Murodulla mirzaev
Vizantiyada davlat hokimiyati
Download 1.97 Mb.
|
O'quv qo'llanma-3
Vizantiyada davlat hokimiyati
Vizantiya tarixi mustaqil davlat sifatida Rim imperiyasining G'arbiy va Sharqiy qismlarga bo'linishidan (395-yil) boshlangan. Sharqiy Rim imperiyasiga hunarmandchilik va savdosi yaxshi rivojlangan boy shaharlar, viloyat va o'lkalar: Bolqon yarim oroli, Kichik Osiyo, Suriya, Misr, Mesopotamiyaning bir qismi, Kipr va Krit orollari kirgan. Rim imperatori Buyuk Konstantin davridayoq (306-337 yy) ilgari Megar koloniyasi bo'lgan Vizantiy o'rnida yangi davlatning bo'lajak poytaxti Konstantinopolь shahriga asos solingan. Erkin dehqonlar toifasi nisbatan ko'p bo'lgan Vizantiyada ekin yerlarining qadimdan sun'iy sug'orishga asoslangan bo'lishi unda qulchilikning inqirozini birmuncha sekinlashtirgan. G'arbiy Rim imperiyasida shaharlar inqirozi kuchaygan bir paytda Vizantiyada VI asrda ham aholisi gavjum, savdo-sotiq rivojlangan Konstantinopolь, Aleksandriya, Antioxiya, Edessa, Bayrut kabi yirik shaharlar mavjud bo'lgan. Ularda oynasozlik, yung va ipak gazlamalar to'qish, zargarlik buyumlari ishlab chiqarish kabi hunarmandchilik sohalari yuksak darajada rivojlangan edi. Vizantiyaning qulay quruqlik va dengiz savdo yo'llari ustida joylashgani, Konstantinopolning Osiyo va Yevropani bog'lab turuvchi ko'prik vazifasini o'tashi ham mamlakatning iqtisodiy taraqqiyotiga katta hissa qo'shgan. Vizantiyaning milodiy 309-yilda Rim davrida imperator Kosntantin tomonidan zabt etilgan, 324-yilda butun mamlakatda joriy etilgan oltin tangasi - solid xalqaro valyuta vazifasini o'tagan. Vizantiyalik savdogarlar sharqda - Hindiston va Xitoy, janubda - Aksum (Habashiston) va Arabiston yarim oroliga kirib borgan, Eron va So'g'diyona bilan qizg'in savdo munosabatlari o'rnatgan. Vizantiyada kuchli imperator hokimiyati saqlanib qolgan edi. Imperator - yunoncha “Basilevs”1 o'z qo'lida butun qonunchilik va boshqaruv hokimiyatini birlashtirgan edi. Uning hokimiyati faqat nazariy jihatdangina senat, davlat kengashi va dimlar2 tomonidan birmuncha chegeralangan. U mamlakatni ko'p sonli amaldorlar yordamida idora qilgan. Imperatorning boy xazinasi dehqon va hunarmandlardan olinadigan soliqlar, savdodan tushadigan boj hisobiga to'lib borgan. Natijada, davlat kuchli qo'shin va dengiz flotini saqlash imkoniyatiga ega bo'lgan. Kuchli qo'shinning mavjudligi esa faqat ko'chmanchi qabilalardan davlat chegaralarini himoya qilmasdan, istilochilik urushlari olib borishga ham imkon bergan. Vizantiya Yustinian imperatorlik qilgan davrida gullab-yashnagan (527-565 yy). Yustinian Rim quldorlik imperiyasining avvalgi chegaralarini tiklashga va mustahkamlashga harakat qilgan. Yustianning o'limidan ko'p o'tmay, imperiya G'arbda istilo qilgan yerlarining deyarli barchasidan mahrum bo'lgan. Download 1.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling