Murodulla mirzaev


Markaziy va mahalliy boshqaruv tizimi


Download 1.97 Mb.
bet46/95
Sana05.01.2022
Hajmi1.97 Mb.
#220417
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   95
Bog'liq
O'quv qo'llanma-3

Markaziy va mahalliy boshqaruv tizimi

Saljuqiylar davlati tepasida oliy hukmdor - sulton (sulton ul-a'zam) turgan. Taxt otadan bolaga meros sifatida o'tgan. Davlatda mutlaq hokimiyat sultonning ixtiyorida edi. Mamlakatning ichki va tashqi hayotiga oid eng muhim qarorlarni uning o'zi qabul qilgan. Sulton oldida maslahat hamda ijroiya organi sifatida Devon yoki Ulug' Devon bo'lgan.

Ulug' Devon tarkibiga yuqori martabali amaldorlar, eng avvalo sulton yo'qligida devon ishlarini boshqaradigan Vazir kirgan. Vazir davlatda ikkinchi shaxs sanalib, sulton amri va farmonlari ijrosi hamda mamlakatdagi vaziyat uchun javobgar bo'lgan. Vazir sultonning maxsus farmoni bilan tayinlangan. Rasmiy qabul vaqtida Vazir boshiga maxsus toj yoki kuloh kiygan. Vazir hokimiyatining ramzi - tilla siyohdon va qalamdon bo'lgan. Qabul marosimlari va rasmiy majlislarda uning yonida kotib va tarjimonlar o'tirgan.

Vazirdan tashqari Ulug' Devon tarkibida vazir darajasiga yaqin turgan amaldor va mansabdorlar turgan. Ularning har birining itoatida ma'muriy devon, kichik devon bo'lgan.

Vazirlik lavozimidan keyin oliy martabali amaldor - Noib edi. Sulton bilan Vazir bir vaqtning o'zida poytaxtda bo'lmaganlarida, Noib sulton oldida davlat ishlari bo'yicha javobgar bo'lgan. Uning hokimiyatining ramzi - oltin qilich bo'lgan.

Mamlakat moliyaviy ishlariga mas'ul amaldor - Mustavfiy deb atalgan.

Ulug' Devonda Tug'roiy ham yuqori darajadagi amaldor sanalgan. Unga Tug'ro Devoni itoat etgan. Bu devonning xodimlari sultonning rasmiy maktublari, amr-farmonlari, meyyoriy hujjatlarini tayyorlagan. Hujjatlar sulton tug'rosi - muhrini bosgandan keyingina qonun kuchiga ega bo'lardi.

Iqto sifatida berilgan davlat yerlarini Parvona unvonidagi amaldor ro'yxatga olib, nazorat qilgan. Parvona, shuningdek iqto berish haqidagi farmon – yorliqni tayyorlagan.

Amiri oriz va uning ma'muriyati qo'shin ta'minoti, muntazam qo'shin maoshi, shaxsiy tarkib hisob-kitobi bilan shug'ullangan. Eng katta va harbiy strategik ahamiyatga ega bo'lgan viloyatlarda bu devonning bo'limlari yoki namoyondalari bo'lgan. Ya'ni, o'zining tuzilmaviy tizimiga ega bo'lgan.

Ulug' devon tarkibiga kirmagan lavozimlardan biri - Amiri dod (adolat amiri) bo'lgan. Bu devonidagi ma'murlar jinoiy ishlar yuzasidan tekshirish olib borib, qamoqqa olish va tergov ishlarini olib borgan. Tergov jarayonida xizmat qiladigan tavkitxona ham shu devonga qaragan.

Amiri dod zarur hollarda beistisno barcha mansabdorlarni, hatto Vazir va Ulug' Devon a'zolarini ham so'roq qilish, ushlab turish vakolatiga ega bo'lgan. Saljuqiylar davlatiga qarashli Ko'nya sultonligi solnomachisi, tarixchi Ibn Bibi nomi bilan mashhur bo'lgan Nasriddin Yahyo ibn Majididdin Mexmed bu devon faoliyatini 1219-1236 – yillarda Saljuqiylar davlati Ko'nya sultoni bo'lgan Alouddin Kayqubodga qarshi suiqasd uyushtirgan amaldorlarni fosh qilish jarayonida bayon qilgan. Uning “Ibn Bibi solnomasi” 1188-1272 – yillarni o'z ichiga olib, Saljuqiylar davri tarixini o'rganishda muhim manba bo'lib xizmat qiladi. Xiyonatkorlar qatlidan keyin ham sulton o'ziga nisbatan bir necha mansabdor adovatini o'rganib, Amiri dod orqali ularning mol-mulklarini musodara qilgan, o'zlarini mamlakatdan haydab chiqargan.

Ulug' Devon a'zolari hamda boshqa muhim vazifa egalariga katta xizmatlari uchun iqto (podsho tomonidan katta xizmatlar evaziga in'om qilinadigan chek yer) berilgan. Iqto olgan yer egasi iqtodor deyilgan. Hatto, yirik hududlar va viloyatlar ham iqto sifatida berilgan. Biroq ular davlat mulki sanalib, hukmdor xohlagan paytda qaytarib olib qo'yishi mumkin bo'lgan. Faqat X asrdan boshlab iqto yerlar xususiy mulk maqomiga ega bo'la boshlagan.

Ma'muriy-hududiy jihatdan Saljuqiylar davlati bir qancha viloyatlardan iborat edi. Ularning nomi ko'p holatda shu viloyat markazi bo'lgan shahar nomi bilan atalgan (Qaysari, Erzinjon, Sivas va h.). XIII asr o'rtalarida Saljuqiylar tarkibiga o'ttizdan ortiq viloyat kirgan.

Viloyatlar uch turga bo'lingan. Birinchi guruhiga eng ko'p viloyatlar mansub bo'lib, ularni syubashi boshqargan. U viloyat qo'shini qo'mondoni sanalgan. Viloyat qo'shini otliq askarlardan iborat bo'lib, ularning sonini syubashi (iqto egasi sifatida) belgilagan. Ularga ta'lim berib, kiyintirish va qurollantirish ham uning zimmasida bo'lgan. Viloyat markazlarida soliq tuzilma va xodimlari bo'lib, davlatga tushadigan kirimlarni nazorat qilgan. Viloyatlardan olingan soliqlar poytaxtga yuborilgan. Ular Ulug' Devon va Mustavfiy devoniga kelib tushgan. Soliqning bir qismi “rusumi urfiye” (urf rusumi) sifatida sulton xazinasiga tushib, uning shaxsiy daromadi sanalgan.

Viloyatlarning ikkinchi guruhida maliklar, ya'ni sultonning farzandlari va qarindoshlari hokim bo'lgan. Urush holatlarida maliklar ham o'z qo'shinlarini sulton xizmatiga yuborishlari shart bo'lgan.

Viloyatlarning uchinchi guruhi chegaradagi viloyatlar bo'lib, ularni “uj” deyishgan. Saljuqiylarda nasroniy davlatlar bilan chegaradosh viloyatlar “uj” deb atalganiga ko'ra, bu viloyatlar faqat Vizantiya bilan chegaradosh bo'lgan. Bu chegara hududi Inebolu – Eskishehir – Kyutahya - Bodrum shaharlari orqali o'tgan. Bu chegara viloyatida asosan ko'chmanchi o'g'uzlar yashagan va o'zlarining uj-beklariga itoat qilgan.

Bu chegara ikki uj-viloyatga (o'ng va so'l) bo'lingan bo'lib, ular o'rtasidagi chegara Anqara - Eskishehir orqali o'tgan. Har bir viloyatni Beklarbeki boshqarib, ularga ujbeklar itoat etgan.

Qishloq joylarda qonun va tartibni saqlash qishloq oqsoqoli – katxuda, ko'y (mahalla) kadxudosi zimmasiga yuklangan. Kadxudolikka qishloqda yoshi ulug' va hurmatli kishilardan tayinlangan. Qishloq yoshlari ham o'ziga xos tashkilotga (gençlik ocaği) birlashib, u qishloq oqsoqoli tomonidan tayinlangan va unga bo'ysungan yigitboshi tomonidan boshqarilgan. Yoshlar tashkiloti katta kuchga ega bo'lib, zarur hollarda tartibsizliklarni bostirish ishlariga ham jalb qilingan.

Ig'dishlar shahar hayotida katta rolь uynagan. Jumladan, ular aholi e'tiboriga yuqori amaldorlarning qarorlari, sultonning amr va farmonlarini yetkazib turgan. Tuman ig'dishlari faoliyatini shahar ig'dishi (ig'dibashi) nazorat qilgan. Bu ijtimoiy qatlamda yirik savdogarlar, tojirlar turgan. Ijtimoiy munosabatlarda eng yuqori qatlamni siyosiy hokimiyat va katta mulklarga ega bo'lgan maliklar, amirlar va ularning oilalari egallagan.


Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling