Murodulla mirzaev


Download 1.97 Mb.
bet70/95
Sana05.01.2022
Hajmi1.97 Mb.
#220417
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   95
Bog'liq
O'quv qo'llanma-3

Panturkizm

Panturkizm – siyosiy va ijtimoiy-madaniy yo'nalishdagi oqim bo'lib, XIX asrning ikkinchi yarmida turk xalqlari yashaydigan davlatlarda paydo bo'lgan, etnik asosda siyosiy birlashuvni maqsad qilib qo'ygan. Bu harakat Qrimdagi turklar orasida Usmoniylar imperiyasi turklari bilan birlashishni yoqlab chiqqan.

Panturkizm mafkurasi salkam 130 yillik tarixga ega bo'lib, “eron” tushunchasiga qarshi paydo bo'lgan “turon” tushunchasi bilan bevosita bog'liq. Eron va Kavkazdan tortib, hozirgi Sibirning janubini ishg'ol qilgan G'arbiy Sayan va Sharqiy Sayan tog' tizmalari atrofida joylashgan Krasnoyarsk o'lkasi, Irkutsk, Xakasiya, Tiva, Buryatiya, shuningdek, qo'shni Mo'g'ulistonning shimoliy tumanlarini birlashtirgan ulkan hudud ural-oltoy tillari oilasi qavmlarini o'z ichiga olgan turon xalqlarining “Ona Vatani” sifatida qaralgan.

Ilk bor 1883-yilda Bog'chasaroy (Qrim) da umumturk Rossiya jamoat arbobi, ma'rifatparvar va publitsist Ismoil Gaspirali tomonidan ta'sis etilgan “Tarjimon” gazetasi orqali bu ta'limot targ'ib qilingan. Aynan shu inson birinchi bo'lib rus va turk tillarida nashr etilgan gazetalarda 1905-yilga qadar Rossiyaning slavyan va turk xalqlarini ma'rifatli qilish g'oyasini ilgari surgan va rivojlantirgan. 1905-yildan boshlab “Tarjimon” faqat turk tili (arab yozuvi) da chop etilgan.

1902-yilda Qohirada chiqa boshlagan “Turk” jurnali turklarni birlashtirishning keyingi qadami bo'lgan. Jurnal sahifalarida panturkizm islomlashtirishga qarshi muqobil g'oya sifatida targ'ib qilingan.

Qozonlik Yusuf Akchur o'zining 1904-yilda nashr etilgan “Siyosatning uch turi” maqolasida panturkizmni birinchi bo'lib ilmiy-nazariy jihatdan asoslab bergan. 1908-yilda ozarbayjonlik Ali Guseyn tomonidan yozilgan “Turklashmoq, islomlashmoq, zamonlashmoq” nomli maqolada bu g'oya rivojlantirilgan.

1911-yilda Yusuf Akchur Istanbulda “Turk yurti” gazetasiga asos solgan. Taniqli turk mualliflari Ziyo Go'kalb, Xolida Edib Adivar “Yangi Turon” romanini yozgan va h.

Paturkizm XIX asrning oxirida panslavizm va pangermanizm oqimlari kabi mafkura sifatida to'liq shakllangan va u “Yosh turklar” mafkurasining asosiy elementi sifatida harakat dasturiga aylangan.

Panturkizm ba'zi G'arb nazariyotchilari tomonidan millatchilik va irqchilikni targ'ib qiluvchi tajovuzkor oqim sifatida qaraladi. Aslida, hozirgi kunda dunyodagi turk tilida gaplashuvchi xalqlarning do'stlik va qardoshlikka tayangan hamkorligini yaratishga oid harakatlari panislomizmning asosiy mazmunini tashkil etadi.


Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling