Murodulla mirzaev


Download 1.97 Mb.
bet55/95
Sana05.01.2022
Hajmi1.97 Mb.
#220417
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   95
Bog'liq
O'quv qo'llanma-3

Boshqaruv tizimi

Bekliklarga xos bo'lgan xususiyatlar:

- ularning barchasi qabila an'analariga ko'ra boshqarilgan;

- turkman qabilalarining aksariyati Saljuqiy sulton tomonidan Vizantiya va Kilikiya davlatlari chegara hududlarida joylashtirilgan;

- bu yerlar qabila boshliqlari, beklarga berilgan;

- mazkur bekliklar mustaqil bekliklarga aylana boshlagan davrdan e'tiboran Saljuqiylar davlati boshqaruv tizimini qo'llagan.

Bekliklar yerlari hukmdorning mulki sanalgan. Eng ta'sirli vakil bek sifatida tanlangan va “buyuk amir”, “ulug' bek” deb atalgan. Tangalarda “amiri-i a'zam”, “sulton-i a'zam” atamalari qo'llanilgan. “Ulug' bek” markazdan turib o'ziga qarashli bo'lgan yerlarni boshqargan. Odatda bu yerlar uning o'g'illari va aka-ukalari tomonidan boshqarilgan.

Beklik boshqaruvi devon orqali amalga oshirilgan. Uning boshlig'i “vazir” yoki “sohibi a'zam” hisoblangan. Moliya ishlarini “devon-i istifa” yuritgan. Buyruq yoki farmonlarni yuritgan devonxona amal qilgan. Xuddi shunday kichik devonlar viloyatlarda ham bo'lgan, ularni kichik beklar boshqargan. Agar “ulug' bek”ning o'g'li yosh bo'lsa, unga o'zining ishonchli odamlari orasidan otabek yoki “lola” tayinlangan. Ya'ni, markaziy hokimiyat boshqaruv tizimi qanday bo'lsa, bekliklar va ulardan quyida turuvchi kichik yerlarda ham ayni shakldagi boshqaruv tizimi yuritilgan.

Urushlar paytida beklikning barcha aholisi safarbar etilgan. Urush tugagach, uylariga qaytgan. Qo'shin odatda uchga bo'lingan: markaz, o'ng va so'l qanotlar. Har bir qanotda ilg'or va zahira qism bo'lgan. Hukmdor markazda, kichik beklar qanotlarda turib urushni boshqargan.

XIV-XV asrlarda bekliklarda fan va adabiyotga alohida e'tibor qartilgan. Anado'luning yirik shaharlari madaniy markazlarga aylangan. Beklar ulamolarni to'plagan va ularning faoliyatini rag'batlantirib borgan. Ayniqsa, madrasa, kutubxona va masjidlar qurilishiga alohida ahamiyat berilgan. Buning natijasi o'laroq tibbiyot, astronomiya, adabiyot, tarix, mistika va diniy sohalarda qimmatli asarlar yaratilgan. Anado'luda so'fiylik keng quloch yoygan va rivojlangan, jamiyat ma'naviy hayotiga katta ta'sir ko'rsatgan.


Iqtisodiyot

Barcha bekliklarda ishlab chiqarish, qishloq xo'jaligi va savdoga alohida e'tibor qaratilgan. Saljuqiylar davrida Anado'luning kesishgan yo'llarida barpo etilgan Karvon saroylar samarali amal qilishda davom etgan. Baribir bekliklar iqtisodiyotining asosini qishloq xo'jaligi tashkil etgan. Mavjud iqlim va tabiiy holatdan kelib chiqib don, meva, paxta, ipak va uy hayvoni yetishtirilgan. Ishlab chiqarilgan mahsulotlarning katta qismi mamlakatning ichki ehtiyojini qondirgan, ortiqchasi qo'shni viloyatlarga dengiz ortiga eksport qilingan.

Bu davrning asosiy savdo markazlari Qora dengiz sohillaridagi Trabzon, Samsun va Sinop shaharlari bo'lgan. Egey sohillarida – Focha, Izmir va Ayasoluk; O'rta yer dengizi sohillarida – Antaliya va Alaye; markaziy Anado'luda – Sivas, Qayseri va Ko'nya bo'lgan.

Anado'luda yaratilgan gazlama va gilamlar Yevropadan tashqarida ham xaridorgir bo'lganini Ibn Battuta ham ta'kidlagan. Uning yozishicha, gazlama va gilamlarni Anado'lu savdogarlari Suriya, Misr, Iroq, Hindiston va Xitoy kabi davlatlarga olib borgan. Kyutaxiya, Amasьya va Bayburtda kumush konlari tadqiq etilgan. Otlar, turli ov qushlari, qo'y va echkilar katta daromad keltirgan.




Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling