Murodulla mirzaev


Kichik Osiyodagi mustaqil bekliklar


Download 1.97 Mb.
bet50/95
Sana05.01.2022
Hajmi1.97 Mb.
#220417
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   95
Bog'liq
O'quv qo'llanma-3

Kichik Osiyodagi mustaqil bekliklar

XIII asrning ikkinchi yarmida Kichik Osiyodagi Saljuqiylar davlati yemirilishi va XIII-XIV asrlarda mo'g'ul Xulaguiylar imperiyasidagi vaziyatning o'zgarishi bilan Anado'lu hududida qator mustaqil amirlik-bekliklar tuzish uchun shart-sharoit yuzaga kelgan. Mo'g'ul bosqinchilari va Ko'nya hukmdorlariga har yili to'lab turidagan o'lponlari borligi sabab, bu bekliklar rasman, anig'i, nomiga tobe bo'lgani holda, aslida ular hech qancha o'tmasdan mustaqil davlat tuzilmalariga aylangan. Saljuqiylarning Kichik Osiyo sultonligida mustaqil bekliklari soni 10 ta edi.

Bekliklar turli unvon va arab hamda turk tillaridagi taxalluslar bilan atalgan beklar tomonidan boshqarilgan. Buyuk bek, ulug' bek, bek, malik, amir yoki sulton atamalari ularga nisbatan ishlatilgan.

Bu jarayon avvalo, yaqindagina Kichik Osiyoga ko'chib kelgan ko'plab ko'chmanchi va yarim ko'chmanchi qabilalar to'plangan “uj”larda o'z ifodasini topgan edi. XIII asr oxirlarida ana shu tumanlarda bo'lgan sayyoh Marko Polo ular haqida: “Turkmanlar Muhammadni xotirlaydilar va uning qonuniga amal qiladilar. Bu odamlar oddiy va tillari dag'al. Ular tog'lar va tekisliklarda, chorvachilik bilan shug'ullanganliklari uchun qayerda qulay imkoniyat bo'lsa o'sha yerda yashaydilar”, deb yozgan. Italyan kuzatuvchisining ta'kidlashicha, turkmanlar qishloq aholisining asosiy qismini tashkil etgan. Shaharlarda savdo va hunarmandchilik bilan shug'ullangan armanlar va greklar yashagan.

Ko'nya sultonligi atrofida yashagan qabilalarda o'ziga yarasha harbiy-ko'chmanchilik turmush tarzi shakllangan. Qabiladoshlarning bir qismi harbiy xizmat o'tagan, boshqalari mol boqqan, uy-ro'zg'or ishlari bilan shug'ullangan. Yaylovlar uchun doimiy ravishda yuz beradigan to'qnashuvlar, chorva mollarini olib qochish va yangi yerlarga egalik qilish maqsadida tashqi dushmanlarning talonchilik qilishlari kabi kundalik voqealarga doim tayyor bo'lish maqsadida “uj”lar aholisining deyarli barchasi qurollantirilgan.

“Uj”lar ichki boshqaruvi o'zining patriarxal-demokratik xususiyati bilan ajralib turgan. Qoidaga ko'ra, mahalliy hukmdorlar, ya'ni beklar qabila zodagonlari kengashida saylangan va asosan harbiy yetakchilar vazifasini bajargan. Beklarning eng yaqin insonlari – ularning o'g'illari va aka-ukalari bo'lgan. Bosib olingan shahar va qal'alar odatda ularning boshqaruviga berilgan. Harbiy yurishlardagi doimiy ishtirok “uj”lar aholisini jipslashtirgan, urushlar ularni hukmdorlariga so'zsiz itoat etish quroliga aylantirgan. Ayniqsa, ularning yagona ittifoqqa birlashishlarida mamlakatlar bo'ylab kezib yurib islomni targ'ib qilgan din peshvolarining roli katta bo'lgan. Ular g'ayridinlarga qarshi urush targ'ibotchilari bo'lgan. Hullas, chegara hududlarda joylashgan “uj”lardagi holat Kichik Osiyoga ilk bostirib kirgan turk qabilalari tartiblarini eslatar edi.




Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling