Murodulla mirzaev
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
Download 1.97 Mb.
|
O'quv qo'llanma-3
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
1. Kichik Osiyoning etnik tarkibi haqida ma'lumot bering. 2. Nima uchun Kichik Osiyo qudratli davlatlar e'tiborini tortgan? 3. O'g'uzlar kimlar? 4. Turkiya tarixida bekliklarning o'rni va roli nimada?
Insoniyat tamaddunining qadimiy o'choqlaridan biri bo'lgan Turkiston xalqlari hayoti o'troq, yarim o'troq va ko'chmanchilik turmush tarzi bilan ifodalanadi. Xorazm, Zarafshon, Farg'ona, Qashqadaryo, Surxondaryo voha va vodiylarida yashagan xalqlar ming yillar davomida asosan o'troq hayot kechirgan bo'lsa, atrofdagi cho'lu biyobonlarda, tabiiy ravishda, ko'chmanchi, yarim ko'chmanchilar istiqomat qilgan. Ana shunday ko'chmanchilik muhitidan qudratli siyosiy sulolalar yetishib chiqqaniga tarix guvoh. Buni saljuqiylar misolida ko'rish mumkin. Saljuq yoshligidan jasur sarkarda bo'lgan. Rashiduddinning yozishicha, Saljuqning besh nafar o'g'li bo'lgan: Isroil (Arslon yabg'u), Mikoil, Muso yabg'u, Yusuf va Yunus. Ular 985-yilda o'zlariga qarashli 100 jangchidan iborat urug'doshlari bilan 1500 tuya, 50 ming qo'y va ko'plab otlarni olib Jand tomonga ko'chib o'tgan va chorvadorlik bilan shug'ullangan. 992-yilda ular Jand hukmdori bilan ittifoq tuzib, o'z qavmi bilan birga islom dinini qabul qilgan. Chorvadorlar o'rtasida islom dinini tarqatganligi uchun Saljuqqa “Malik al G'oziy” unvoni berilgan. U Yangikent va Jand atroflarini O'g'uzlar hukmdori Ali yabg'udan xalos qilib, o'z hokimiyatini o'rnatgan. Ibn al-Asirning yozishicha, Saljuq 107 (ba'zi manbalarda 100) yoshga kirib vafot etgan. Uning vafotidan so'ng o'g'illari Mikoil, Muso va Isroil X asr oxirlarida Somoniylar ijozati bilan Nurota atroflarida ko'chib yurgan. Mikoilning o'g'illari aka-uka To'g'rulbek va Chag'ribek XI asr 30-yillarida saljuq-o'g'uzlari harakatiga boshchilik qilib, Saljuqiylar davlatini tuzgan. Saljuqiylar dastlab hozirgi Janubiy Qozog'iston hududidagi yaylovlarda, Sirdaryoning o'rta oqimi atroflarida ko'chmanchi hayot kechirgan. X asrda Balxash ko'lining janubidan to Quyi Volgagacha bo'lgan hududda turkiy o'g'izlar yashagan. Ular ko'plab qabila va urug'larga bo'lingan edi. Ana shulardan biri - qiniq urug'iga mansub Saljuq o'zining insoniy fazilati, chaqqon va mardligi bilan obro'-e'tibor qozongan. Bir qancha o'g'iz qabilalari sardori, harbiy qo'mondoni sifatida yetishgan. X asr o'rtalarida Saljuq1 o'z tarafdorlari bilan Sirdaryoning o'rta oqimlaridan daryoning quyi oqimida joylashgan Jand viloyati yaqiniga kelib o'rnashadi. Bu yerda ular islom dinini qabul qilgan. Saljuqiylar Movarounnahr siyosiy hayotiga faol aralashgan. Bu, ayniqsa somoniylar va qoraxoniylar o'rtasidagi raqobat davrida kuchaygan. Bu holat saljuqiylar ta'siridagi o'g'iz qavmlarining Samarqand, Buxoro, Kesh viloyatlariga borib o'rnashishlari uchun sharoit yaratgan. 1038-1308-yillarda Yaqin va O'rta Sharq, qisman Movarounnahrda hukmronlik qilgan saljuqiylar davlatiga Saljuqning nevarasi Sulton To'g'rulbek asos solgan. Saljuqiy turklar XI asrning 20-yillarida harbiy xizmatlari evaziga Xurosonda Mahmud G'aznaviy1 dan ko'p miqdorda mulk olgan. Biroq keyinchalik g'aznaviylar ularga qarshi qo'shin yuborib, Isroil ibn Saljuq (Arslon)ni asir olgan va Hindistondagi harbiy qal'ada tutqunlikda saqlagan, 1032-yilda u hibsda olamdan o'tgan. Saljuqiylar G'aznaviylarga qarshi olib borgan janglar natijasida Nishopurni egallagan. 1038-yilda Dandanakon2 jangida Sulton Mas'ud ustidan qo'lga kiritilgan g'alabadan so'ng To'g'rulbek Xuroson hukmdori deb e'lon qilingan. Mas'ud G'aznaviyning bu mag'lubiyati g'aznaviylarning inqirozi boshlanganidan va uning o'rnida yangi davlat tug'ilganidan dalolat bergan. Jang maydonida chodir o'rnatilib, To'g'rulbek sulton taxtiga o'tirgan. Saljuqiylar asta-sekin Xuroson, Xorazm, G'arbiy Eron, Ozarbayjon, Iroq, (Bag'dod bilan birga)ni bo'ysundirgan. Bag'dodda To'g'rulbek nomiga xutba o'qilgan. Abbosiylar xalifasi al-Qoim (1031-1075 yy) hokimiyatni To'g'rulbekka topshirib, uni sulton hamda “Sharq va G'arb podshohi” deb tan olgan, qizini unga xotinlikka bergan. To'g'rulbek - Ray shahrini, ukasi Chag'ribek Dovud (990-1060 yy) - Marvni o'zlariga poytaxt qilib olgan. Alp Arslon 1050-yilda poytaxtni Isfahondan Marvga ko'chirgan. Saljuqiylar qo'shinlari Arabiston yarim orolidagi Yaman va Bahrayn yerlarini ham o'z tasarrufiga olgan. Sulton Malikshoh hukmronligi davrida Saljuqiylar davlati harbiy-siyosiy jihatdan juda kuchli bo'lgan. Bu vaqtda poytaxt yana Isfahonga ko'chirilgan. XI asr oxirlarida Saljuqiylar davlati Sharqiy Turkistondan O'rta yer va Marmar dengizlarigacha bo'lgan katta hududni o'z tasarrufiga olgan. Bu davlat Xitoy bilan Vizantiya o'rtasidagi kenglikni egallagan. Salibchilarning Sharqqa qilgan salib yurishlari1 ni to'xtatishda saljuqiylarning xizmati katta. X asrning ikkinchi yarmida Sajuqiy Chag'ribekning o'g'illari Alp Arslon va Malikshoh xukmronliklari davrida saljuqiylar Kichik Osiyo va Yaqin Sharqda mustahkam o'rnashib olgan. Sulton Alp Arslon boshchiligidagi saljuqiylar qo'shini 1071-yil 25-26 – avgustda Vizantiya shahri hisoblangan Mantsikertda Vizantiya imperatori Roman IV Diogenning 200 ming kishilik qo'shini bilan to'qnashib, g'alaba qozongan. Bu g'alaba bir tomondan, Vizantiya imperiyasining inqorozini ta'minlagan bo'lsa, ikkinchi tomondan, Kichik Osiyo hududiga saljuqiy o'g'uz va turkmanlarning ommaviy ko'chishini boshlab bergan. Keyinchalik saljuqiylar Kichik Osiyoni (1071-1081 yy), Suriya va Falastinni zabt etgan, Armaniston, Gruziya, Shirvon bo'ysundirilgan. Sharqiy Turkistondagi Qoraxoniylar ham ularning ustunligini tan olgan. Alp Arslon poytaxtni Isfahondan Marvga ko'chirgan. Saljuqiylar qo'shinlari Yaman va Bahrayn yerlarini ham o'z tasarrufiga olgan. Malikshoh hukmronligi davrida Saljuqiylar davlati harbiy-siyosiy jihatdan juda kuchaygan. Bu vaktda poytaxt yana Isfahonga ko'chirilgan. XI asr oxirlarida Saljuqiylar davlati Sharqiy Turkistondan O'rta yer va Marmar dengizlarigacha bo'lgan katta hududni o'z ichiga olgan. Bu davlat Xitoy bilan Vizantiya o'rtasidagi ulkan kenglikda joylashgan edi. Download 1.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling