Murodulla mirzaev


Imperiyaning tashkiliy tuzilishi


Download 1.97 Mb.
bet67/95
Sana05.01.2022
Hajmi1.97 Mb.
#220417
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   95
Bog'liq
O'quv qo'llanma-3

Imperiyaning tashkiliy tuzilishi

Sulton davlatning tom ma'nodagi boshlig'i edi. U hukumat rahbari, qo'shinlarning bosh sarkardasi, ma'naviy rahnamo, ya'ni shariat masalalari hakami va oliy qozi hisoblanardi. Keyinchalik sultonlar faqat imperiyasinigina emas, balki barcha musulmonlarning diniy muammolarini hal qiluvchi xalifalarga ham aylandilar. Turklar tanazzulga uchrab, sultonlar shoshilinch yordamga muhtojlik sezgan davrlarda bu ularga juda katta imtiyoz va ruhiy madad berib turdi. Biz yuqorida qarab chiqqan yuz yilliklar mobaynida sulton hokimi mutlaq bo'lib, uning so'zi qonun hisoblanardi. U taniqli shaxslar va oddiy fuqaro taqdirini hal qila olardi, ilgarigi 'ezarlarda bo'lgani kabi turklar tasarrufidagi hamma yerlar unga qaram edi. Bitta farq shunda ediki, sulton hamisha insonligicha qolib, hech qachon 'ezarchalik birorta imtiyozga da'vogarlik qilmadi. Undan keyin turadigan bosh vazirlarga ham katta huquqlar berilgandi. Vazirlar muayyan idoralarga boshchilik qilishardi, lekin beklarbek lavozimi vazirlikdan ustun turib, u butun mintaqaga harbiy sarkarda hisoblanardi. Bunday mintaqalar esa ikkita edi: Rumeli va Onodo'li (Ovrupo va Kichik Osiyo). Har ikkala mintaqa beklarbeklari juda nufuzli davlat arboblari edilar. Ulardan keyingi safda Rumeli va Onodo'li moliya ma'murlari turishardi. Hukumatning boshqa bir a'zosi – jonnisorlar og'asi dengiz beklarbeki sanalardi. Bosh vazir barcha vazirlarni maslahatga yig'ib, so'ngra sultonga imperiyadagi ahvoldan hisobot berar, davlat rahbari shunga qarab biror qarorga kelar edi. Vazirlar mahkamasi qandaydir juda muhim qaror chiqarish uchun sultonning ijozatini olishi shart hisoblanardi.




Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling