Murodulla mirzaev


XYII-XYIII asrlardagi tanazzul alomatlari


Download 1.97 Mb.
bet62/95
Sana05.01.2022
Hajmi1.97 Mb.
#220417
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   95
Bog'liq
O'quv qo'llanma-3

XYII-XYIII asrlardagi tanazzul alomatlari

Yaqin vaqtlargacha Usmoniylar imperiyasining inqiroz davri XYII-XYIII asrlar deb hisoblangan. Lekin bugungi kunda bu masalaga nisbatan tarixchilarning fikri turlicha. U davrda sodir bo'lgan voqealarda ular inqiroz alomatlarini ko'rgan, lekin tanazzulni emas. Chunki, tanazzul tushunchasi davomiylikni, qaytarilmaslikni va ko'p qirralikni bildiradi. Usmoniylar imperiyasi hayoti davomida juda ko'plab inqirozlarni, Frantsiyadagi diniy urushlar yoki Markaziy Yevropadagi o'ttiz yillik urushlarni boshidan kechirgan.

Markaziy hokimiyatning kuchsizlanishi sulton va uning o'g'illariga xayriya fondlari orqali Istanbul va Makka shaharlaridagi qurilish ishlarigai, viloyatlardagi haj yo'llarini ta'mirlashga to'sqinlik qilmagan. Albatta, bular oldingi asrlardagi qurilish ishlaridan kamroq bo'lsada, ammo davom etgan.

Ko'plab amaldorlar Anatoliya va Yaqin Sharq shaharlarida kutubxona, fontan va qasrlar qurdirgan. Ba'zi hunarmandchilik sohalari, jumladan, XY-XYI asrlarda Bursada - ipak tayyorlash, Salonikada – junga ishlov berish saviyasi tushib ketgan bo'lsa-da, Bolgariyada - jun, kigiz va Anqarada - angor juni ishlab chiqarish, mis va boshqa metallarga ishlov berish rivojlangan. Aynan XYII va XYIII asrlarda shahar hunarmandchiligi rivojlanib, ularning ijtimoiy ta'siri yuqori cho'qqiga yetgan.

Bu davrda yangi ekin turlari bo'lgan makkajo'xori, qahva, tamaki ekishni o'zlashtirilgan va bu o'z navbatida qishloq xo'jaligining rivojlanishiga turtki bergan, ichki va tashqi savdoni rag'batlantiruvchi omilga aylangan.


Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling