Murodulla mirzaev
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
Download 1.97 Mb.
|
O'quv qo'llanma-3
- Bu sahifa navigatsiya:
- Y Mavzu. BUYUK KOChIShLAR. QADIMGI TURKLARNING KIChIK OSIYOGA KELIB ORNAShIShI
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
1. Xett davlati nima sababdan ikkiga bo'linib ketgan? 2. “Bronza davri falokati” nima? 3. “Nima uchun qadimgi tamaddunlar inqirozga yuz tutgan”? 4. “Pankus” bilan “tuliya” vazifalarida qanday farq bor?
Nomadlar va o'troq aholi o'rtasidagi o'zaro munosabatlar har doim ham tinchlik bilan kechavermagan. Ko'chmanchi chorvadorlik sarflangan mehnat birligiga nisbatan o'ta mahsuldor, biroq foydalanayotgan maydonga nisbatan kam hosildor bo'lib, kengaytirilgan ishlab chiqarishni tashkil etishda yangi yerlarni o'zlashtirishni, hududni yanada kengaytirishni talab qilgan. Bepoyon yaylovlar hisobiga bu masalani hal qilish uchun ko'chmanchilar o'troq aholi yerlariga tez-tez tajovuz qilib turgan. Bu esa ular o'rtasidagi kelishmovchiliklarga sabab bo'lgan. Ko'chmanchilar asta-sekin o'troq aholiga nisbatan bosqinchilik, talonchilik urushlarini ham amalga oshirib borgan. Nomad atalmish bu qabilalarda ichki ijtimoiy dinamikasi nuqtai nazaridan o'zining elitasi, boy dohiylari, urug'lar zodagonlari yetishib borgan. Urug'chilikning ana shu yuqori qatlami qabilalarning yirik ittifoqlarini boshqarish barobarida ko'chmanchi a'yonlarga aylangan, yanada boyib, oddiy ko'chmanchilar ustidan o'z mavqelarini mustahkamlab borgan. Tadrijan shakllanib borgan shu hokimiyat oddiy ko'chmanchilarni bosqinchilik va talonchilik urushlariga jalb etgan. Ular o'troq aholi yashaydigan yurtlarga bostirib kirib, o'z hukmron tabaqalari foydasiga o'lpon to'lash tartibini joriy qilgan, shu tariqa butun-butun davlatlarni o'z hukmdorlari ta'siriga bo'ysundirgan. Natijada, ko'chmanchilarning ulkan davlatlari paydo bo'la boshlagan. Biroq bu davlatlar ko'p hollarda uzoq yashamagan. Chingizxonning maslahatchilaridan biri Yelyuy-Chutsay aytganidek: “Otda o'tirib koinotni bosib olish mumkin, ammo o'troq holda uni boshqarib bo'lmaydi”.
Download 1.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling