Murodulla mirzaev


Versal tinchlik shartnomasi


Download 1.97 Mb.
bet73/95
Sana05.01.2022
Hajmi1.97 Mb.
#220417
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   95
Bog'liq
O'quv qo'llanma-3

Versal tinchlik shartnomasi

1919-yil 28-iyunda Versalda Germaniya va unga qarshi koalitsiya o'rtasidagi Birinchi jahon urushi yakunlanganini rasmiylashtirgan tinchlik shartnomasi imzolangan. Shartnoma qoidalari 1918-yil 11-noyabrda Kompьen shahri yaqinidagi Pikardiya mintaqasida imzolangan Germaniya va unga qarshi koalitsiya o'rtasidagi urush tugaganligiga oid sulhdan keyin o'tgan yarim yil davomida ishlab chiqilgan. Shuningdek, uning qoidalari 1919-yil 18-yanvardan 1920-yil 21-yanvarga qadar Parijda bo'lib o'tgan tinchlik konferentsiyasida batafsil ishlab chiqilgan. Konferentsiyada 27 davlat ishtirok etgan. Konferentsiya davomida Germaniya bilan - Versalь, Avstriya bilan - Sen-Jermen, Bolgariya bilan – Nyoyi, Vengriya bilan – Trianon va Usmoniylar bilan – Sevr shartnomalari ishlab chiqilgan.

Urushdan keyingi dunyoning tuzilishi masalasi “Katta to'rtlik” deb atalgan buyuk davlatlar yetakchilari tomonidan hal qilingan. Bu “”to'rtlikni AQSh Prezidenti – Vudro Vilьson, Britaniya Bosh vaziri – Devid Lloyd Jorj, Frantsiya Bosh vaziri – Jorj Klemanso va Italiya Bosh vaziri tashkil etgan edi. Ular o'rtasida jami 145 marta uchrashuv o'tkazilib, barcha hal qiluvchi masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilingan va boshqa ishtirokchilar tomonidan tasdiqlangan edi.


Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling