Murodulla mirzaev


Germiyon o'g'illari bekligi


Download 1.97 Mb.
bet53/95
Sana05.01.2022
Hajmi1.97 Mb.
#220417
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   95
Bog'liq
O'quv qo'llanma-3

Germiyon o'g'illari bekligi

Menteshe singari Germiyon bekligi ham Nikey imperiyasi qaramog'idagi g'arbiy chegara “uj”i negizida qaror topgan. 1300-1429 – yillarda hukm surgan. XIII asrning 40-yillarida mamlakat ichida diniy va ijtimoiy muammolar negizida kelib chiqqan Saljuqiylar davlatidagi turkman qabilalarining Bobo Ishoq boshchiligidagi qo'zg'olonni bostirish uchun germiyonliklardan foydalanilgan. Oradan o'n yillar o'tib, ular Jimri qo'zg'olonidan keyin mo'g'ullar tomonidan yo'q qilingan Denizli bekligidagi mahalliy turkman hukmdorlariga qarshilik ko'rsatish uchun Kyutaxiya tomonga - G'arbga joylashtirilgan. 80-yillar boshida Germiyon amirlarining o'zlari Ko'nya hukmdorlariga qarshi chiqqan.

Yangi beklikning mustahkamlanishida tashqi sabablar muhim omil bo'lgan. Xususan, Lotin imperiyasining1 parchalanishi va 1261-yilda Vizantiya imperiyasining tashkil topishi katta ta'sir ko'rsatgan. Konstantinopolda qayta o'rnashib olgan imperator Paleologlar bolqonlardagi mulklarini saqlab qolish payida bo'lgan. Shu paytga qadar Kichik Osiyoning g'arbiy tumanlarida amal qilgan himoya tizimi bundan buyon XIV asrda yashagan arab muallifining ta'kidlashicha turk ko'chmanchilari – ashaddiy jangchilar hujumiga dosh bera olmay qolgan edi.

Germiyon qo'mondonlarining Vizantiya yerlariga qarab muvaffaqiyatli yurishlari bu beklikning e'tiborini ko'targan va hududini kengaytirishga imkon bergan. XIV asr boshida bu beklik Janubda - Filadelьfiya (Alashehir) dan Shimolda - Anqaragacha va Sharqda – Qir shehirgacha bo'lgan ulkan hududni egallagan.

Dastlabki uchta beklikdan farqli o'laroq, Xusameddin Choban vorislari boshchiligidagi bu beklik uzoq yashamagan. U Nikey imperiyasi va Trapezund o'rtasidagi strategik jihatdan muhim bo'lgan shimoli-g'arbiy “uj” negizida tashkil etilgan edi. Uning yetakchilari mahalliy “g'oziylar”ga rahbarlik qilgan. Ular shuningdek, Konstantinopolь va Trapezund bilan o'rtadagi aloqalarni qo'llab-quvatlash uchun Saljuqiylar sulolasining goh – u, goh - bu vakiliga yordam bergani holda, Ko'nyadagi sulton taxti uchun turli da'vogarlar o'rtasidagi murakkab siyosiy kurashlarda faol ishtirok etgan. Bu faoliyat Anado'ludagi mo'g'ullar hukmdorlari e'tiboridan chetda qolmagan. 1291-yilda mo'g'ullar Shamsiddin Yaman Jondorning unchalik katta bo'lmagan otryadiga Chobaniylarning so'nggi amirini “bir yoqli qilishi”da va bosib olingan yerlarda o'zining bekligini tuzishida yordam bergan.

Markaziy Anado'luda bekliklar sonining kamligi va ularning uzoq vaqt yashamaganligining asosiy sababi – bu yerda saljuqiy-mo'g'ul markaziy ma'muriyatining ta'siri kuchli bo'lgan.



Quyidagi jadvalda Kichik Osiyoda tashkil topgan mustaqil bekliklar nomlari aks etgan.


Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling