboin rahbarligida 568-yilda Italiyaga bostirib kirib, Vizantiya tasarrufidagi mamlakatning shimoliy qismini bosib olgan va poytaxti Paviya bo'lgan Langobard davlatiga asos solgan. 591-yilda forslar bilan bo'lgan jangda Armaniston qo'lga kiritilgan. VII asr boshlariga kelib Vizantiya ichki hayotidagi tartibsizliklar oqibatida forslar aralashuvi bu yerlarda yana kuchaygan. Vizantiya tarixida og'ir davr boshlangan. Forslar Misr, Suriya va Kichik Osiyo hamda Konstantinopolga xavf sola boshlagan. 626-yilda Konstantinopol avarlar1, slavyanlar2 va ularning ittifoqchisi bo'lgan forslar tomonidan qamal qilingan. Manbalardan ma'lum bo'lishicha, avarlar va slavyanlar orasida chiqqan kelishmovchilik natijasida bosqinchilar shaharni ololmagan. Imperator Irakliy I3 forslar ustidan g'alaba qozongan va urush harakatlarini forslar hududiga ko'chirishga muvaffaq bo'lgan. Eron shohi Xusrav II ning o'limi va ro'y bergan bir qator g'alayonlar forslarni egallagan hududlaridan voz kechishga, bitim imzolashga, o'zlarini Vizantiyaning vassali deb tan olishga majbur qilgan. Biroq har ikki tomon bergan katta talofot arablarning bosqini uchun qulay sharoit yaratgan. 634-yilda xalifa Umar Suriyaga bostirib kiradi. 635-yilda arablar Damashqni qo'lga kiritgan. Vizantiya va Arab xalifaligi o'rtasida Suriyani o'z nazoratiga olish maqsadida boshlangan hal qiluvchi jang 636-yil 20-avgustda bo'lib o'tgan. Ko'p ming sonli qo'shinga ega bo'lishiga qaramasdan, Vizantiya qo'shini ichidagi sarosimalik va qum jangiga moslashmaganlik Yarmuk daryosi bo'yidagi jangda g'alabani boy berish bilan yakunlangan, arablar g'alaba qozongan. Irakliy Konstantinopolga chekingan. Keyingi 40 yil davomida urushlar natijasida toliqqan Misr, Shimoliy Afrika, Suriya, Falastin, Yuqori Mesopotamiya aholisi avvall arablarni qo'llab-quvvatlagan. Chunki, dastlab soliqlar kamaytirilganligi, diniy bag'rikengilk siyosati olib borilganligi tufayli arablarni o'z xaloskorlari sifatida qabul qilgan. Arablar flot tuzgan va Konstantinopolni qamal qilgan. Biroq yangi imperator Konstantin IV Pogonat (668-685 yy) ularning hujumlarini qaytargan. Qamal ham quruqlik, ham dengiz tomondan besh yil (673-678 yy) davom etganiga qaramay, arablar Konstantinopolni bosib ololmagan. Shu tariqa arab qo'shinlari tor-mor keltirilgan. Vizantiya arablar bilan bo'lgan urushlar natijasida ko'p hududini boy bergan bo'lishiga qaramay, inqirozdan jipslashgan holatda chiqqan. Imperiya milliy tarkibi bir millatli edi, diniy farqlilik unutilgan. VII asr oxiriga kelib, Vizantiya aholisini greklar yoki grek tilida gaplashuvchi ellinlashgan xalq tashkil etgan edi. Rasmiy til bu yerda har doim grek tili bo'lgan. Kichik Osiyoning etnik tarkibi shu tariqa o'zgarib borgan. Armanlardan tashqari, forslar, suriyaliklar va arablar yashaydigan aholi punktlari paydo bo'lgan. VIII asr boshiga kelib imperiyadagi mavjud barqarorlik yana inqirozlar bilan almashgan. Bolgarlar, arablar bilan tinimsiz urushlar boshlangan. Lev Isavr – Lev III nomi bilan Vizantiya taxtiga o'tirib, 717-802 yillar davomida hukm surgan Isavriylar sulolasiga asos solgan. U imperiya yemirilishining oldini olgan va arablarni hal qiluvchi mag'lubiyatga uchratgan. Isavriylarning yarim asr hukmronlik qilgan ikki vakili 747 yilda ro'y bergan va mamlakatni ostin-ustin qilib yuborgan o'latni hisobga olmaganda, imperiyani qudratli va gullab-yashnagan holatga keltirgan. Download 1.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling