Murodulla mirzaev


Menteshe o'g'illari bekligi


Download 1.97 Mb.
bet52/95
Sana05.01.2022
Hajmi1.97 Mb.
#220417
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   95
Bog'liq
O'quv qo'llanma-3

Menteshe o'g'illari bekligi

Sivasdagi Saljuqiy hukmdor Menteshe Chelebiy Karaman bekligining vassali sifatida harakat qila boshlagan. Keyinchalik Kichik Osiyoning janubi-g'arbiy qismidagi Vizantiya viloyatiga qarashli Kariy hududida o'zining mustaqil bekligiga asos solgan. 1280-1424 – yillarda hukm surgan. Beklik joylashgan joy mo'g'ullar hokimiyatidan uzoqda bo'lib, Egey dengizi sohilidagi Vizantiya, Genuya, Venetsiya yerlari bilan qo'shni bo'lgan va bu joylashuv amir va uning vorislari faoliyatida aksini topgan. Ya'ni, geografik joylashuv ularning harakat mazmunini belgilab bergan. Bu harakatlar Menteshening G'arbiy Anado'ludagi ta'sir doirasini kengaytirish va bir vaqtning o'zida levantiya savdosidan daromad olishga qaratilgan bo'lgan. Beklik asoschisining vorislari bu maqsadlariga qisman erishgan. Ular Meteshe daryosidan janubroqdagi Choban yerlari ustidan nazorat o'rnata olgan, xolos. Mahalliy grek dengizchilari yordamida o'z flotini tuzgan. Flotga faqat savdo-sotiqqa oid tashuv bilan shug'ullanish emas, Egey dengizida qaroqchilik ishlari ham yuklatilgan. Biroq Menteshe qaroqchilarining faolligi 1099-yilda Ierusalim (Quddus)da tashkil topgan, 1306-1309 – yillarda Rodos orolida o'rnashib olgan va o'zlarini O'rta yer dengizida musulmonlarga qarshi kurashga bag'ishlagan xristian tashkiloti - gospitalьer (ioannit) lar Ordeni qarshiligiga uchrab, to'xtagan.




Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling