Murodulla mirzaev
Beklik nomi Poytaxti
Download 1.97 Mb.
|
O'quv qo'llanma-3
- Bu sahifa navigatsiya:
- Usmon ogillari bekligi
Usmon o'g'illari bekligi Usmon bekligi, ba'zi manbalarda Usmon amirligi ham deyiladi – XIII asrda Kichik Osiyoda vujudga kelgan hududiy turkiy tuzilma hisoblanadi. Beklikning boshida Usmoniylar sulolasi turgan. Keyinchalik beklikning barcha aholisi shu nom bilan atala boshlagan. XIII asr o'rtalarida beklikning poytaxti Syogut bo'lib, unchalik katta bo'lmagan chegara hudud - “uj”ni qamrab olgan edi. Usmoniylar bu hududni Vizantiyani bosib olgandan keyin qo'lga kiritgan va turkiy aholini ko'chirgan. XIY asr boshida Usmoniylar sulolasining muvaffaqiyatli harbiy yurishlari natijasida beklik hududi tinimsiz kengaygan va qudratli Usmoniylar imperiyasining asosiga aylangan. Dastlab bu beklik Eskishehir (sobiq grek shahri - Dorileya) dan u qadar uzoq bo'lmagan “uj” sifatida tashkil etilgan. 1231-yilda turklarning doimiy hujumlariga bardosh bera olmagan, 1204-yilda ikkinchi salib yurishi natijasida iashkil topgan Nikey imperiyasining Fevasiy aholisi shaharni tashlab chiqib ketgan, degan ehtimol bor. Keyinroq Fevasiy - Syogut qilib o'zgartirilgan. Beklikning birinchi beki – Usmon G'oziyning otasi, o'g'uzlarning qayi urug'i yetakchisi - Ertug'rul bo'lgan. U 1230-yilda bu yerlarga ko'chib kelib, vafot etgunga qadar - 1281-yilgacha beklikni boshqargan. Ma'lumotlarga ko'ra, Ertug'rul bu joylarni Saljuqiy sulton Alauddin Qay-Quboddan olgan. Sultonga qarashli bu hudud O'rta Osiyodan Anado'luga 400-500 chodiri bilan ko'chib kelgan va mo'g'ullardan himoya so'ragan o'g'uzlarning qayi urug'i sardori Ertug'rulga tuhfa qilingan. Bu yerlar sultonlikning chekka chegaralarida joylashgan bo'lib, “uj” deb atalgan. “Uj”ni olgan Ertug'rul ma'lum muddat Alauddin Qay-Qubodga xizmat qilgan. Rivoyat qilinishicha, Kichik Osiyoga ko'chib kelgan Ertug'rul o'zining kichik qo'shini bilan jang maydonida urushayotgan ikki noma'lum guruh o'rtasiga tushib qolgan. Yaqin safdoshlarining maslahati bilan yengilayotgan guruh tarafini olib, kuchlar nisbatini o'zgartirib yuborgan va urushda g'olib chiqqan. Aytilishicha, bu guruh mo'g'ullarga qarshi kurashayotgan Alauddin Qay-Qubodning askarlari bo'lgan ekan. Shu munosabat bilan Ertug'rulga yuqorida ta'kidlangan yerlar sultonning sovg'asi tariqasida berilgan. Bunga javoban Ertug'rul bu yerlarda yashash bilan birga, Vizantiya hujumlaridan Saljuqiylarni himoya qilishga va'da bergan. Bu jang 1230-yilda bo'lib o'tgan Erzinjon jangi bo'lishi mumkin, degan taxminlar bor. Aynan ana shu jangda Alauddin Qay-Qubod mo'g'ullar hujumidan qochib Kichik Osiyoga kelgan so'nggi Xorazmshoh – Jaloliddin Manguberdiga qarshi urushayotgan bo'lgan. Kichik Osiyoga kelmasdan oldin Ertug'rul ma'lum muddat Xorazmshohlar xizmatida bo'lgan. Alauddin Qay-Qubodning Jaloliddin Manguberdiga qarshi kurashida Ertug'rul yordam beradi va g'alabaga erishadi. Bu, taxminiy ma'lumot. Hullas, Ertug'rulga berilgan yerlar unchalik katta bo'lmaganligi aytiladi. Biroq u yerlar keyinchalik Usmon o'g'illari bekligining asosini tashkil etgan. Bu yerlar Vizantiya yerlari bilan yonma-yon bo'lgani sabab, Ertug'rul qo'shinlari tez-tez qo'shni yerlarga hujum qilib turgan va katta boylik orttirgan. Ertug'rul qo'shini tomonidan qo'lga kiritilayotgan o'ljalar boylik ilinjida yurganlarning e'tiborini tortgan va bu qo'shinga kelib qo'shila boshlagan. Shu tariqa qo'shin son va kuch jihatidan kengayib borgan. XIII asr ikkinchi yarmida Anado'lu bekliklari o'rtasida o'zaro yer kengaytirish janglari ketayotgan bir paytda, Ertug'rul, keyinchalik Usmon qo'shini islom dini uchun kurashuvchilar nomini olgan. Usmon o'g'illari bekligi kuchayishining yana bir necha sabablari bo'lgan. Chegara hudud (uj) aholisining Vizantiya hukumati joriy qilgan soliqlardan charchagani va bu tufayli unga nisbatan kelib chiqqan norozilik Ertug'rulga yerlarni osonlik bilan kengaytirish imkonini bergan. Shuningdek, beklikning kuchayishiga Ko'nya sultonligining mo'g'ullar bilan bo'layotgan urushi ham yordam bergan. Ertug'rulning vafot etgan sanasi haqida ham turlicha ma'lumot mavjud. Ba'zi ma'lumotlarda 1281-1282, boshqalarida 1288-1289 – yillar deb ham ko'rsatilgan. Ko'proq ma'lumotlar uning 93 yil umr ko'rganini tasdiqlaydi. Ertug'rul vafot etgach, beklik Usmon boshqaruviga o'tgan. U 1258-1324 - yillarda yashagan, tug'ilgan yili taxminiy. 1281-1299 – yillarda Syogut “Uj bek”i, ya'ni Usmon o'g'illari beki, 1299-1324 – yillar davomida Usmoniylar bekligi hukmdori bo'lgan. 1281-yilda Ertug'rul vafot etgach, beklik lavozimiga Usmon bilan Ertug'rulning ukasi Dindor da'vogar bo'lgan. Usmonning tarafdorlari ko'pligini e'tiborga olib, Dindor da'vosidan voz kechgan va Usmonni bek sifatida e'tirof etgan. Usmon ham amakisini raqib sifatida kechirgan. Baribir ikkalasi o'rtasidagi nizo keskinlashib, Usmonning Dindorni kamondan otib o'ldirishi bilan yakun topadi. Tarixchi K.Kafadarning ta'kidlashicha, Usmon va Dindor o'rtasidagi nizoning kelib chiqishi amakisining Ertug'rul singari qo'shni Vizantiya bilan nisbatan yaxshi munosabatni saqlagan holda Germiyon bekligi o'rtasidagi keskin vaziyatni saqlagani, Usmonning esa Vizantiya yerlariga talonchilik hujumi va Germiyon bekligi bilan davom etgan keskinlikka bog'liq bo'lgan. 1241-1243 – yillarda mo'g'ullarning Anado'luga yurishi natijasida Saljuqiylar Ko'sedag' jangida qattiq mag'lubiyatga uchraydi. Saljuqiy sulton Kay-Xusrav qo'shini Bayju noyon qo'shini tomonidan tor-mor keltiriladi. Shundan so'ng Anado'ludagi mahalliy bekliklar markaziy hokimiyat bo'ysunuvidan xalos bo'ladi. Mo'g'ullar bu yerlarni Vizantiya yerlari deb hisoblagan. Chunki, mo'g'ullarning Vizantiya bilan azaliy yaxshi munosabati bo'lgan. Ayni paytda, mo'g'ullar bosib olgan hududlardagi turkiy ko'chmanchi qabilalarning chekka o'lkalarga, ya'ni Vizantiya tomonlarga ko'chirilishi davom etgan va shu tariqa Kichik Osiyodagi turklar soni oshib borgan. Usmon I 1300-yilga kelib deyarli mustaqil tashqi va ichki siyosat olib bora boshlagan. Zaiflashayotgan Vizantiya va Anado'ludagi turk bekliklari hududlari hisobiga o'z yerlarini kengaytirib borgan. Dastlabki yillarda beklikning dengizga chiqish yo'lining yo'qligi sabab boshqa turk bekliklariga nisbatan o'z hududi va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi nuqtai nazaridan orqada bo'lgan. Usmon I, keyin uning o'g'li O'rxon odatda qabilaning oqsoqollar kengashi tomonidan bek sifatida tasdiqlangan. Bek harbiy qo'mondon vazifasini bajargan. Qo'mondonning asosiy faoliyati musulmon bo'lmagan (grek) larga qarshi jihod yoki g'azovot urushiga qaratilgan. Bek o'zining eng yaqin insonlari bo'lgan o'g'illari va aka-ukalari tomonidan qo'llab-quvvatlab turilgan va har safar g'alaba qozongach, bosib olingan shahar va qal'alar yoki boshqa yerlar ularga boshqarish uchun in'om etilgan. Usmoniylar bekligining dastlabki ichki tuzilishi Vizantiya imperiyasiga qaraganda juda oddiy bo'lsa-da, o'sha paytda bu ularga hatto qo'l kelgan. Vizantiyadan farqli ravishda hali endigina tashkil topgan beklikda soliq bo'lmaganligi sabab, ko'plab grek dehqonlari beklikka kirishga harakat qilgan. Albatta, soliq ularning beklik tarkibiga kirishlarining asosiy sababi bo'lmagan. Asosiy sabab – g'oziylarning tinimsiz hujumlari bo'lib, bu ularning tinkasini quritgan edi. Biroq hudud kengayib borgani sari Usmoniylar vizantiyaliklar boshqaruvdagi byurokratik usullarini qo'llay boshlagan. Hech qancha o'tmasdan beklikda yangi vazir va xazinadorlar lavozimlari paydo bo'la boshlagan. 1300-1338 – yillar davomida amalga oshirilgan harbiy operatsiyalar natijasida beklik Vizantiya Vifiniyasini to'liqligicha “hazm qilib bo'lgan” edi. 1326-yilda yirik va yaxshi himoyalangan Prussa beklikning poytaxtiga aylangan. Bu yerda beklik o'zining tangasi – aqchani zabt etgan. Shu tariqa Usmoniylarning yangi davlatchilik davri boshlangan.
Download 1.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling