Murodulla mirzaev


Yer-mulk egaligining yangi shakliga o'tish


Download 1.97 Mb.
bet40/95
Sana05.01.2022
Hajmi1.97 Mb.
#220417
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   95
Bog'liq
O'quv qo'llanma-3

Yer-mulk egaligining yangi shakliga o'tish.

Vizantiyaning zaiflashuvi

Vizantiyaning Bolqon yarim orolidagi qismiga VI asr o'rtalaridan slavyan qabilalarining hujumlari boshlangan. Imperiyaning janubiga VII asrda Arab xalifaligi yurish qilib, Suriya va Misrni bosib oladi. Vizantiya Kichik Osiyo bilan Bolqon yarim orolining janubiy qismigina o'z qo'lida saqlab qolgan. Mamlakatda VII-X asrlar davomida erkin dehqonlar xonavayron bola boshlagan. Qishloqda mulkiy tabaqalanish kuchayib, yersiz dehqonlar va tobora yeri ko'payib borayotgan yangi turdagi boylar, feodallar toifasi vujudga keladi.

Vizantiyada feodal yer egaligi ana shu tariqa paydo bo'lgan. Asta-sekin feodallar va qaram dehqonnlar tabaqalari tashkil topgan. Imperiyada yangi feodal yer egaligi VIII-XI asrlar davomida shakllangan. Imperatorning X-XI asrlar davomida ko'plab yer maydonlarini cherkov, monastir va amaldorlarga in'om etishlari bu jarayonni tezlashtirgan. Bu davrda Vizantiyada yirik feodallar o'z yerlarida harbiy bo'linmalar tuzgan. Imperatorning zaifligidan foydalangan feodal zodagonlar ularga qarshi saroy fitnalari, to'ntarishlar uyushtirib turgan. Ular o'z talablariga javob beradigan imperatorlarni taxtga o'tqizgan.

G'arbiy Yevropa mamlakatlaridan farqli ravishda Vizantiya feodal tarqoqlik davrida ham o'z hududiy yaxlitigini saqlab qolgan. Ammo iqtisodiy va siyosiy tushkunlik boshlanishi davlatni ko'p qo'shin saqlash imkoniyatidan mahrum etgan.

O'rta asrlarning asosiy davrida Vizantiya o'ziga xos madaniyati bilan Yevropaning eng ilg'or mamlakati bo'lgan. Qit'ani german qabilalari bosib olgan bir paytda, yunon-rim madaniyati davomchisi bo'lgan Vizantiyada maorif, ilm-fan va san'at yuksak rivojlangan. Vizantiyaliklar ta'limning har qanday turiga, ilm-fanga katta e'tibor bilan qaragan. Mamlakatda grek tili davlat tili bo'lib, qadimgi Rim maorif tartibi to'la saqlanib qolgan. Bolalarni 6-7 yoshdan maktabga berib, ularga 2-3 yil davomida yozish, o'qish va hisob o'rgatilgan. Diniy maktablar bilan birga davlat maktablari va hususiy maktablar ham faoliyat ko'rsatgan. Umuman, boshlang'ich ta'lim olish aholining barcha toifalari uchun imkoniyat darajasida bo'lgan.

Konstantinopolda IX asrda Magnavr oliy maktabi1 ochilgan. Poytaxtda 1045-yili tashkil qilingan universitetda ikkita: huquqshunoslik va falsafa fakulьtetlari bo'lgan. Shaharda oliy meditsina maktabi ham bo'lgan.

Vizantiyada matematika, ayniqsa, uning algebra sohasi muvaffaqiyatli rivojlangan. Matematika va astronomiyaning taraqqiyoti kundalik amaliy hayot: hunarmandchilik, dengizchilik, savdo, harbiy ish, qishloq ho'jaligining rivojlanishiga bo'ysundirilgan. Muvaffaqiyat qozongan muhim sohalardan yana biri tibbiyot edi. Tibbiyot va hunarmandchilikning ehtiyojlari kimyoning rivojlanishini rag'batlantirgan. Vizantiyaliklar shisha, sopol, emal bo'yoq tayyorlashning antik davrdan saqlanib qolgan sirlaridan habardor bo'lgan. Imperiyada VII asrda kashf qilingan “grek olovi” (neftь va smola qorishmasidan tayyorlangan yonuvchi modda) dengiz floti va quruqlikdagi qo'shinlarga janglarda ko'p marta g'alaba keltirgan.

Vizantiyada tarix va geografiya fanlari yaxshi taraqqiy etgan. Geograflar yaratgan xaritalar, shahar chizma rejalari o'z davrida ushbu sohaning yuksak muvaffaqiyatlari bo'lgan. Tarixchilar yaratgan asarlar haqqoniyligi, aniq va xolisligi bilan ajralib turgan.




Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling