Murodulla mirzaev


Download 1.97 Mb.
bet68/95
Sana05.01.2022
Hajmi1.97 Mb.
#220417
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   95
Bog'liq
O'quv qo'llanma-3

Ma'muriy idora

Ikkita kichik qirollik boshida ham beklarbeki turardi. Anchadan keyin Afriqo beklarbeki vazifasi ham joriy etildi, biroq u yuqoridagi ikki beklarbekga nisbatan tobelik mavqeida edi. Kichik qirollikdan pastroq pog'ona sanjaqlarga tegishli bo'lib, oddiy tilda chekka viloyat deb atalmish bu ma'muriy birlik rahbari harbiychasiga sarkarda deb yuritilardi. Beklarbeki huquqi berilgan sarkarda rahnamoligida beklar sanjoqlarni boshqarib turishardi. Sultonlar harbiy xizmat evaziga yer hadya etishardi. Bunday mukofotlar tobora ko'payib borganligi natijasida vaqti kelib butun bir toifa vujudga keldi. Tortiq qilingan ana shunday juda katta yerlarning egalari sulton qo'shinlarida xizmat qilish uchun suvoriylar yetkazib berishlari lozim edi. Shu jihatdan ham harbiy xizmat eng faxrli kasb sanalib, jangda ko'rsatilgan jasorat saxiylik bilan rag'batlantirilar edi. Sulaymon Muhtasham o'zining «Qonunnoma» kitobida yerlarni in'om etishga, yerlar evaziga beriladigan to'lovlarga va turk bayonlarining bu sohadagi haddan ziyoda vakolatlarini chegaralashga doir qonun-qoidalar yozib qoldirgan. Musulmon qonunlari asosida ish ko'ruvchi hamda ularni sharhlab beruvchi qozilar va muftiylar ham bor edi. Garchi qozi o'z sohasida yuksak mavqega ega bo'lsa-da, viloyatlarda oliy hokimiyat harbiy boshliqlar, keyinchalik hokimlar qo'lidan tushmadi. Poytaxtda katta imomlar yoki shahar qozisi bo'lib, ular faqat bosh vazirga, u orqali sultonga itoat qilardi.



Adabiyot

Uzoq davr forsiy ohanglar, timsollar va ifodalar ta'sirida bo'lib kelganligi sababli turk adabiyoti yangilik bobida ancha kechikdi. Mavlono Rumiyning forscha yozilgan buyuk masnaviysi o'sha paytdagi Rum saljuqlari, bevosita turklar salaflarining eng yirik dostonidir. Payg'ambar alayhissalom tavallud topgan kunga bag'ishlab Sulton Chalabiy bitgan “Mavludi Sharif” asari har tomonlama salmoqli turk dostoni hisoblanardi. Dastlabki milliy yozuvchilarning paydo bo'lganligi to'g'risidagi ma'lumotlar Muhammad Fotih davriga taalluqli bo'lsa ham, Murod II adabiyotga ixlos qo'ygan birinchi sulton bo'ldi. U shoirlar, faylasuflar va olimlarni o'z atrofiga to'pladi. Ilk davr shoirlaridan to'rt kishining ism-shariflarini eslatib o'tish e'tiborga molik: Fuzuliy, Boqiy, Nafiy va Nodim. Bu shoirlar asrlar bo'yi ardoqlanib kelingan g'azal, qasida va masnaviy singari she'riy usullarga murojaat qilganlar. G'azal – bu ishqiy, falsafiy yoki ilohiy mavzuga bag'ishlanib yozilgan to'qqiz baytdan o'n besh baytgacha bo'lgan dostondir. Qasida esa biror yirik shaxs, shoh yoki fotih sha'niga madhiyadan iborat. Masnaviy ishq-muhabbat yoki ilohiy mavzudan hikoya qiladi. Admiral, kartograf va mashhur dengizchi Piri Reisning “Sayohatnoma” asari birinchi nasriy asar sanaladi. Bu kitobda O'rtayer dengizi atrofidagi mamlakatlar va boshqa davlatlarga ularning harbiy-dengiz yurishlari orqali ta'rif-tavsif beriladi. Buyuk turklar inqiroziga yaqin qolgan bir davrda turk adabiyoti o'z rivojlanishida yuksak darajaga ko'tarilgan edi.



Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling